O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 -BOB. PUL MABLAG‘LARI VA HISOB–KITOBLAR HISOBI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

3 -BOB. PUL MABLAG‘LARI VA HISOB–KITOBLAR HISOBI 
3.1. Pul mablag‘lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga 
olishning vazifalari 
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab 
chiqarish jarayonida doimo boshqa xo‘jaliklar bilan iqtisodiy aloqada bo‘ladilar. 
Bunday aloqalarini olib borish xo‘jaliklarning asosiy faoliyati hisoblanadi va ishlab 
chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulotlarni o‘z vaqtida jo‘natish hamda sotish
jarayoni ta‘minlanadi. Хo‘jalik aloqalari shartnomalar bilan rasmiylashtirilib, ularga 
asosan bir tomon mahsulot (ish va xizmat) larni taklif etuvchi (sotuvchi), ikkinchi 
tomon esa – xaridor sifatida qatnashib, to‘lovni amalga oshiruvchi bo‘lib qatnashadi. 
Mahsulot (ish va xizmat) larni yetkazib beruvchi bilan uning haqini to‘lovchilar 
orasidagi hisoblashishlar o‘z vaqtida tashkil etilishi aylanma mablag‘larning aylanish 
tezlashishiga ta‘sir qilib, olinadigan va to‘lanadigan mablag‘larning paydo bo‘lishiga 
barham beradi. 
Shuningdek, xo‘jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 
tegishli idoralar hamda ishlab chiqarishda, boshqaruv apparatida faoliyat 
ko‘rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi. 
Хo‘jalikning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki 
naqd pulsiz, ya‘ni pul o‘tkazish yo‘li orqali to‘lovni oluvchining hisob raqami 
ochilgan bankka o‘tkazib beriladi. Bugungi kunda subyektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-
kitob operatsiyalari bo‘yicha hisoblashishlar nizomga
4
ko‘ra pul o‘tkazish yo‘li orqali 
amalga oshiriladi. 
Тijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mablag‘larini jalb 
qilish, ularning boshqa xo‘jalik hamda tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – 
kitoblarini amalga oshirish, shuningdek, qaytarib olish to‘lovlilik va muddatlilik 
sharti bilan bo‘sh mablag‘larni joylashtirish maqsadida tashkil etilganligidir. 
Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‗jalik yurituvchi 
sub‘yektlarning bo‗sh mablag‗larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni 
rag‗batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo‗lib qoladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin