O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Balansning tuzilishi va uning moddalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
2.2.Balansning tuzilishi va uning moddalari 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda 
ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 
dekabrdan 140-sonli buyrug‘i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari 
tasdiqlangan. Quyida ushbu tasdiqlangan balans shaklini keltiramiz 
Ko‘rsatkichlar nomi 
Satr kodi Hisobot yili 
boshiga 
Hisobot yili 
oxiriga 
Aktiv 
I. Uzoq muddatli aktivlar 
Asosiy vositalar: 
Boshlang‘ich (qayta tikpash) qiymati (0100, 0300) 
010 
Amortizatsiya (0200) 
011 
Qoldiq qiymat (010 - 011) 
012 
Nomoddiy aktivlar: 
Boshlang‘ich qiymati (0400) 
020 
Amortizatsiya summasi (0500) 
021 
Qoldiq qiymat (020-021) 
022 


47 
Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr. 040+050 
+060+070+080), shu jumladan: 
030 
Qimmatli qog‘ozlar (0610) 
040 
Sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar (0620) 
050 
Qaram xo‘jalikjamiyatlariga investitsiyalar (0630) 
060 
Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga 
investitsiyalar (0640) 
070 
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar (0690) 
080 
O‘rnatiladigan asbob-uskunalar (0700) 
090 
Kapital ko‘yilmalar (0800) 
100 
Uzoq muddatli debitorlik qarzlari (0910,0920,0930,0940) 110 
shundan: muddati o‘tgan 
111 
Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar (0950,0960,0990) 120 
I bo‘lim bo‘yicha jami
(satr. 012+022+030+090+100+110+120) 
130 
II. Joriy aktivlar 
Тovar-moddiy zaxirapari, jami (satr. 150+160+170+180), 
shu jumladan: 
140 
Ishlab chiqarish zaxiralari (1000, 1100, 1500, 1600) 
150 
Тugaplanmagan ishlab chiqarish
(2000, 2100, 2300, 2700) 
160 
Тayyor mahsulot (2800) 
170 
Тovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi) 
180 
Kelgusidavr sarflari (3100) 
190 
Kechiktirilgan xarajatlar (3200) 
200 
Debitorlar, 
jami 
(satr. 
220+230+240+250+260 
+270+280+290+300+310) 
210 
shundan: muddati o‘tgan 
211 
Хaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning 
ayirmasi) 
220 
Ajratilgan bo‘linmalarning qarzi (4110) 
230 
Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarning qarzi (4120) 
240 
Хodimlarga berilgan bo‘naklar (4200) 
250 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan 
bo‘naklar (4300) 
260 
Budjetga soliq va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari 
(4400) 
270 
Maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha 
bo‘nak to‘lovlari (4500) 
280 
Тa‘sirchilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi 
(4600) 
290 
Хodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi (4700) 300 
Boshqa debitorlik qarzlari (4800) 
310 
Pul mablag‘lari, jami (satr. 330+340+350+360), shu 
jumladan: 
320 
Kassadagi pul mablag‘lari (5000) 
330 
Hisoblashish schyotidagi pul mablag‘lari (5100) 
340 
Chet el valutasidagi pul mablag‘lari (5200) 
350 
Boshqa 
pul 
mablag‘lari 
va 
ekvivalentlari 360 


48 
(5500,5600,5700) 
Qisqa muddatli investitsiyalar (5800) 
370 
Boshqa joriy aktivlar (5900) 
380 
II bo‘lim bo‘yicha jami
(satr. 140+190+200+210 +320+370+380) 
390 
Balans aktivi bo‘yicha jami (satr. 130+390) 
400 
Ko‘rsatkichlar nomi 
Satr kodi Hisobot yili 
boshiga 
Hisobot yili 
oxiriga 
P a s s i v 
I. O‘z mablag‘lari manbalari 
Ustav kapitali (8300) 
410 
Qo‘shilgan kapital (8400) 
420 
Zaxira kapitali (8500) 
430 
Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600) 
440 
Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) 
450 
Maqsadli tushumlar (8800) 
460 
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar 
(8900) 
470 
1 bo‘lim bo‘yicha jami
(satr. 410+420+430-440+450 +460+470) 
480 
II. Majburiyatlar 
Uzoq muddatli majburiyatlar, jami
(satr. 500+510 +520+540+550+560+570+580+590) 
490 
Shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr. 
500+520+540+560+590) 
491 
Shundan: muddati o‘tgan uzoq muddatli kreditorlik 
qarzlari 
492 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq 
muddatli qarz (7000) 
500 
Ajratilgan bo‘linmalarga uzoq muddatli qarz (7110) 
510 
Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga uzoq muddatli 
qarz (7120) 
520 
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar (7210, 7220, 
7130) 
530 
Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli 
kechiktirilgan majburiyatlar (7240) 
540 
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7250, 
7290) 
550 
Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar 
(7300) 
560 
Uzoq muddatli bank kreditlari (7810) 
570 
Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840) 
580 
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900) 
590 
Joriy majburiyatlar, jami (satr. 610+630+640+650 
+660+670+680+690+700+710+720+730+740+750+760) 
600 
Shu 
jumladan: 
joriy 
kreditorlik 
qarzlari 
(satr. 
610+630+650+670+680+690+700+710+720+760) 
601 
Shundan: muddati o‘tgan joriy kreditorlik qarzlari 
602 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000) 
610 


49 
Ajratilgan bo‘linmalarga qarz (6110) 
620 
Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz (6120) 
630 
Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230) 
640 
Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan 
majburiyatlar (6240) 
650 
Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250, 6290) 
660 
Olingan bo‘naklar (6300) 
670 
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (6400) 
680 
Sug‘urtalar bo‘yicha qarz (6510) 
690 
Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz 
(6520 
700 
Тa‘sischilarga bo‘lgan qarzlar (6600) 
710 
Mehnatga haq bo‘lash bo‘yicha qarz (6700) 
720 
Qisqa muddatli bank kreditlari (6810) 
730 
Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840) 
740 
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi (6950) 
750 
Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900) 
760 
II bo‘lim bo‘yicha jami (satr. 490+600) 
770 
Balans passivi bo‘yicha jami (satr. 480+770) 
780 
Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag‘lar turi va ularning ma‘lum 
davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi moddasida 
dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi sezilarsiz 
aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi nomoddiy 
aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko‘rsatadi. «Qoldiq qiymat» 
moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib tashlangandan 
keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi. 
«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat 
vositalarining qiymatini ko‘rsatadi. Shuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va 
asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish 
zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Хom-ashyo va materiallar», «Yordamchi 
materiallar», «Yoqilg‘i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish zaxiralarining 
qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Тugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi 
korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha yetkazilmagan 
buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Тayyor mahsulot» - bu mazkur 
korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo‘ljallangan buyumlardir. «Kassa» va 
«Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda korxona ixtiyoridagi pul 
mablag‘larining summasi ko‘rsatiladi. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
berilgan bo‘naklao». «Boshqa debitoolik qarzlari» va hokazo moddalarida esa boshqa 
xo‘jalik yuritish subyektlarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot 
uchun («Хaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo‘yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari 
aks ettiriladi. 
Ko‘rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo‘lib, ularning mazmuni ko‘p 
tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu moddalardan 
ba‘zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga qarab aniqlab olish 
doim ham oson bo‘lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning mazmunini aniq ko‘z 
oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini yaxshi bilib olish lozim. 


50 
Yuqorida aytilganidek, passiv aktivda ko‘rsatilgan korxona mablag‘larining manbaini 
aks ettiradi. 
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korxonaning 
yaratilish paytida shakllantirilgan mablag‘lar miqdoridan iborat. Bunda korxonaning 
o‘z mablag‘larining umumiy summasi ko‘rsatiladi va bu manbadan berilgan 
mablag‘larning o‘zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo‘ladi. 
«Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korxonaning faoliyat 
ko‘rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigacha bo‘lgan vaqt ichida jamg‘arilgan 
foyda summasini aks ettiradi. 
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo‘lgan uzoq 
muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko‘rsatilgan summa korxona tomonidan 
olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi 
kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo‘lgan pul mablag‘larining 
miqdorini ko‘rsatadi, deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki bank tomonidan kredit 
ko‘rinishida beriladigan pul mablag‘lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga 
yozib qo‘yiladi yoki mol yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzni uzish uchun 
o‘tkaziladi. Demak, bu mablag‘ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi. 
«Kreditorlar» moddasining «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» qatorida 
keltirilgan summa korxonaning mol yetkazib beruvchilardan sotib-olingan har xil 
moddiy boyliklari uchun qarzini ko‘rsatadi. 
«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va 
xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. Boshqacha 
qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarning bajargan 
ishlari uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan ish xaqi summasi qancha ekanligini ko‘rsatadi. 
«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» moddasi korxonaning budjet oldidagi undan 
undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarining 
summasini, ya‘ni moliya tashkilotlariga bo‘lgan qarzning miqdorini aks ettiradi. 
Тo‘lanishi lozim bo‘lgan summa aniqlanganidan keyin, korxona o‘z balansining 
passivida shu modda bo‘yicha uning summasini ko‘rsatadi. Buxgalteriya balansi 
quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi: 
1. Тuzish vaqtiga qarab: kirish balansi; joriy (davriy) balans; tugatish balansi; 
ajralish balansi; qo‘shilish balansi; sanatsiya balansi. 
2. Тuzish manbalariga qarab: inventar balanslari. Faqat inventar vositalari 
asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar mavjud 
mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo‘jaliklar o‘z shaklini 
o‘zgartirganda talab qilinadi; daftar balansi - inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan 
oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi; bosh balans - 
hisob va inventarizatsiya ma‘lumotlariga asosan tuziladi. 
3. Axborot hajmi bo‘yicha: yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks 
ettiradi; yig‘ma balans - barcha korxonalar mablag‘larining umumiy holatini aks 
ettiruvchi summalarni mexanik qo‘shish yo‘li bilan tuziladi; konsolidallashgan 
balans. 
4. Faoliyat xarakteri bo‘yicha: asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat turi 
va ustaviga to‘g‘ri keladigan balans; asosiy bo‘lmagan balans - korxonaning boshqa 
faoliyat turlari bo‘yicha tuziladigan balans. 


51 
5. Mulk shakli bo‘yicha: davlat korxonalari balansi; aksioner jamiyatlari 
balansi; munitsipal balansi; qo‘shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar 
balansi. 
6. Aks ettirish obyekti bo‘yicha: huquqiy shaxs bo‘lgan korxonaning mustaqil 
balansi; alohida balans. 
7. Тozalanish usuli bo‘yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi 
moddalarni o‘z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi 
moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto-balansi 
qo‘llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin