O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-Bob. BOSHQARUV HISOBINING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

8-Bob. BOSHQARUV HISOBINING NAZARIY ASOSLARI 
8.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari 
Boshqaruv hisobi- xo‘jalik yurituvchi subyekt axborot tizimining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi tarkibiy 
bo‘linmalar, subyekt xizmatlari bo‘limlarining faoliyati haqidagi ma‘lumot bilan 
ta‘minlanadi. Bu ma‘lumotni boshqaruv hisobi to‘g‘ri boshqaruv qarorlarni qabul 
qilish maqsadida subyektning ichida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi 
boshqaruvchilar uchun shakllantiradi. 
Boshqaruv hisobining mazmuni boshqaruv maqsadlari bilan aniqlanadi: u ichki 
bo‘linmalarning boshqaruvchilari oldiga qo‘yilgan qiziqish va maqsadlarga binoan 
ma‘muriyat qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. 
Boshqaruv hisobining mazmunini o‘rganishga uni subyektning butun axborot-
nazorat tizimi sifatida tavsiflovchi belgilar to‘plamini ko‘rib chiqishga yordam 
beradi: axborot bilan ta‘minlanishining uzluksizligi, maqsadga yo‘naltirilganligi, 
to‘liqligi, jamoatning obyektiv iqtisodiy qonunlaridan foydalanishda amaliy aks 
ettirilishi, o‘zgaruvchan tashqi va ichki sharoitlarda boshqaruv obyektlariga ta‘sir 
ko‘rsatish darajasi va hokazolar. 
Boshqaruv hisobining mazmuni- tezkor boshqaruv qarorlari va subyektning 
kelajakdagi rivojlanish muammolarining muvofiqlashtirish uchun ma‘lumotni 
tizimlashtiruvchi xarajatlar va daromadlar, me‘yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat 
qilish va tahlil qilish hisobining integratsiyalashgan tizimidan iborat. 
Тaklif etilgan tavsif shu bobda ko‘rilgan obyektlar, belgilar, masala va 
maqsadlardan kelib chiqqan holda berilgan. Boshqaruv hisobining mazmunini 
tavsiflab uning muhim xususiyatini belgilash lozim, chunki boshqaruv hisobi 
boshqaruv jarayonini hisob jarayoni bilan bog‘laydi. 
Boshqaruv predmeti bo‘lib obyektga ta‘sir ko‘rsatish jarayoni yoki ishlab 
chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish uchun insonlar faoliyatini tashkil 
etish va muqobillashtirish maqsadidagi boshqaruv jarayoni hisoblanadi. Boshqaruv- 
boshqaruv predmetini rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, stimullashtirish 
va nazorat qilish yordamida ta‘sir ko‘rsatadi. Boshqaruvning maqsadlari va 
masalalariga javob beruvchi o‘z tizimini yaratib boshqaruv hisobi ayni shu 
funksiyalarni bajaradi. 
Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobining predmetini aniqlovchi aniq belgilar 
mavjud emas. Mualliflar hozirgacha buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv 
hisobining qisman mazmunini tushuntirish bilan chegaralanganlar. Bu borada, 
subyektning faoliyatini boshqarish tizimi va uslublari o‘zgarmoqda, shuning bilan 
boshqaruv hisobining protsedura (muolaja)si va mazmuni ham o‘zgarmoqda. Bu 
ayniqsa turli tashkiliy tizimli, o‘zgaruvchan tashqi omillarning ta‘sirchan (inflatsiya, 
sanoatning tizimli qayta qurilishi va hokazo)ligiga ta‘lluqli. Shu yerdan 
boshqaruvning obyektlari va subyektlarining ro‘yxati o‘zgaradi.
Boshqaruv haqidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi konsepsiyani ham 
shakllantiradi. 
Boshqaruv hisobining predmeti bo‘lib umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarishni 
boshqarish butun sikli jarayonidagi obyektlarning jamlamasi hisoblanadi. 


162 
Predmetning mazmunini uning ko‘p obyektlari ochadi va ularni ikki guruhga 
birlashtirish mumkin: subyektning xo‘jalik faoliyati jarayonida odamlarning 
mehnatini ma‘lum maqsadga yo‘naltirilganligini ta‘minlovchi ishlab chiqarish 
resurslari; to‘plamda subyektning ishlab chiqarish faoliyatini tuzuvchi xo‘jalik 
jarayonlari va ularning natijalari. 
Ishlab chiqarish resurslarining tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy jamg‘armalar- 
bu mehnat vositalari, ularning holati va foydalanilishi; nomoddiy aktivlar- uzoq 
muddatli qo‘yilmalarning obyektlari (yerdan foydalanish huquqi, standartlar, 
litsenziyalar, savdo belgilari va boshqalar), ularning holati va foydalanilishi; moddiy 
resurslar- mehnat vositasi yordamida ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlov berish 
uchun mo‘ljallangan mehnat buyumlari. 
Boshqaruv hisobida bu resurslar ishlab chiqarish zaxiralari sifatida subyektning 
omborlarida, sex omborlarida va bo‘linmalarda, ishlab chiqarish bo‘limining 
omborlarida va tayyor mahsulot omborigacha ishlab chiqarish bosqichining darajalari 
bo‘yicha ularning harakati jarayonida ko‘rsatilgan. Ular xom-ashyoni sanoatning 
qazib oluvchi tarmog‘ining mahsuloti, qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatida; shu va 
boshqa subyektlarda oldindan ishlov berilgan materiallar sifatida (YaТM- 
tayyorlanmalar, pakovkalar, quyilmalar, detallar, uzellar va boshqalar); hozirgi 
davrda subyektda mavjud mehnat resurslari, mehnat resurslaridan maqsadga muvofiq 
faoliyat jarayonida foydalanishi va mehnatning natijasi sifatida ko‘radilar. Boshqaruv 
hisobi obyektlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi: 

ta‘minot-tayyorlov- ishlab chiqarish ta‘minoti va ta‘miri, shuningdek ta‘minot 
jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati uchun mo‘ljallangan sotib olish, 
saqlash, ishlab chiqarishni xom-ashyo resurslarini sotib olish bilan, yordamchi 
materiallar va ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqarish uskunasi bilan ta‘minlash; 

ishlab chiqaruvchi- ishlab chiqarish texnologiyasi tomonidan shartlangan va 
asosiy va yordamchi muomalalardan tashkil topgan jarayonlar; ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarni takomillshatirish va yangilarini ishlab chiqarish bo‘yicha muomalalar; 

moliyaviy-sotuv- mahsulotni sotish bozorini shakllantirish bo‘yicha marketing 
tadqiqotlari va muomalalar; to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv muomalalari, bularga qadoqlash, 
transportirovka qilish va boshqa turdagi ishlar kiradi; reklamadan boshlab to 
iste‘molchilar bilan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish bilan tugab sotish hajmining o‘sishiga 
yordamlashuvchi muomalalar; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini nazorat 
qilish; 

tashkiliy- subyektning tashkiliy tizimini tuzish, subyektning tizimidan 
funksional bo‘limlarni, xizmatlarni, sexlarni, bo‘linmalarni ajratish; tizimli 
bo‘linmalar, rejalashtirish, nazorat qilish, rejani bajarishni baholash, rag‘batlantirish 
vazifalariga to‘g‘ri keladigan boshqaruvning turli darajalari o‘rtasidagi ichki 
kommunikatsion aloqalarning talablariga javob beruvchi to‘g‘ri va qaytaruv aloqali 
axborot tizimini subyektda tashkil etish; subyektning asosiy maqsadini bajarishga 
qaratilgan ichki ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish muomalalari.
Boshqaruv hisobi obyektlarining boshqacha guruhlashtirilishi tanlanishi 
mumkin, lekin har bir holatda u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi 
kerak. 


163 
Boshqaruv hisobi tizimida uning obyektlari ma‘lum ixtisosli yo‘nalishda aks 
ettirishga ega. Birinchi o‘rinda ishlab chiqarish resurslarining holati, harakati, 
subyektning xo‘jalik faoliyati jarayonida maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi. 
Ularning yordamida subyektning axborot tizimida boshqaruv hisobining 
obyektlari akslanuvchi turli qo‘llanma va usullarning jamlami boshqaruv hisobining 
uslubi deyiladi. U quyidagi elementlardan iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, 
nazorat schyotlarini baholash, guruhlashtirish va umumlashtirish, me‘yorlashtirish, 
rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat. 
Хulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslubning hamma elementlari bir-biridan 
alohida emas, boshqaruv masalalarini yechishga qaratilgan ichki xo‘jalik aloqalarini 
tashkil etish tizimida harakat qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin