113
Asosiy vositalarning turli guruhlariga nisbatan amortizatsiyani hisoblashning
turli usullarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilali. Bunda, asosiy vositalarning bir
toifadagi obyektlari faqatgina bir usul qo‘llaniladi.
Foydalanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli majburiy
tartibda korxonaning
hisob siyosatila aks ettirilishi kerak. Kalendar yil davomida hisob siyosatini
o‘zgartirish mumkin emas. Хo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini quyidagi
hollarda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi: subekt qayta tashkil etilganda; mulk egalari
almashganda;
O‘zbekiston
Respublikasi
qonunlarida
yoki
O‘zbekiston
Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me‘yoriy tizimda o‘zgarishlar
bo‘lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda.
Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan
iqtisodiy manfaatlarda
muhim o‘zgarish sodir bo‘lsa, u holda amortizatsiya hisoblash usuli o‘zgarayotgan
tendeniiyani to‘la aks ettira oladigan tartibda o‘zgartirilishi mumkin, qachonki kelib
chiqqan bunday holat amortizatsiya usulining o‘zgarishini oqlasa.
Bunday o‘zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda,
moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o‘zgarishning sabablarini va
ularning iqtisoliy samarasini ochib berish zarur bo‘ladi.
Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi
kutalayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan
kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy
vositalarning foydali
xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash
maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik
o‘zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga
oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Тugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muldati oxirida asosiy vositalarni
tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan
summasidan asosiy
vositaning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi
qiymatdir.
Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish
qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Тugatish qiymatining miqdori jiddiy
summani tashkil etmaydigan bo‘lsa, bunday holatda, amortizatsiyalanadigan
qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin.
Agar tugatish qiymati
muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy
vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart.
Тugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog‘liq
kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: