128
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta
baholash o‘tkazilgan kundagi to‘plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning
boshlang‘ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi
amortizatsiya ustamasi
qayta baholangan qiymatidan o‘tkaziladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy
aktivning joriy qiymrtini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo‘shimcha baholash summasi
"Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali
tarkibiga kiritiladi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini
pasaytirish summasi
oldingi hisobotdavrida o‘tkazilgan mazkur obyektning baholashdan avvalgi summasi
doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira
kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obyektni qo‘shimcha baholash summasining
uning kamaytirilgan summasidan ortig‘i boshqa operaiion xarajatlarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta
baholash o‘tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo‘lgan
uning balans
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko‘payishi: Dt «Nomoddiy aktivlar»
schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti.
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga balans
qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar"
schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti.
Mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha avvalgi qayta baholashdagi ko‘payishdan
ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi.
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining
ko‘payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti, Kt
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.
g) nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt 0500
«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - «Mol-
mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti.
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda
tashkil topgan Gudvill
summasiga ega bo‘lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash natijalari
bo‘yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks
ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti,
Kt 0480 – ―Gudvil" schyoti.
Dostları ilə paylaş: