5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi
Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy
vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning boshlang‘ich
qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi. Ushbu muomalalarning
buxgalteriya hisobida aks ettirilish jarayonini misollarda ko‘rib o‘tamiz.
Misol. "Sitroniks" AJ 2006 yil 10 martda italiyalik xorijiy sherik bilan umumiy
qiymati 2500000 yevro bo‘lgan to‘qimachilik uskunasini sotib olish bo‘yicha
shartnoma tuzdi. Yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, sotib oluvchi uskuna
qiymatining 50 foizni yetkazib beruvchining akkreditiv hisob varag‘iga oldindan
o‘tkazishi kerak. AJ 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchining bankida akkreditiv
hisob varag‘ini ochdi. Akkreditiv hisobvarag‘i ochilgan sanada yevroning
O‘zbekist‘on Respublikasi Markaziy banki tomonidan so‘mga nisbatan belgilangan
kursi bo‘yicha (keyinchalik so‘mga nisbatan 1 yevroning kursi deb yuritiladi) 1 yevro
1440 so‘mni tashkil etdi. Akkreditiv hisobvarag‘ini ochish bilan bog‘liq xarajatlar
o‘tkaziladigan valuta summasining 0,2 foizini, akkreditiv o‘tkazish uchun bank haqi
o‘tkazilgan summaning 1,2 foizini, kontraktni tayyorlash uchun yuridik firma 200
yevroni, kontraktni ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq garflar kontrakt
summasining 0,05 foizini tashkil etdi. Bunlan tashqari, milliy valutani yevroga
konvertatsiya qilishda konvertatsiya qilingan chet el valutasi summasining 0,2 foiz
miqdorida komission haq to‘landi. 2006 yil 18 martda uskuna k o‘llandi. Uskunani
tashish (transportda tashish, jo‘natish, ortishtushirish ishlari, yetkazib berish) da
xavfsizlikni taminlash, fransport uchun to‘lov va boshqalar bo‘yicha sarflar 250.000
yevroni tashkil etdi. 2006 yil 25 martda invoysda ko‘rsatilgan qiymatdan 5 foizni
tashkil etadigan bojxona to‘loviga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etildi.
Yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi
106
Markaziy banki tomonidan so‘mga nisbatan o‘rnatilgan yevro kursi 1 yevro uchun
1470 so‘mni tashkil etli. Хorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan uskunani
o‘rnatish. Montaj qilish, sinash va ishga tushirish, sozlash ishlari bo‘yicha sarflar
100000 yevroni tashkil etdi. Bu xususda ular 2006 yil 10 aprelda hisob-kitob taqdim
etishdi (bu sanada kurs bo‘yicha 1 yevro 1472 so‘mni tashkil etdi). Uskuna 2006 yil 1
2 aprelda ishga tushiriddi.
Ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar "Sitroniks" AJ
buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 2006 yil 15 martda yetkazib
beruvchi bankida akkreditiv hisob varag‘ini ochishni aks ettirish: Dt 25510 -
«Akkreditivlar" - 1800000 m.so‘m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o‘rtasidagi valuta
hisoblari" schyoti - 1800000 m.so‘m. 1800000 m.so‘m = (1 250000 yevro x 1440
so‘m 1800000 m.so‘m);
Sotib olingan asosiy vositalarning to‘lovi bilan bog‘liq sarflar summasiga: Dt
9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" - 34200 m.so‘m; Kt 5210 - «Mamlakatlar
o‘rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 34200 m.so‘m. (23750 yevro x 1440 so‘m =
34200 m. so‘m).
Sarflar summasining hisob-kitobi quyidagi ko‘rinishga ega:
Akkreditiv hisobvarag‘ini ochish bilan bogliq
xarajatlar
1250000 yevro x 02 foiz yevro;
Akkreditiv o‘tkazish uchun bank haqi
1250000 yevro x 1,2 foiz - 15000 yevro;
Kotraktni tayyorlash uchun to‘lov
200 yevro;
Kontraktni ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish
bo‘yicha sarflar
2500000 yevro x 0,05 foiz - 1250 yevro;
Chet el valutasining konvertatsiyasi bo‘yicha
xarajatlar
2500000 yevro x 0,5 foiz - 5000 yevro;
Jami
23750 yevro.
2006 iil 18 mart buxgalteriya o‘tkazish talab etilmaydi; 2006 yil 25 martda
a) uskuna xarid qiymati summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib olish" -
3675000 m.so‘m; Kt 6010 -"Yetkazib beruvchi va vositachilarga to‘lov hisobi"
schyoti - 3675 000 m. so‘m. 2500 000 yevro x 1470 so‘m = 3675 000 m. so‘m;
b) uskunani tashish bo‘yicha sarflar summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni
sotib olish" - 367 500 m.so‘m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 367500 m.
so‘m. (250 000 yevro x 1470 = 367 500 m.so‘m).
v) uskuna bo‘yicha bojxona to‘lovlari summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni
sotib olish" - 183750 m.so‘m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 183750
m.so‘m (2500 000 yevro x 5 foiz - 125000 yevro x 1470 so‘m =183750 m. so‘m)
2006 yil 10 aprel o‘rnatish, montaj qilish, sinov va ishga tushirish-sozlash
ishlari xarajati summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 147 200
m.so‘m, Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 147 200 m.so‘m. (100 000
yevro x 1472 so‘m = 147200 m.so‘m).
2006 yil 2 aprel uskunani foydalanishga topshirishni aks ettirish: Dt 0130 -
"Mashina va uskunalar‖ - 4373 450 m.so‘m, Kt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib
olish" schyoti - 4373 450 m.so‘m.
Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy
vositalarning boshlang‘ich qiymati bo‘lib, korxona ta‘sischilari tomonidan
107
kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo‘lsa. Masalan, "Хususiy korxona
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq, mulkdor
xususiy korxon^ning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
Shuningdek "Mas‘uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga muvofiq,
jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar
tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo‘shiladigan pulsiz hissalarning puldagi
bahosi
jamiyat
ishtirokchilari
umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha
ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pulrat shartnomasi bo‘yicha
qurilgan
asosiy
vositalar
0100
-"Asosiy
vosigalarni
hisobga
oluvchi
schyotlar"larning tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Тugallanmagan qurilish"
schyotining krediti bo‘yicha kirim qilib olinadi.
Тasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga
kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schyogning (0100) debeti va 4610- "Тasischilarning ustav kapitaliga ulushlari
buyicha qarzi" schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirimi,
8530 - "Тekinga olingan mulk" schyot bilan bog‘lanishida, asosiy vositalarni hisobga
oluvchi schyotning (0100) debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarni hisobga
olish (0100) schyoti bo‘yicha aks ettiriladi. Biroq soliqqa tortish maqsadida tekinga
olingan asosiy vositalarning summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblaganda soliqqa
tortiladigan bazaga qo‘shiladi.
Shu bilan birga "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 33-moddasi,
jamiyatni ta‘sis etish chog‘ida aksiyaga to‘lanadigan haq sifatida topshirilayotgan
mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq
chiqarilishini belgilab beradi.
Agar jamiyatning shu yo‘sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli
qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi
ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyat aksiyalari va boshqa
qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi
bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak.
Misol.
"Oniks"AJ 2006 yil 10 yanvarda "Sapfir" kompaniyasidan tosh jinslarini
qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi, Shartnomaga muvofiq
uskunaning qiymati 10800 m.so‘mni, shu jumladan QQS 1800 m.so‘mni tashkil
etadi. Shartnoma shartlariga ko‘ra "Oniks" AJ xarid uchun 2006 yil 7 yanvarda
uskuna qiymatidan 30 foiz miqdorida bo‘nak to‘lovini amalga oshirdi. Uskunani
sotib olishda "Oniks" AJ mazkur uskunaning texnik va boshqa tavsiflarini baholagan
"Avtomatika" injiniring kompaniyasi xizmatidan foydalandi va shartnomaga muvofiq
xizmat qiymati 600 m.so‘mni tashkil etdi. Aktivdan maqsadli foydalanish uchun uni
ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq boshqa sarflar quyidagilarni tashkil etdi: yukni
yuklashtushirish ishlari 80 m.so‘m; avtomobil transportida yetkazib berish xarajatlari
500 m.so‘m; uskunalarni yetkazib berishga ma‘sul AJ ekspeditorining xizmat safari
108
xarajatlari 100 m.so‘m; uskunani yetkazib berish bo‘yicha xavfsizlikni taminlash
bo‘yicha xarajatlar 50,4 m.so‘m; ixtisoslashgan montaj kompaniyasining uskunani
o‘rnatish va montaj qilish qiymati 200 m.so‘m; uskunani sinovdan o‘tkazishda
foydalanilgan materiallarning qiymati 65,6 m.so‘m va uskunani ishga tushirish va
sozlash bilan bog‘liq boshqa sarflar 135,0 m.so‘m, 2006 yil 5 yanvarda uskuna
ishlatishga berildi va asosiy vositalarni qabul qilish berish haqidagi dalolatnoma
rasmiylashtirildi. Yuqorida ko‘rsatilgan operaaiyalar "Oniks" AJ buxgalteriya
hisobida aks ettirilishi tartibini ko‘rib chiqamiz:
2006 yil 7 yanvar uskunani yetkazib beruvchiga bo‘nak to‘langanining ifodasi:
Dt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pulratchilarga
bo‘naklar" – 3244000, Kt 5110 - hisob -kigob schyoti- 3240000.
2006 yil 10 yanvar a) yetkazib beruvchilarga to‘langan, uskunaning qiymatiga:
Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish» - 10.800.000; Kt «Mol yetkazib beruvchi
va pudratchilarga to‘lash schyotlari" – 10800000.
b) uskunani mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo‘naklarning qoldig‘ini
yopish; Dt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lash schyoti" -3240000; Kt
4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan
bo‘naklar" schyoti – 3240000.
v) uskunaning texnika ishlari va boshqa tavsiyalarini baholash summasiga; Dt
0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 600000, Kt "Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilarga to‘lash schyoti" - 600000.
g) uskunalarni yetkazib berish, yukni ortish-tushirish yetkazib berishda
xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha, sarflar summasiga, shuningdek uni o‘rnatish va
montaj qilish ishlari qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" - 830400,
Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti - 830400.
d) uskunani korxonaga yetkazib berishga vakil bo‘lgan ekspeditorning xizmat
safari xarajatlari summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 100000, Kt
4220 - «Хizmat safariga berilgan bo‘naklar" yoki 6970 - «Hisobdor shaxslarga qarz"
schyotlari - 100000;
e) uskuna sinovi paytida foylalanilgan materiallar qiymati, shuningdek korxona
kuchi bilan amalga oshirilgan ishga tushirish, sozlash ishlari bo‘yicha sarf
summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti – 200600, Kt 1000-
«Materiallar», 6710 «Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitob»,
6500 «Sug‘urta va davlat maqsadli fondiga to‘lash bo‘yicha qarzlar hisobi» va 6900
«Boshqa majburiyatlar» schyotlari- 200600.
2006 yil 15 yanvar sotib olingan uskunani ishlatishga berishni aks ettirish: Dt
0130 - «Mashina va uskunalar" schyoti – 12531000, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni
sotib olish" schyoti 12531000.
Kreditdan foydalanish uchun foizlar to‘lash harajatlari qarz kapitali xisobiga
to‘liq yoki qisman to‘lab sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga
kiritilmaydi.
Faraz qilaylik, "Oniks" AJ 2006 yil 15 yanvarda uskuna sotib olish bo‘yicha
kreditorlik qarzining qolgan qismini to‘lash uchun Depozit bankdan har oyda
foizlarni yillik 36 foiz stavka bo‘yicha to‘lash bo‘yicha uch yil muddatga kredit oldi.
Bunda kredit bo‘yicha to‘lanadigan foizlar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida 2006
109
ychl 31 yanvarda quyidagi tarzda akg ettiriladi: Dt 9610 - «Foiz ko‘rinishdagi
xarajatlar" schyoti- 126760, Kt 6920 - «O‘tkazilgan foizlar" schyoti- 126760.
Dostları ilə paylaş: |