7.2. Moliyaviy qo‘yilmalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi
Moliyaviy qo‘yilma bu korxonaning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun
qilgan xarajatlari, ya‘ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aksioner jamiyatlari,
shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo‘shish shuningdek
boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo‘yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli
bo‘ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o‘tkazish
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadiga bog‘liq. Masalan, bir yil ichida undan
foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan
ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo‘yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan
aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar summasiga
berilgan guvohnomalar, qarz berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning
amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan
moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog‘ozlar
sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni
qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov topshiriqlari kiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga
oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi
schyotlar» yuritiladi.
Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko‘rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli
investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, debet saldosiga ega bo‘lib, u
oy boshiga bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi. Bu schyotning
debetida: qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga qilingan qo‘yilmalar,
berilgan qarzlar summasi bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi. Krediti
bo‘yicha – qimmatli qog‘ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan qarz summalar
bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi.
155
0600–«Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar»
bo‘yicha quyidagi: 0610 - «Qimmatli qog‘ozlar; 0620-«Shu‘ba xo‘jalik jamiyatlariga
investitsyalar»; 0630 - «Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 0640 - «Chet el
kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli
investitsiyalar» schyotlar ochilishi mumkin.
Aktivlarni investitsiyalarga o‘tkazish tartibi va ularning turlari: 12 -Moliyaviy
investitsiyalar hisobi», 8-Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu‘ba xo‘jalik
jamiyatlariga investitsiyalar» va 14 - «Qo‘shma faoliyatda qatnashish ulushini
moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi Milliy andazalari bilan tartibga
solinadi.
0610-Qimmatli qog‘ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom
obligatsiyalari va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mavjud uzoq
muddatli qo‘yilmalar harakati hisobga olinadi.
0620-«Shu‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo‘jalik
jamiyatlariga investitsiyalar» va 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo‘lgan
korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida shu‘ba, qo‘shma, uyushgan va qaram
korxonalarga qo‘yilgan mavjud uzoq muddatli qo‘yilmalar hamda ularning harakati
hisobga olinadi.
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish
maqsadida davlat korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo‘yilgan uzoq
muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Bu schyotlarning debeti 5110-«Hisob – kitob
schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta
schyotlari» va qimmatli qog‘ozlar sotib olish, boshqa korxonalarga qo‘yilgan
investitsiya, berilgan qarzlar qaysi mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishiga qarab,
boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi. Yuqorida keltirilgan
schyotlar bo‘yicha analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan qo‘yilmalar, qimmatli
qog‘ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo‘yicha yuritiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli qog‘ozlarni
oldi – sotdi muomalalarini amalga oshirilishi aksiya obligatsiyalarni nominal
qiymatidan ortiq yoki kam baholarda sotib olinishini nazarda tutadi. Aksiyalar ularni
sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar summasida qabul qilinadi va
hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va kamayishiga va aksiyalar
bo‘yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish qiymati bilan nominal
qiymati orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki zarar qilishga olib keladi.
Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa
muddatli investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, debet
qoldig‘i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi. Debet oboroti hisobot oyida sotib
olingan qimmatli qog‘ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan
summani ko‘rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar
yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘yilmalar
hisobi qo‘yilmalar turlari bo‘yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog‘ozlar»; 5830-
«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotlarda
yuritiladi. Bu schyotlar bo‘yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli moliyaviy
qo‘yilmalarga o‘xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va yuritilishi ham
156
shunday.
Boshqa korxonalarga asosiy vositalarni qo‘yish yo‘li bilan uzoq va qisqa
muddatli qo‘yilmalar qilinsa, 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti
kreditlanib 0600 va 5800–schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi, agar
nomoddiy va boshqa aktivlar qo‘yilma qilinsa, 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib
ketishi» schyoti kreditlanadi. Aksiyalar sotib olinsa, boshqa korxonalarning ustav
kapitaliga moliyaviy qo‘yilmalar o‘tkazilsa, 5110, 5210 – schyotlari kreditlanib, 0600
va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi. Sotilgan yoki qaytarilgan va
o‘tkazib berilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 – schyot debetlanib
0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Depozit qo‘yilmalar va
berilgan qarzlarning qaytarilishi 5110 va 5210 – schyotlarning debeti va 0600 va
5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida aks ettiriladi.
Aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar hisoblanganda 4840-«Olinadigan
dividendlar» schyoti debetlanib 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar»
schyoti kreditlanadi. Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar hisoblansa, 4830-«Olinadigan
foizlar» schyoti debetlanib 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti
kreditlanadi. Ushbu dividend va foizlar olinsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» debetlanib
4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi.
Korxonaning aktividagi aksioner jamiyatlaridan sotib olingan aksiya va
obligatsiyalari turli sabablarga ko‘ra sotilishi mumkin: aksiyalar rejadagi foydani
keltirmasligi; aksiya va obligatsiyalarni faqat uzoq vaqt ichida foyda olish uchun
emas, balki ularni keyinchalik sotish yo‘li bilan foyda olish maqsadida sotib olinishi.
Qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun 9220-
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga xo‘jalik
muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o‘xshagan.
Sotilgan yoki qaytarilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 -
schyoti debetlanib 0600 va 5800 - schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi.
Ushbu qiymatliklarni sotishdan foyda olinsa, 9220 - schyoti debetlanib, 9320
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti kreditlanadi. Zarar qilinsa -
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 9220 -schyoti kreditlanadi.
Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumga 5110 yoki 5210- schyoti
debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi.
Obligatsiyalarni sotib olishdan maqsad ularning nominal qiymatiga qarab foiz
olish, shuningdek qaytarilgandan so‘ng obligatsiyalarning nominal qiymatini olishdir.
Shu boisdan obligatsiyaning haqiqiy qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq
shunday amortizatsiyalanishi kerakki, qaytarilish vaqtida haqiqiy qiymati
obligatsiyaning nominal qiymatiga teng bo‘lsin. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiyani nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday
hollarda obligatsiyalar bo‘yicha foizlar sotib olingan vaqtda olingan daromad
hisobidan ularning qiymatlari orasidagi farqini qisman hisobdan chiqarish yo‘li bilan
haqiqiy qiymati nominal qiymatiga yetkazib qo‘yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday
hollarda obligatsiyadan foydalanish muddati ichida undan olinadigan foiz daromadini
ko‘paytirish yo‘li bilan obligatsiyani qaytarish muddatigacha uning sotib olish narxi
nominal qiymatiga yetkazib qo‘yiladi.
157
Obligatsiyalarni haqiqiy sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi
farqi, ularning muomalada bo‘lish muddati ichida bir tekisda - xo‘jalik faoliyatining
natijasiga o‘tkazib boriladi. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiya nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda
obligatsiyaning haqiqiy qiymati har oyda qiymatlar orasidagi farqini zararga
o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo‘yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday
hollarda obligatsiyani qaytarish muddati ichida farqini bir qismini har oyda hisoblab,
firmaning foydasiga o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga yetkazib qo‘yiladi.
Qisqa muddatli obligatsiyalar va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
foiz summasini puli olingunga qadar foydaga o‘tkazsa bo‘ladi. Uzoq muddatli
obligatsiyalar bo‘yicha foiz hisoblash mumkin emas, chunki moddiylashtirilmagan
foyda hosil bo‘ladi. Ehtiyotkorlik prinsipiga binoan moliyaviy natijalarni aks
ettirishda uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo‘yicha sodir bo‘lgan zararlarni
foyda yoki zararlar schyotiga o‘tkazish mumkin, lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi
bo‘yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu demak, olingan foyda miqdorini buzib
ko‘rsatishdir.
Uzoq muddatli obligatsiyalarni sotib olish xarajatlari ularning nominal
qiymatidan ortiq bo‘lsa, uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo‘yicha zararlar
obligatsiyalarni muomalada bo‘lish muddati ichida har oyda teng qismda
korxonaning zarariga o‘tkazib boriladi. Lekin bunday muomalalarning foydasi yo‘q,
shuning uchun ham ularga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko‘pincha qirqib olinadigan talonlari bilan
chiqarilib, obligatsiyalarni muomalada bo‘lgan davri ichida vaqti - vaqti bilan ular
bo‘yicha foizlar to‘lanadi. Bunday hollarda obligatsiyalarni sotib olish qiymati bilan
nominal qiymati orasidaga farqi har gal korxonaga daromad hisoblaganda hisobdan
chiqarib boriladi. Agar obligatsiyalarni sotib olish qiymati ularning nominal
qiymatidan ortiq bo‘lsa, har gal foiz hisoblanganda obligatsiyalarning nominal
qiymatidan ortiq summaning bir qismiga haqiqiy daromad kamaytirib boriladi.
Schyotlarda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: Dt 4830-«Olinadigan foizlar»
– obligatsiyalar bo‘yicha olishga tegishli bo‘lgan foizlar summasiga, Kt 0610
«Qimmatli qog‘ozlar» – obligatsiyalarning nominal qiymatidan olingan haqiqiy
qiymatining bir qismiga, 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti – olishga
tegishli foizning qolgan qismiga, ya‘ni 4830 va 0610 – schyotlarga o‘tkazilgan
summalar orasidagi farqiga.
Хalqaro buxgalteriya hisobi andozasi konsepsiyalariga binoan, boshqa aktivlar
kabi, investitsiyalar ham faqat o‘zlarida mujassamlangan foydani korxona kelajakda
olishga yetarli darajada ishonchi bo‘lsagina buxgalteriya hisobida aktivlar tarkibida
hisobga olishi mumkin. Ularni sotib olishi uchun birgina qilingan xarajatlar yetarli
emas. Bu xarajatlar kelajakda iqtisodiy naf keltirishi to‘g‘risidagi ishonchni
tasdiqlash zarur. Basharti bunday ishonch bo‘lmasa, qilingan sarflar aktivlar emas
xarajatlar deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |