148
ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan
ishni hisobga olish
bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;
kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusdagi
to‘lovlar, shu jumladan:
texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda,
ishdan tashqari
vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga
ustamalar va qo‘shimcha haq;
smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat
ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir,
zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu
jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz
ish staji uchun ustamalar;
aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlarining va
doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish
haqiga, xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu
joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun
to‘lanadigan ustamalar;
qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta‘mirlashda bevosita band
bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan
ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko‘chma
va qatnov xususiyati uchun
ustama;
doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada
ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt
uchun qo‘shimcha haq;
mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan
rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va
yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar;
xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan
yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek
xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi
bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar
uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan
summalar;
ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun
hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal
davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari,
uchun haq to‘lash;
ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash:
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo‘shimcha ta‘tillar,
navbatdagi foydalanilmagan va qo‘shimcha ta‘tillar uchun kompensatsiyalar,
o‘smirlarning
imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi
tanafuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash;
majburiy ta‘tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan
holda haq to‘lash;
149
donor
xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash;
xo‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular
tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar
bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob
xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi
ham shu jumlaga kiradi;
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish
jarayonida qatnashuvchi
xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo‘yicha
aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»,
2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz
mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan
hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi.
Ishchilarning ta‘til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi
xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag‘larini tashkil
qilish huquqiy berilgan bo‘lsa) schyoti debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha
xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va
10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.
Ishga qobiliyatsizligi bo‘yicha nafaqa va ijtimoiy sug‘urta organlari mablag‘lari
hisobidan to‘lanadigan boshqa to‘lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga
to‘lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-
orderida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: