O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
3.6. Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish 
Yuridik shaxslar orasidagi hisob-kitoblar mahsulot (ish va xizmat) lar bo‘yicha 
sotuvchi va xaridorlar va faqat pul mablag‘larining harakati bilan bog‘liq bo‘lgan 
tovarsiz operatsiyalar (budjetdan, bankdan, ijtimoiy sug‘urta organlaridan bo‘lgan 
qarzlarni to‘lash) bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin. 
Тovar operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning joylashgan joylariga 
qarab, shahar ichidagi va shaharlararo bo‘lishi mumkin. O‘zaro hisob-kitob 
munosabatlarining zaruriy sharti bo‘lib, vujudga keladigan o‘zaro majburiyatlar 
uchun pulni o‘z vaqtida o‘tkazib berish hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda korxonalarda naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi: to‘lov 
topshiriqlari, to‘lov talabnoma-topshiriqlari, akkreditivlar va maxsus schyotlar, rejali 
to‘lovlar, aloqa vazirligi korxonalari orqali pul o‘tkazishlar, pul chek daftarchalari 
orqali amalga oshiriladi.
15
Mol sotib oluvchilar tomonidan material qiymatliklarni olgan vaqti bilan pul 
to‘lash vaqtidagi oraliqni qisqartirish, debitor va kreditor qarzlarni vujudga kelishi va 
yo‘ldagi tovar-material qiymatliklar qoldig‘ini ko‘payishiga barham berish 
maqsadida hisob-kitobning eng qulay shakllarini tanlab olish zarur. 
15
―Ўзбекистон Республикасида нақд пулсиз ҳисоб-китоблар тўғрисидаги‖ Низом. ЎзР АВ томонидан 
13.12.2004 йилда 1122-2-сон билан рўйхатга олинган (янги таҳрири). 


71 
Тo‘lov topshiriqlari bilan hisob-kitoblar. Тo‘lov topshiriqnomasi - bu to‘lovchi 
mijozning bankdagi depozit hisobvarag‘idagi pul mablaqlarining ma‘lum bir 
summasini boshqa mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazish haqida o‘ziga xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka bergan topshirig‘idir. Тo‘lov topshiriqnomasi 0505411002 
shakldagi maxsus blanka bo‘lib, to‘lovchi tomonidan rasmiylashtiriladi va quyidagi 
to‘lovlarni: tovarlar va xizmatlar uchun qisob-kitoblar; notovar operatsiyalar bo‘yicha 
hisob-kitoblar; markaziy bankning me‘yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bank 
kreditlari va unga hisoblangan foizlarni undirish uchun mablag‘larni o‘tkazishda; 
hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi to‘lovlarini amalga 
oshirishda qo‘llaniladi. 
Shuningdek, transport va aloqa tashkilotlari, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda 
olingan tovar va foydalanilgan xizmatlar bo‘yicha bir yo‘la hisob-kitoblar olib borish 
uchun bank tomonidan akseptlangan, ko‘rsatilgan summa oldindan bankda 
deponentlangan holda, to‘lov topshiriqlari qo‘llanilishi mumkin. 
Ish haqi va ayrim shaxslarga alimentlar summasi o‘tkazib berilganda aloqa 
bo‘limlari orqali pul o‘tkazish shaklidan foydalaniladi. Bunda oluvchilarni, ularning 
oladigan pulini, turar joylarini ko‘rsatib ro‘yxat tuziladi. O‘tkaziladigan pulning
umumiy summasiga to‘lov topshirig‘i tuzilib ro‘yxat bilan birga bankka topshiriladi. 
Bankda bu hujjat akseptlanadi. 
Bank tomonidan akseptlangan to‘lov topshirig‘i ro‘yxat bilan birga pochta 
bo‘limiga o‘tkazib berilgan pulni rasmiylashtirish uchun topshiriladi. Pul o‘tkazib 
berish bo‘yicha pochta bo‘limining ko‘rsatgan xizmat xarajatlari topshiriq summasiga 
qo‘shiladi yoki pochtaga naqd pul bilan to‘lanadi. Тo‘lov topshirig‘i bilan pul 
o‘tkazib berilganda quyidagi yozuvlar beriladi: Dt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha 
qarz», Dt 6520 «Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar», Dt 6990 «Boshqa 
majburiyatlar», Kt 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyotlari. 
Тo‘lov talabnomasi - bu mahsulot yetkazib beruvchi va mablag‘ oluvchilarning 
belgilangan summani to‘lovchi bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabnomani o‘z 
ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. Тo‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar 
―aksept‖ shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi

Aksept shaklida hisoblashish asosida to‘lov talabnomasi-topshiriqlari bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar vujudga keladi. Ularning mohiyati quyidagilardan iborat: 
mol yuboruvchi molni jo‘natib mol sotib oluvchi nomiga to‘lov talabnomasini 
to‘ldirib unga jo‘natadi. Mol oluvchi (to‘lovchi) to‘lov talabnomasini olib uning 
ikkinchi qismi-to‘lov topshirig‘ini to‘ldiradi. Shu bilan to‘lovchi o‘zining hisob-kitob 
schyotidan, mol yuborish yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mol yuboruvchi tomonidan 
shartnoma shartlari bajarilganligi uchun ko‘rsatilgan summani o‘tkazib berish 
bo‘yicha bankka topshiriq beradi. O‘z navbatida bank to‘lovchining hisob-kitob 
schyotidan pulni chiqarib uni mol yuboruvchilar schyotiga o‘tkazib berish uchun 
hujjatlarni mol yuboruvchining bankiga jo‘natadi. 
Тo‘lovchi pul to‘lashni rad etish huquqiga ega. Тo‘lashni rad etish to‘liq va 
qisman bo‘lishi mumkin. Тo‘lashni to‘liq rad etish quyidagi hollarda sodir bo‘lishi 
mumkin: mol oluvchining roziligini olmay tovarlar muddatidan oldin kelib tushsa; 
tovarlarni komplekt emasligi va sifatsizligi hujjatlar bilan tasdiqlansa; tovarlarning 
narxlari to‘g‘risida kelishilmagan bo‘lsa; to‘langan tovarlar uchun yana qaytadan 


72 
talabnoma taqdim etilsa. Тo‘lashni qisman rad etish quyidagi hollarda sodir bo‘lishi 
mumkin: buyurtilgan tovar bilan birga buyurtilmagan tovar kelib tushsa; schyotda 
ko‘rsatilgandan ortiqcha tovar kelib tushsa; past navli bo‘lsa; qisman tovarlar 
bo‘yicha narxlari kelishilmagan bo‘lsa; talabnomada arifmetik xatolar bo‘lsa; tovarlar 
kam kelsa. Iste‘mol qilingan kommunal xizmatlari (gaz, suv), elektroenergiya, telefon 
bo‘yicha abonement to‘lovlari summalari to‘lovchining roziligisiz to‘lanadi. 
Тo‘lash rad etilsa, kelib tushgan tovarlarni mol oluvchi mas‘uliyatli saqlashga 
qabul qilib 002-«Mas‘ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklar» balansdan 
tashqari schyotida, mol yuboruvchidan boshqa joyga jo‘natish to‘g‘risida ko‘rsatma 
kelguncha, hisobga oladi. 
Тovarlarni jo‘natish va pul mablag‘larini hisob-kitob schyotlariga o‘tkazish bilan 
bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
tovarlar jo‘natilishi bilan mol yuboruvchida – D-t 4010 «Хaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», K-t 9010-«Тayyor mahsulotni sotishdan 
olingan daromad», 9020 -«Тovarlarni sotishdan olingan daromad», 9030-«Bajarilgan 
ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» schyoti. 
Mol yuboruvchining hisob-kitob schyotiga pul o‘tkazilganda: D-t 5110 «Hisob-
kitob schyoti», K-t 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
schyoti. 
Agar materiallar kelib tushishganda mol oluvchilarda: D-t 1010 «Хom-ashyo va 
materiallar», K-t 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schyotlar» schyoti. 
Mol sotib oluvchining hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazilganda: D-t 6010 «Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar», K-t 5110 «Hisob-
kitob schyoti» schyoti. 
Akkreditiv - mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning 
kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga ko‘ra, 
akreditiv ochgan bank mahsulot yetkazib beruvchiga to‘lovni bajarishi yoki boshqa 
banklar tomonidan akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va 
akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to‘lovlarni bajarish uchun 
vakolat berishi mumkin. Akkreditiv so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, ―ishonchli‖ 
degan ma‘noni bildiradi.
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va uning amal qilish 
muddati to‘lovchi va mablag‘ni oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 
belgilanadi. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: bank-emitentning nomi; 
akkreditivning turi va uni bajarish usullari; akkreditiv ochilganligi to‘g‘risida mablag‘ 
oluvchini xabardor qilish usuli; akkreditivlar bo‘yicha mablag‘larni olish uchun 
mablag‘ oluvchi tomonidan taqdim qilinadigan xujjatlarni to‘liq ro‘yxati va aniq 
tavsifnomasi; mahsulotlar yuklab jo‘natilgandan (bajarilgan ish va ko‘rsatilgan 
xizmat) keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati, ularni rasmiylashtirishga doir 
talablar.
Akkreditiv shaklidagi hisob-kitob mol sotib oluvchilar uchun qulay emas, 
chunki hisob-kitob schyotidagi bo‘sh pul mablag‘larini tovar olmasdan turib chetga 
jalb qilib, akkreditivlar schyotiga o‘tkazib qo‘yishga majbur qiladi. Mol sotib oluvchi 
akkreditiv harakatini mol yuboruvchining bankida 15 kun muddati (undan ortiqroq 


73 
muddat ham bo‘lishi mumkin) bilan cheklab qo‘yganiga qaramay odatda pul 
mablag‘larini chetga jalb qilish bu muddatdan ikki-uch marta ko‘p. 
Akkreditiv summasidan qisman foydalanilgan hollarda, uning foydalanilmay 
qolgan qismi qaytarib hisob-kitob schyotiga topshiriladi. Hisob-kitobning bu shakli 
ayniqsa bozor munosabatlariga o‘tish davrida ishonarli bo‘lib hisoblanadi, chunki u 
mol yuboruvchilar o‘z vazifalarini bajarganlaridan so‘ng tezda pul olish imkoniyatini 
beradi. 
Korxona maxsus schyotni o‘z vakili orqali uzoq muddat ichida xo‘jalik 
faoliyatini qaysi ma‘muriy xududda olib boradigan bo‘lsa, o‘sha joyning bankida 
ochadi. Mahsus schyot mazkur hududda yuborgan mahsuloti, bajargan ishi bo‘yicha 
mol yuboruvchilar va boshqa tashkilotlar va shaxslar bilan hisoblashish uchun 
foydalaniladi. Тalablar faqat mol sotib oluvchining vakili tomonidan akseptlangandan 
so‘ng to‘lanadi. Bu schyotdan korxona vakiliga tovarlarni qabul qilish va jo‘natish 
bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun naqd pul berilishi mumkin. 
Akkreditiv va maxsus schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar 5510 «Akkreditivlar» 
schyotida hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi bankning 
ko‘chirmasiga asosan 3 – jurnal-orderda yuritiladi. 
Rejali to‘lovlar tartibidagi hisob-kitoblar korxonalar orasida muttasil tovar-
material qiymatliklar jo‘natilib yoki xizmatlar ko‘rsatilib (non magazinlariga non 
mahsulotlarini jo‘natish, kundalik iste‘mol qilinadigan mahsulotni korxonalar 
omborida saqlash huquqiga ega bo‘lmay jo‘natib turish) turilsa amalga oshiriladi. 
Iste‘molchi va mol yuboruvchi shartnomaga binoan har kuni to‘lab turiladigan 
mahsulot yoki xizmatlar qiymatining reja summasini belgilaydilar. Pul to‘lash to‘lov 
topshirig‘i yoki to‘lov talabnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 
Hisob-kitoblar shartnomada belgilangan muddatlarda tartibga keltiriladi, ya‘ni 
o‘tkazib berilgan summa haqiqiy olingan mahsulot yoki foydalanilgan xizmatlar 
qiymati (hajmi) bilan taqqoslanib farqi aniqlanadi. 
Тo‘langan summa kam chiqsa qo‘shimcha to‘lanadi, ortiqcha chiqsa, yoki mol 
sotib oluvchiga qaytarib beriladi yoki keyingi to‘lovlarda hisobga olinadi. Rejali 
to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol yuboruvchining balansida 
4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyotining «Rejali 
to‘lovlar hisob-kitobi» analitik schyotida yuritiladi. Mol yuboruvchi o‘z vazifasini 
bajarsa bu analitik schyotni debetlab 9010 «Тayyor mahsulotlarni sotishdan olingan 
daromadlar» schyotini kreditlaydi, jo‘natilgan mahsulotlar uchun pul kelib tushsa, 
5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti debetlanib, 4010 – schyotning rejali to‘lovlar 
analitik schyotini kreditlaydi. Analitik hisob 7- qaydnomada har bir debitor bo‘yicha 
yuritilsa, sintetik hisob 11 – jurnal-orderda (krediti bo‘yicha oboroti) yuritiladi. 
Mol sotib oluvchining hisob-kitob schyoti holatidan qat‘iy nazar pul o‘tkazib 
berishni kafolatlovchi muttasil hisob-kitoblarni olib borish zaruriyati tug‘ilganda 
hisoblashish cheklari qo‘llaniladi. Ҳisoblashish cheklar daftarchasida 10, 20, 25, 50ta
cheklar bo‘lib ular bank tomonidan beriladi. 
Limitlashtirilgan chek daftarchalari olti oygacha muddatga berilib, unda 
hisoblashish chek daftarchasidan o‘tkazib berilishi mumkin bo‘lgan summa 
ko‘rsatiladi. Chek, yozib berilgan kunni hisobga olmaganda, 10 kungacha o‘z kuchini 
yo‘qotmaydi. Oldindan e‘lon qilingan limit summasi to‘lovchining hisob-kitob 


74 
schyotidan maxsus schyotga o‘tkazib qo‘yiladi, shuning uchun limitdan ortiqcha 
summaga yozib berilgan chek bekor qilinadi va bank tomonidan to‘lanmaydi. 
Limitlashtirilgan chek daftarchasi bo‘yicha summa 100 so‘mdan kam bo‘lmasligi 
kerak. 
Limitlashtirilmagan chek daftarchalari bir yil muddatiga berilib, ularni bergan 
bankning ssudasi bilan ta‘minlanadi. Ular mablag‘larni maxsus schyotda oldindan 
deponentlashni talab qilmaydi. 
Hisoblashish cheklari olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning aniq 
summasiga yozib beriladi. Ularni bank hujjatlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan 
shaxslar yoki ishonch qog‘ozi bilan vakolat qilingan lavozimli shaxslar imzolaydilar. 
Chek daftarchasidan foydalanish muddati tugagach foydalanilmagan limit summasi 
daftarchani tasarruf etuvchining hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi. Chek daftarchasini 
tasarruf etuvchining iltimosiga ko‘ra daftarcha bo‘yicha sarflash limiti ko‘paytirilishi 
mumkin. Korxonada chek daftarchalari qat‘iy hisobot blankalari sifatida saqlanadi. 
Limitlashtirilgan chek daftarchalari bo‘yicha sodir bo‘ladigan operatsiyalar 5520 
«Chek daftarchalari» schyoti bo‘yicha 3 – jurnal-orderda yuritiladi. 
Korxonaning barcha yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblari, shuningdek ichki xo‘jalik hisoblashishlari to‘g‘risidagi axborotlarni hisobga 
olish va umumlashtirish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ajratilgan: 6010 
«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar». Bu schyot mol 
yuboruvchi va pudratchilar bilan olingan tovar-material qiymatliklar, bajarilgan ish 
va foydalanilgan xizmatlar bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi 
axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4310 «TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan 
bo‘naklar» schyoti moddiy qiymatliklar yoki bajariladigan ishlar uchun berilgan 
avanslar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi, shuningdek buyurtmachilardan olingan 
qisman tayyori bo‘lgan ishlarni to‘lash bo‘yicha axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti mol 
oluvchi va buyurtmachilar bilan jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmatlar) bo‘yicha olib 
boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4860 «Da‘volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» schyoti mol yuboruvchi, 
pudratchi, transport va boshqa tashkilotlariga taqdim etilgan da‘volar bo‘yicha hisob-
kitoblar, shuningdek ularga taqdim etilgan va tan olingan yoki hukm etilgan jarima, 
boqimanda, neustoykalar bo‘yicha axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
6310 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyoti moddiy 
qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki bajariladigan ishlar uchun olingan avanslar 
bo‘yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayg‘r bo‘lgan 
mahsulot va ishlarni to‘lash bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi 
axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
6510 «Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schyoti korxona mulki va xodimlari 
sug‘urtasi bo‘yicha korxona sug‘urtachi bo‘lib hisoblangan hollarda olib boriladigan 
hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 


75 
6520 «Maqsadli davlat jamg‘armariga to‘lovlar» schyoti maqsadli davlat 
fondlariga ajratmalar bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan.
6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti korxona tomonidan 
to‘lanadigan soliqlar va shu korxona xodimlaridan olinadigan soliqlar bo‘yicha budjet 
bilan olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyoti mehnat 
haqi, shuningdek mazkur korxonaning aksiyalari va qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha 
daromadlarni to‘lash uchun korxona ro‘yxati tarkibida bo‘lgan va bo‘lmagan 
xodimlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan. 
4200 «Хodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oladigan schyotlar» 
hisobotini keyinchalik topshirish yo‘li bilan ma‘muriy - xo‘jalik va operatsion 
xarajatlari, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan summalar bo‘yicha korxona 
xodimlari bilan olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan. 
4700 «Boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlar qarzlarini hisobga oluvchi» 
schyotlar mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar va hisobdor shaxslar bilan hisob-
kitoblardan tashqari, korxona xodimlari bilan olib boriladigan barcha hisob-kitoblar 
to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4610 «Ustav kapitaliga ta‘sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi», 6610 
«Тo‘lanadigan dividendlar» va 6620 «Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari 
bo‘yicha qarz» schyotlari korxona ta‘sis etuvchilari bilan olib boriladigan barcha 
turdagi hisob-kitoblar; korxona ustav kapitaliga qo‘yilmalar bo‘yicha, daromadlarni 
to‘lash bo‘yicha va boshqalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
4800 «Тurli debitorlik qarzlari», 6720 Deponentlashtirilgan ish haqi» va 6900 
«Тurli kreditorlarga bo‘lgan majburiyatlar» schyotlarda yuqorida keltirilgan 
schyotlarda aytilmagan barcha operatsiyalar bo‘yicha debitorlar va kreditorlar bilan 
olib boriladigan o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni umumlashtirish 
uchun tayinlangan: tijorat xarakteriga ega bo‘lmagan operatsiyalar bo‘yicha turli 
tashkilotlar, o‘quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va h. k. bilan; cheklar bilan to‘lanadigan 
transport tashkilotlarining xizmatlari uchun; mukofat va boshqa shunga o‘xshash 
to‘lovlar summasi bo‘yicha; sud organlarining ijro hujjatlari yoki xukumlariga asosan 
korxona xodimlari ish haqidan turli tashkilot va shaxslar foydasiga ushlangan 
summalar va boshqalar hisobga olinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin