O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mehnat ta‘tili va kasallik bo‘yicha qo‘shimcha haq hisoblashni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
6.3. Mehnat ta‘tili va kasallik bo‘yicha qo‘shimcha haq hisoblashni 
hujjatlashtirish 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti 
uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq to‘lanadi. Bunday to‘lovlarni hisoblash 
o‘rtacha ish haqiga asoslanadi. O‘rtacha ish haqini hisoblash va qo‘llash tegishli 
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga 
binoan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi belgilangan: 

ta‘til haqi, ishdan bo‘shaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik bo‘yicha 
nafaqa tarifikatsiya bo‘yicha o‘rtacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki lavozimlik 
okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o‘n ikkidan birga (1/12) 
(to‘liq olti oy ishlaganlar bo‘yicha oltidan birga, to‘liq yetti oy ishlaganlar bo‘yicha – 
yettidan birga va h. k.) ko‘paytirib topiladi. o‘rta maxsus va hunar – texnika bilim 
yurtlari o‘qituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish 
haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini o‘ndan birga ko‘paytirib topiladi. 
Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va boshqa ijtimoiy sug‘urtaga 
badal hisoblanuvchi to‘lanmalar kiradi. 

o‘rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi o‘qituvchilarga ortiqcha 
bajarilgan soatlari bo‘yicha qo‘shimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan 
vaqtda harakatda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi. 

xodimlar salomatligiga yetkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat 
vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga yetkazilgan zararlarni ish beruvchilar 
tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan 
qoidalarga binoan olib boriladi. 

ishga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi varaqalar, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha 
haq hisoblash davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa hisoblash tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga binoan olib boriladi. 

boshqa (1-4 bandlarida ko‘rsatilgandan tashqari) barcha hollarda o‘rtacha oylik 
ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o‘rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi. 

xodimlar mehnat ta‘tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda, ikki 
oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar, lavozimlik 
okladlar oshgan bo‘lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga haq 
to‘lashning yangi sharoitiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy ish kuni bo‘yicha hisoblab 
chiqiladi. 


141 
Qonunchilik bilan o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi 
o‘rnatilgan hollarda, ko‘rsatilgan qoidalar qo‘llanilmaydi. 
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma‘lumotlariga va xodim tomonidan 
qonunchilik bilan kafolatlangan o‘rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi 
tegishli hujjatlariga asosan o‘rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi. 
Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, 
dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan 
holda yillik mehnat ta‘tillari beriladi. O‘rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 1997 
yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi. 
Тa‘til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta‘til uchun kompensatsiya 
hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish kunining davomiyligini 
25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi 
uchun hisoblab to‘lanadigan haqning qoplash manbai bo‘lib tannarx yoki davr 
xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug‘urta organlarining mablag‘lari hisoblanadi. 
Тo‘lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo‘lib ish vaqtidan foydalanishni 
hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining bergan vaqtinchalik ish 
qobiliyatini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi varaqasi hisoblanadi. Nafaqa miqdori mehnat 
daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan hujjatga binoan ish qobiliyatini yo‘qotgan 
kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan aniqlanadi. 
Amaldagi qarorga binoan
30
ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat‘iy 
nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha 
nafaqa 100 % to‘lanadi: 

ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga; 

baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga; 

qaramog‘ida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan (o‘quvchilar 18 yosh) 
farzandlari bo‘lgan xodimlarga; 

Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga; 

Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan 
zonalardan ko‘chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o‘xshagan kasalliklarga 
duchor bo‘lganda; 

Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bo‘lganlarga; 

homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha. 
Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga umumiy 
ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda
nafaqa to‘lanadi: 
a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan, xodimlarga ish haqining 
100 % miqdorida; 
b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 
80 % miqdorida; 
v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 60 % 
miqdorida. 
30
ЎзР ВМнинг «Вақтинчалик иш қобилиятини йўқотганлиги бўйича нафақалар тўлаш доирасини 
такомиллаштириш тўғрисида»ги 71-сонли қарори. 2002 йил 28 феврал


142 
Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga 
quyidagi miqdorda nafaqa to‘lanadi: 
- umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan xodimlarga, shuningdek 21 
yoshga chiqmagan yetim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida; 
- umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 % 
miqdorida. 
Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha 
to‘lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish 
haqidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug‘urta hisoblanadigan, mehnat haqiga 
kiritilmaydigan bir yo‘la to‘lovlardan tashqari, barcha turdagi to‘lanmalar kiradi. 
Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan 
oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy 
oyligiga amaldagi Nizomga
31
binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar 
summasi qo‘shiladi. 
Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga 
qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo‘shimcha haqlar inobatga 
olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy 
sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ga binoan 
hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin