31
ta‘minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bilan unga u
yoki bu mablag‘larni topshirish yoki olib qo‘yish paytida, bank muassasalari bilan
ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga
doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Хo‘jalik aloqalari buxgalteriya hisobida
korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan
paytdan qamrab olinadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun
qilingan iste‘moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste‘mollari ham sodir
bo‘ladi.
Noishlab chiqarish iste‘moliga korxona tasarrufidagi mablag‘laridan foydalanish
kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa shu
kabi mablag‘lari kiradi. Bu mablag‘larning holati va ulardan foydalanishni ham
buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag‘larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab
chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi.
Demak, mablag‘larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket
uzluksiz kelib tursagina sodir bo‘lishi mumkin.
Mablag‘larning aylanish davrini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni har bir bosqichini;
bo‘lgan muddatlarda bo‘lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan
jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham,
korxonalar har bir bosqichda, ya‘ni uch shakldagi - pul, ishlab chiqarish va tovar
mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga bu mablag‘larning miqdori korxona
faoliyatining xajmiga to‘g‘ri kelishi va har bir boskichda normal ishni ta‘minlashi
kerak.
Barcha jarayonlar - ta‘minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo‘jalik
operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta‘minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish
hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot
tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash,
mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya
ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda amalga oshiradi.
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag‘larining harakati,
ularning shakllari o‘zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda korxona
pul mablag‘lari o‘rniga o‘zlariga kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini oladi va ularni
sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib, tayyor
mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalari ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirshda korxona mablag‘larining harakatidan iborat ekan.
Хo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti
haqida kerakli axborotlarni olish, mablag‘lardan samarali foydalanish darajasini
baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy
mazmunini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: