O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo‘llash ishlab chiqarishning 
xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimiga, shuningdek mahsulot 
sifatini nazorat qilish usuliga bog‘liq. Тasdiqlangan qonunga binoan sanoatda 
quyidagi dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi: ishbay ish naryadi, marshrut varaqasi
tayyorlangan mahsulot to‘g‘risida raport, tayyorlangan mahsulotni hisobga olish 
qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga 
berilgan normalashtirilgan topshiriq va boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan 
ishlar hisobi bo‘yicha dastlabki hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun 
yiriklashtirilgan, kompleks me‘yor va baholarni qo‘llash, shuningdek bir yo‘la 
tuziladigan bir kunlik hujjatlar o‘rniga ko‘p kunlik (yig‘ma hujjatlar) haftada ishbay 
ishlarning bajarilishi (Т-28-shakl) ga o‘xshagan hujjatlarni qo‘llash tavsiya qilinadi.
Ish haqini to‘g‘ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma‘lumotlar 
keltirilishi kerak: ish joyi (sex, uchastka, bo‘lim); hisoblash davri (sana); familiyasi, 
ismi, otasining ismi; tabel raqami va ishchining razryadi; ish birligiga belgilangan 
vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo‘yicha norma-soat miqdori
Тexnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, 
amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko‘rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan 
oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so‘ng texnik nazorat 
bo‘limi (OТK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli mahsulotlar 
miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko‘rsatadi. 
Yakka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo‘yicha 
asosiy hujjat bo‘lib bir yo‘la tuziluvchi, yig‘ib boruvchi, shuningdek yakka va 
brigada bo‘yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo‘la naryad smena yoki oy 
davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish turlari 
bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad deyiladi, agar 
brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. Naryadning orqa 
tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a‘zolarining 
malakasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo‘yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri 
tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), 
biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. 
Shuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o‘zida seriya (guruh) bir xildagi 
mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan mahsulot va ish 
haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha 
har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon 
operatsiyalariga va ma‘lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda 
ishning bir operatsiyadan ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, 
ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut 


140 
varaqasi bo‘yicha ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har 
birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan 
ishlab chiqarish raportida yig‘ib boriladi. 
Ko‘plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o‘zlariga 
berkitilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan 
mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo‘yicha tuziladigan yig‘ma 
qaydnomaslarda yuritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin