O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

5
-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 
5.1. Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha 
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish maqsadida yoxud 
xo‘jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma‘muriy va ijtimoiy-madaniy 
vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir. 
Asosiy vositalar ba‘zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil 
etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko‘rsatish uchun 
katta ahamiyatga ega. 
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar: 
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch 
bo‘lsa; 
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi. 
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini 
belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida 
iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida 
olingan aktivga ega bo‘lish, foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq barcha haqlar 
unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obyektga ega bo‘lish bilan 
bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildirali. Ushbu iqtisodiy foydani 
olishning yetarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda 
ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo‘yicha aniqlikni taqazo 
etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga 
o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda 
muayyan yo‘qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof 
etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya 
hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan 
almashtirish opera iiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. Shu bilan birga, agar 
aktiv xo‘jalik subyektining o‘z kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli 
baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani 
barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin. 
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy akgivlar 
asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan: 
a) bir yildan ko‘proq xizmat muddati; 
b) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari 
miqdoridan ko‘proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun. 
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi 
uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega. 
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam 
miqdorini belgilashda xo‘jalik subyekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona 
ko‘lami hamda korxonaning xo‘jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin. 
Shu 5-BHMSda xizmat muldash va qiymatidan qat‘iy nazar quyidagilar asosiy 
vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo‘yilgan: a) maxsus asbob va qurilmalar; b) 
maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari; I) kanselariya 
buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-dasturxonlari;) 


102 
qurilish bo‘yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga kiritiladigan vaqtinchalik 
moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan 
almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin