79
Yuqorida aytib o‘tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilar ga foizsiz
kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta‘mirlash, uy-joylarini
kengaytirish uy-ro‘zg‘orlari bilan ta‘minlanish uchun korxonaning bo‘sh mablag‘lari
hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi
rasmiylashtiriladi: D-t 4790 «Хodimlarning boshqa qarzi», K-t 5010 yoki 5110
schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan
kredit (qarz) olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli
(bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) bo‘lishi
mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo‘ladigan hisob-kitob muomalalari
6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida
hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo‘lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz beruvchilardan
davlat va xorijiy valutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar
bo‘yicha hisob-kitoblar holati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun
tayinlangan.
Bunday qarzlar olingan vaqtda 5110, 5210 - schyotlar debetlanib 6820 va 7820
schyotlari kreditlanadi. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar beriladi.
Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar, xususan
aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo‘li bilan chetdan mablag‘lar jalb qilish,
shuningdek berilgan veksellar bo‘yicha qarzlar bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar
6830 «Тo‘lanadigan obligatsiyalar», 6840«Тo‘lanadigan veksellar», 7830
«Тo‘lanadigan obligatsiyalar» va 7840 «Тo‘lanadigan veksellar» schyotlarida hisobga
olinadi.
Bu schyotlar passiv bo‘lib qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotilsa
yoki veksellar berilsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 6830
yoki 6840- schyotlar kreditlanadi. Qimmatli qog‘ozlar sotib olinsa yoki berilgan
veksellar summasi to‘lansa, aksincha o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Uzoq muddatli
qimmatli qog‘ozlarning sotilishi yoki veksellarning berilishi va ularning sotib olinishi
yoki veksellar summasining to‘lanishi 7830 va 7840- schyotlarini qo‘llagan holda
shunday rasmiylashtiriladi.
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga 9610
«Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan foizlar»
schyoti kreditlanadi. Ushbu foizlar to‘lansa 6920- schyoti debetlanib 5010, 5110-
schyotlari kreditlanadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning analitik hisobi olingan qarzlarning shakllari,
qarz beruvchilar va kreditni qaytarish muddatlari bo‘yicha yuritiladi. Qisqa muddatli
qarzlar ko‘pincha qarz majburiyatlari bo‘yicha olingan tijorat kredit xarakteriga ega.
Dostları ilə paylaş: