O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Хo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

1.6. Хo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi 
Хo‘jalik jarayonlari ma‘lum mablag‘lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun 


32 
ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul 
mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga ega bo‘ladi. 
Korxona mablag‘larining manbalari- davlat jamg‘armasidan, aksiyalarni chiqarish va 
sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa 
korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan 
tashkil etiladi. Хo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning qanday 
mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar manbalari va 
maqsadlarini bilish kerak. 
Shunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi: 
birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil 
topish manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab. 
Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxonaning xo‘jalik 
faoliyatini xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda 
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag‘lar bo‘lishi kerak. Undan 
tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta‘minot va sotish bosqichida ishlatiladigan 
mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda korxonalar o‘z xodimlarining ehtiyojlariga 
xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga ham ega bo‘ladi. 
Shunday qilib, korxona mablag‘lari o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha 
quyidagi guruhlarga bo‘linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi 
mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘lar. 
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat 
bo‘ladi. 
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta‘sirini o‘tkazuvchi 
vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari yetakchi 
rolni o‘ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining 
tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga 
aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek imoratlar, inshootlar, transport 
vositalari va xo‘jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal 
amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam 
beradi. 
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni 
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab chiqarish 
jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari, 
xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari 
o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar 
tannarxiga, davr xarajatlariga o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining 
kamayishiga olib keladi. 
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo‘lib, kapital qo‘yilmalar 
hamda uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Nomoddiy aktivlar o‘z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar beradi. 
Ularga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari, alohida 
imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va 
hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari foydalanish 
muddatlarida o‘zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr 
xarajatlariga asta-sekin o‘tkazib boradi. 


33 
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa aktivlarga ham kapital 
qo‘yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi 
obyektlarni qurish va hokazolarni kiritish mumkin. 
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga 
hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo‘sh qolgan pul mablag‘larini 
qo‘yishdan ham iborat. 
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang‘ich materialdan iborat. 
Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab 
chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi. 
Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab 
chiqarish jarayonida iste‘mol qilinib, o‘zlarining qiymatini tayyorlanayotgan 
mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi. 
Хom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik 
zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning ehtiyot qismlari tayyorlanadigan 
metalning har xil turlari tushuniladi. 
Yordamchi 
materiallar 
asosiylardan 
farqli 
o‘laroq, tayyorlanayotgan 
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda 
ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo‘shish yo‘li 
bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish 
uchun binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigiyenasini 
ta‘minlab turish uchun ishlatiladi. 
Yoqilg‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi 
materiallar singari, ular mehnat vositalari tomonidan iste‘mol qilinadi yoki asosiy 
materiallarga qo‘shiladi hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi. 
Hisobda yoqilg‘i yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan. 
Yordamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining bu xosiyati natura 
shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yoqilg‘ining 
qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish chiqimlari 
sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi. 
Yarim tayyor mahsulotlar, ba‘zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali tayyor 
mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan 
iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini o‘tgan 
bo‘lsalar xam, lekin ishlov yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqichga yo‘naltirilishi 
kerak bo‘ladi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o‘z ishlab 
chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib olingan 
yarim tayyor mahsulotlar ham bo‘lishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor 
mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruhiga kiradi. Bu guruhga, 
shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi. 
Тugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat 
buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga o‘xshab, 
ba‘zi bir ishlov bosqichlarini o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat 
buyumlaridan iborat bo‘ladi. Lekin yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha 
ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mehnat 


34 
buyumlari bu yerda hali ishlanishi kerak bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan 
holda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat‘i nazar qiymati 50 ta 
minimal ish haqi miqdorigacha bo‘lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam 
xizmat qiladigan buyumlar kiradi.
Operatsiya doirasidagi mablag‘lar, ya‘ni operatsiya buyumlari, pul mablag‘lari, 
debitorlik qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat. 
Operatsiya buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun 
mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala 
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovarga bo‘linadi. Ortib 
jo‘natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor 
uning uchun pul to‘lagunga qadar ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. 
Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab 
chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki 
hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. 
Ushbu holda mazkur obyekt operatsiya doirasidan hisob-kitobdagi mablag‘larga 
o‘tadi. 
Pul mablag‘lari har xil to‘lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul 
mablag‘lari yordamida korxona mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi, o‘z 
xodimlariga ish haqi to‘laydi, davlat daromadlariga har xil to‘lovlar va ajratmalar 
qiladi. Pul mablag‘lari korxonaga xaridorlardan ularga sotilgan buyumlar uchun, 
banklardan-kreditlar ko‘rinishida, yuqori tashkilotlar hamda yuqori kompaniyalardan
vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi. 
Pul mablag‘lari o‘zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar 
o‘zlarining pul mablag‘larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valuta 
schyotlarida saqlaydilar. Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo‘sh pul 
mablag‘larini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lmay, u egasining barcha asosiy 
hisoblashuvlarini mol yetkazib beruvchilar hamda xaridorlar, kredit muassasalari, 
tashkilotlar va hokazolar bilan amalga oshirish uchun ham mo‘ljallangandir. 
Korxonaning kechiktirib bo‘lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa 
to‘lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan naqd pul zaxiralari uning kassasida 
joylashgan bo‘ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. 
Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob-kitob schyotiga belgilangan muddatlarida 
qaytarib topshiriladi. 
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma‘lum mablag‘lar boshqa xo‘jalik 
yuritish subyektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo‘ladi. Bunday 
mablag‘larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib olingan 
mahsulotlar uchun qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil xarajatlarini 
qoplash maqsadida hisoblashish sharti bilan berilgan pul summalari bo‘yicha hisob-
kitoblar kiradi. Тopshiriqni bajarib bo‘lgandan keyin, xodim tomonidan olingan 
summalarning sarflanganligi to‘g‘risida bo‘nak hisoboti topshiriladi va ishlatilmay 
qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday hisob-kitoblar hisobdor shaxslar 
bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga qarzlar boshqa operatsiyalar bo‘yicha 
ham bo‘lishi mumkin. Ularga, mol yetkazib beruvchilarga taqdim etilgan da‘volar 
bo‘yicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning o‘z extiyojlari uchun olgan bo‘nak 


35 
summalari bo‘yicha qarzlari kiradi. Bunday qarzdorlar boshqa debitorlar deb 
nomlanadi. 
Operatsiya sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan har 
xil binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor 
mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo 
imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi. 
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-joy 
xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash 
vositalari kiradi. Bular turar joylar, kinoteatrlar, bolalar bog‘chalari, oromgohlar va 
dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, 
tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda joylashgan asbob-uskunalari va inventar 
hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori-darmonlardan iborat. Bu 
mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda ularga zarur 
bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Buxgalteriya hisobida 
mablag‘lar va ularning kelish chiqish manbalari alohida-alohida guruhlarga bo‘lib 
hisobga olinadi. 
1.1-chizma. Mablag‘lar tarkibi 
Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o‘z faoliyatining hajmi va 
xarakteriga qarab mablag‘larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga 
vaqtinchalik ehtiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan olishlari 
mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus 
maqsadlarda jamg‘arilgan zaxiralardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan 
foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag‘larini hosil qilish rejali xarakterga 
egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag‘lari ma‘lum 
maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Mablag‗lar (Aktivlar) 
Uzoq muddatli aktivlar 
Joriy (mablag‗lar) aktivlar 
Asosiy 
vosi
tala

Uz
oq muddatli
mol
iyaviy 
qo‗yilm
alar
Nomoddiy
akti
vlar
Moddi
y a
ylanma
mabla
g‗
lar
P
ul m
ablag‗
lar

Qisqa
muddatli
mol
iyaviy qo‗
yil
mala

Joriy his
ob
-kit
obda
gi 
mabla
g‗
lar
Tugallanmagan kapital 
qo‗yilmalar 


36 
Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga 
mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga 
oshiriladi. Mablag‘lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. 
Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat 
jamg‘armasidan yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, 
tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi. 
Shunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari qanday 
maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: o‘z va qarzga 
olingan mablag‘lar manbalari. 
O‘z mablag‘lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida 
beriladi va unga biriktirib qo‘yiladi. 
Davlat korxonalarining mablag‘laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik 
shaklidagi korxonalarning o‘z mablag‘lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning 
qo‘shma yoki individual mulkidan iborat bo‘ladi. 
Davlat korxonalarining o‘z mablag‘lari budjetdan moliyalash, zaxiralar, 
taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘z mablag‘lar manbaidan iborat. 
Kapitallar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning 
ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali va zaxira kapitalidan tashkil topadi. 
Ustav fondi, korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat zaxirasidan kelib 
tushgan mablag‘larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida foydalaniladigan 
buxgalteriya atamasidir. Ustav kapital esa aksincha, muassislardan kelib tushgan 
mablag‘lardan iborat bo‘lib, u nodavlat sektoridagi korxonalarning buxgalteriya 
hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamadir. Korxonalarga ishlab chiqarish 
vositalari, operatsiya sohasining ba‘zi bir mablag‘lar turlari va noishlab chiqarish 
sohasining mablag‘lari beriladi. Korxona tashkil qilinayotgan paytda hosil qilgan 
barcha o‘z mablag‘larining puldagi ifodasi ustav kapitalining hajmini ifodalaydi. 
Ustav kapitalining hajmi korxonaning Nizomida ko‘rsatiladi. 
Хo‘jalik faoliyati jarayonida ustav kapitalining hajmi o‘sadi yoki kamayadi va 
bunda tegishli o‘zgarishlar ustav hamda zaxira kapitalida tegishli qismlari bo‘yicha 
aks ettiriladi. 
Ilgari, foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish 
xarajatlari, ya‘ni yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish, asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy 
takomillashtirish, moddiy rag‘batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida 
muhim topshriqlarni bajarganliklari uchun rag‘batlantirish, ularga yakka tartibdagi 
yordam ko‘rsatish; ijtimoiy - madaniy tadbirlar, turarjoylar va madaniy - maishiy 
muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda xizmatchilarga madaniy - maishiy 
xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilashga qilingan sarflar hisobot davrida sodir bo‘lgan 
xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 
Budjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan o‘z faoliyatini 
kengaytirish uchun qo‘shimcha ravishda oladigan mablag‘lar manbaidir. Budjetdan 
moliyalash tartibidagi mablag‘lar davlat korxonalariga yangi mehnat vositalarini 
sotib olish yoki moddiy boyliklar zaxirasi, aylanma mablag‘larning o‘sishi va 
to‘ldirilishini moliyalash hamda boshqa extiyojlarga, bolalar va madaniy - maorif 
muassasalarini saqlash, ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar tayyorlash va 


37 
boshqalar uchun beriladi. 
Qarzga olingan mablag‘lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma‘lum 
bir vaqtga ma‘lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin ular 
o‘z egalariga qaytarilishi kerak. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va qarzga 
olingan mablag‘lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir majburiyatlar 
hisoblanadi. 
Kreditlar va jalb qilingan mablag‘larga banklarning qisqa muddatli, uzoq 
muddatli hamda yuridik va jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag‘lari kiradi. 
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonaning 
vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘larning asosiy manbai hisoblanadi. 
Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlari va boshqalar yuzasidan 
olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, ya‘ni uncha uzoq 
bo‘lmagan muddatga, shu muddatning o‘tishi bilan ularni bankka albatta qaytarish 
sharti bilan beriladi. 
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik asosiy 
vositalarni sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish, 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulot 
turlarni yaratish, ularning sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ko‘tarish, o‘z 
mablag‘lari hisobidan moliyalash o‘rniga kapital sarflarga va boshqa ehtiyojlarga 
xarajatlar qilish uchun beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar ham muddatli, 
qaytariladigan xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha yilga beriladi. 
Shunday qilib, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar hamda qarzga olingan 
mablag‘lar uchun umumiylik - ularning muddati va qaytarilishi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyotida bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonalar 
tomonidan ehtiyojlari uchun boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik qo‘shimcha 
mablag‘lar olishning muhim manbaidir. 
Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol yetkazib beruvchilar va boshqa 
kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni o‘z ichiga oladi. 
Mol yetkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan 
tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo‘yicha qilinadigan hisob -kitob tizimiga 
binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga xaq to‘lanishi o‘rtasida bir qancha vaqt 
o‘tadi. Shu davr davomida mazkur korxona o‘zlarining mol yetkazib beruvchilari 
oldida qarzdor bo‘lib qoladilar. Natijada mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz 
ushbu korxona mablag‘lari uchun vaqtinchalik qo‘shimcha manbaga aylanadi. 
Boshqa kreditorlarga - korxonaga boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzdor bo‘lgan 
tashkilotlar kiradi. Ularga ijtimoiy sug‘urta tashkidotlariga, pensiya, ish bilan 
ta‘minlash jamg‘armalariga va hokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar kiradi. 
Bular - ishchi va xizmatchilarga ularning o‘z ehtiyojlari uchun berilgan ssudalar, sud 
tashkilotlarining qarori asosida ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan har xil 
tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar, ishchi va 
xizmatchilar tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari bo‘yicha 
korxonaning qarzlaridir. 
Mol yetkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bo‘lgan qarzlarning 
xususiyati shundan iboratki, olinadigan mablag‘lar korxonaning biznes-rejasida 


38 
nazarda tutilmaydi va korxona ularni juda cheklangan muddatga oladi. 
Тaqsimotta doir majburiyatlar guruhiga ishchi va xizmatchilarga ish haqi, 
kasaba uyushmasi tashkilotlariga ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, pensiya, ish bilan 
ta‘minlash jamg‘armalari va moliya muassasalariga - budjetga to‘lovlar bo‘yicha 
majburiyatlar kiradi. Jalb qilingan mablag‘larning bu guruhi milliy daromadni 
taqsimlashning ba‘zi shakllarini aks ettiradi. 
Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada yaratilgan 
zaruriy mahsulotni taqsimlashning shaklini anglatadi. Gap shundaki, qabul qilingan 
qoidaga ko‘ra, ishchi va xizmatchilarga ish haqi ularning korxonada ishlagan davri 
tugab, bir necha kun o‘tgandan keyin beriladi. Shu munosabat bilan ishchi va 
xizmatchilar oldida ish haqini berishda uziladigan majburiyatlari yuzaga kelib turadi. 
Ijtimoiy sug‘urta, pensiya va ish bilan ta‘minlash jamg‘armalari bo‘yicha 
majburiyatlar qo‘shimcha mablag‘larning taqsimlanishini aks ettiradi. Korxonalar har 
oyda ijtimoiy sug‘urtaga, pensiya, ish bilan ta‘minlash jamg‘armalariga ajratmalar 
qiladi va hisoblangan summalarni tegishli schyotlarga o‘tkazadilar. Bu mablag‘lar 
o‘tkazilishiga qadar ular korxona ixtiyorida bo‘ladi. Shu munosabat bilan uning yana 
tegishli summalarni o‘tkazish bo‘yicha doimo majburiyatlari paydo bo‘lib turadi. 
Moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar ham qo‘shimcha mablag‘lar 
taqsimlashni tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan to‘lovlarni davlat 
daromadiga topshirib turadi. Demak, ularda ma‘lum muddatlarda moliya tashkilotlari 
oldida shu to‘lovlarni o‘tkazishga doir majburiyatlari paydo bo‘lib turadi. Shu 
to‘lovlar bo‘yicha summalarni hisoblash daqiqasidan to‘lash davrigacha ular korxona 
ixtiyorida bo‘ladi. 
Тaqsimot bo‘yicha majburiyatlarning umumiyligi shundan iboratki, bu 
manbalardan mablag‘lar chetdan olish yo‘li bilan emas, balki hisoblash yo‘li bilan 
hosil qilinadi. 
Yalpi daromad - bu korxonada olingan sof daromadning bir qismidir. Ma‘lumki, 
yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar 
o‘rtasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. U markazlashtirilgan davlat sof daromadi 
va korxona sof daromadiga bo‘linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va foydadan ajratmalardan hosil bo‘ladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i korxona mahsulotining sotishsi jarayonida 
qat‘iy me‘yorlar bo‘yicha undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni 
taqsimlash paytida davlat budjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning 
ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar, 
dividendlarni to‘lash va boshqa ehtiyojlar xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Shunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama 
yo‘nalishga ega: uning bir qismi davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa 
korxona ixtiyorida qoldiriladi. Shuning uchun uni taqsimlanishiga qadar o‘z 
mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar manbaiga kiritish mumkin emas va shu 
sababdan u alohida guruhga ajratiladi. 
Korxona foyda yoki zararini yaratilgan mahsulot sotishdan, ortiqcha moddiy 
boyliklarni sotishdan, moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko‘rinishida, 
valuta va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oladi. 


39 
1.2-chizma. Mablag‘lar manbalari tarkibi. 
Buxgayateriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari tasarrufida 
bo‘lgan mablag‘lari va ulardan foydalanish sur‘atini kerakli axborot bilan 
ta‘minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. Yuqorida 
harakatdagi kapital manbalari chizmasi keltirlgan (1.2-chizmaga qarang). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin