68
a) Хorijiy valutani sotib olish uchun hisob-kitob schyotidan so‘m ko‘rinishidagi
mablag‘larni valuta bozorida kelishilgan sotib olish kuniga bo‘lgan kurs bo‘yicha
o‘tkazib berilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit»
schyoti,
K-t 5110 «Hisob-kitob» schyoti.
b) Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valutani valuta schyotiga o‘tkazilishi:
D-t 5210 «Valuta schyoti», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining
«Тranzit» schyoti.
v) Хorijiy valutani Markaziy bank kursidan past kursda sotib olish natijasida
sodir bo‘lgan ijobiy kurs farqini aks ettirilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar»
schyotining «Тranzit» schyoti, K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar»
schyoti.
g) Хorijiy valutani Markaziy bank kursidan yuqori kursda sotib olish natijasida
sodir bo‘lgan salbiy kurs farqnini aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs farqlaridan zararlar»,
K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti.
Хorijiy valuta harakati to‘g‘risidagi ma‘lumotni bank muassasasi korxonaga
valuta schyotidan ko‘chirma berish yo‘li bilan xabar beradi. 5210 «Mamlakat
ichidagi valuta schyotlar»ni kredit oboroti 2/1 – jurnal-orderida aks ettiriladi. Bu
schyotning debet oboroti 2/1 qaydnomaini yuritish bilan nazorat qilinadi. Valuta
schyoti bo‘yicha analitik hisob kartochkalarda valutalarning nomlari bo‘yicha
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: