O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf 
etish bo‗yicha 2009—2012 yillarga mo‗ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi
choralar dasturi O‗zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
eng ustuvor yo‗nalishi bo‗lib qoladi. 
Inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo‗limlari — belgilangan 
kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifani hal etishga qaratilgan. 
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni 
yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. 
Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo‗naltirilgan va 
mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir. 
Bu o‗rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o‗tish bo‗yicha qabul qilingan tarmoq 
dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo‗yilmoqda. O‗z navbatida, bu 
mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqyega ega bo‗lishini 
ta‘minlash imkonini beradi. 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga 
qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha Dastur ishlab 
chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‗ra, umumiy qiymati 24 
milliard AQSH dollaridan ziyod bo‗lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihasi ustida 
ishlamoqdamiz. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari — 18,5 milliard dollarni, 
modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash 
bo‗yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi.
18
Shuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida 
markazlashgan rejali iqtisodiyot shartsharoitidan farqli o‘laroq, asosiy vositalarning 
yangi obektlari paydo bo‘ladi va hisobga olinadi. Ularga qono‘n hujjatlariga muvofiq 
korxonaga mulk sifatida beriladigan yer uchastkasi ham kiradi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning 
yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish 
uchun mo‘ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstro‘ktiv 
jihozlangan o‘sko‘nalari bo‘lgan obyekt inventar obyekti, deb e‘tirof etiladi. Masalan, 
ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong‘indan saqlash, 
ventilyatsion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar 
bino bilan birga bir inventar obyekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga 
biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari, odatda, 
alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Malum ishni bajarishga mo‘ljallangan va 
o‘zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan predmetlarning alohida 
kompleksi ham o‘z navbatida invetar obekti bo‘lishi mumkin. Konstruktiv birikkan 
predmetlar kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, 
18
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 


103 
balki faqat o‘z vazifasini kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va 
xususiyatga ega bo‘lgan bitta yoki turli vazifaga ega bo‘lgan bitta yoki bir necha 
predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir 
nechta mustaqil obekti bo‘lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida 
mustaqil inventar obekti sifatida e‘tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan -misolga qaytsak, 
faraz qilaylik, foydali xizmat muddati 40 yilga m o‘ljallangan ishlab chiqarish 
binosiga ega bo‘lgan korxonada foydali xizmat muddati yetkazib beruvchi tomonidan 
kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong‘indan saqlash tizimi 
montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong‘indan saqlash tizimi asosiy 
vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin