O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Тurli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
3.7. Тurli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish 
Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da‘vo bo‘lib 
hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy buxgalteriya operatsiyalari 
bo‘lib tan olish va baholash hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib olish imkoniyati – 
bu debitor qarzlarini o‘lchash va ularni hisobotiga ta‘sir qiluvchi asosiy masaladir. 
Undirib olish imkoniyati qarz aks ettirilganligiga (tan olish tamoyili) va uning 


76 
summasiga (baholash tamoyili) ta‘sir qiladi. Buxgalteriya hisobi Milliy andazasining 
2-soniga binoan xo‘jalik yurituvchi subyektga daromadlarning kelib tushish ehtimoli 
bo‘lsa, ular alohida aks ettiriladi. 
Тurli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga 
keladi: korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a‘zolaridan ijro varaqalariga 
asosan pul undiriladigan bo‘lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy 
bo‘lmagan xonalarni ijara haqlari bo‘yicha; mehnat jamoasi a‘zolarining buyrug‘i 
bilan Хalq banki va boshqa joylarga pul o‘tkazish bo‘yicha. Da‘volar va korxonaga 
yetkazilgan moddiy zararlarni undirish bo‘yicha hisob-kitoblar 4860 «Da‘volar 
bo‘yicha oliga doir schyotlar», 4730 «Хodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha 
qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi. 
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar 
bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar 
bo‘yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga 
olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Тurli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi 
schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 4830, 4840,4850,4860 va 4890) 
schyotlarda aks ettiriladi. 
Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan va 
operativ lizinglari bo‘yicha to‘lanadigan summalar, to‘lanadigan foizlar, royalti va 
gonorarlar bo‘yicha qarzlar, da‘volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar, hisobdor 
shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday operatsiyalarning 
hisobi 6900 – «Тurli kreditorlarga bo‘lgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar» 
schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) 
schyotlarda aks ettiriladi. 
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar 
bo‘yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo‘yicha ham shu 
shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomai bo‘yicha jami 
chiqarilib 
keyingi 
oy 
boshiga 
qoldiq 
yoziladi. 
Kredit 
oborotlari 
korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 4700, 
4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo‘yicha 8 – jurnal-orderga 
yozib qo‘yiladi.
4100, 4700 schyotlar bo‘yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko‘rsatiladi, 
4800, 6900 – schyotlar bo‘yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – 
schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi. 
Хodimlarning ta‘tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo‘shayotgan hollarida, 
ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta‘tilga chiqish, ishdan 
bo‘shash, pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. 
Bunday to‘lovlar hisoblashish davri orasidagi to‘lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar 
uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq xodimlar bo‘lsa) to‘lov 
qaydnomalariga asosan beriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin