130
6-BOB. MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASH HISOBI
6.1. Mehnat va ish haqi haqida tushuncha hamda uni hisobga olishning
vazifalari
Jamiyatda moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va
mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o‘z ichiga oladi.
Ishlab
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste‘molini
qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.
Хo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash,
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning
ko‘plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to‘lashning
shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag‘batlantirishni
korxonalar mustaqil o‘zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik
asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish
haqining barcha turlarini o‘z ichiga oladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar bo‘yicha
dividend va foizlar tarzida boshqa manbalardan daromad olish imkoniyatini berdi.
Bir
xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini
hisobga olgan holda, uning qo‘shgan hissasi bilan aniqlanadi,
soliq bilan tartibga
solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi
miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi.
Shu o‗rinda mamlakatimizda mehnatni rag‗batlantirish, ish haqini ko‗paytirish
va aholi daromadlari o‗sishini ta‘minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish
bo‗yicha qo‗lga kiritilgan natijalar haqida alohida to‗xtalib o‗tmoqchiman.
2008 yilda o‗rtacha ish haqi byudjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun
iqtisodiyot bo‗yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o‗rtacha ish haqi miqdori 300
AQSH dollaridan ortiq bo‗ldi. Aholining real daromadlari esa yil davomida jon
boshiga 23 foiz ko‗paydi.
2009 yilni oladigan bo‗lsak, o‗rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida — va
shunga mos ravishda xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarda ham — 1,4 barobar oshirish
ko‗zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o‗sish ko‗rsatkichini 7—9 foiz
darajasida saqlab
turish mo‗ljallanmoqda.
27
,
28
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lashni
yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat
shartnomalari va boshqa muayyan me‘yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Daromadlarni indeksatsiya qilish va pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
aholi zararlarini qoplash ijtimoiy kafolatdagi yangilik bo‘lib hisoblanadi.
Aholini
ijtimoiy himoyalash va qo‘llab - quvvatlashda ijtimoiy sug‘urta, pensiya fondi,
bandlik fondi va boshqa davlat budjetidan tashqari fondlari alohida o‘rin egallaydi.
Ularning tashkil etilishi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha
27
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари
ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009.
28
И.Каримов. Буюк мамлакатнинг қутлуғ шодиѐнаси. Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 18
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи. Халқ сўзи газетаси. № 172 (4835) 1.09.2009.
131
budjetdan tashqari fondlar maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa manbalar hisobidan
tashkil etilib, davlat budjetidan ajralgan holda faoliyat ko‘rsatadi va muhim ijtimoiy
tadbirlar va rejalarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar buxgalteriya hisobi
schyotlarining 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar»
passiv
schyotida yuritiladi. Mehnat va unga haq to‘lash hisobi korxonaning hisob tizimida
asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, iste‘molga
yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta‘minlashga
qaratilgan.
Хo‘jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to‘lash hisobining
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo‘shilgan
holda korxona xodimlari
bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish;
hisoblangan ish haqi va sug‘urtaga ajratmalar summasini xarajatlar
schyotlariga o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri o‘tkazib borishni ta‘minlash;
boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo‘yicha
ko‘rsatkichlarni operativ yig‘ish va guruhlash;
ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi va ish vaqtidan
foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: