O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Statistik hisob
- ommaviy xo‘jalik hodisalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yig‘ish 
va ishlash tizimidan iborat. Хo‘jalik hisobining bu turi butun xo‘jalik va uning 
tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Undan korxona, 
tashkilot va muassasalarda sodir bo‘layotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni 
kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo‘jalik faoliyatining turli-tuman 
miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, 
ishlab chiqarish hajmi, o‘rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat 
unumdorligi darajasi o‘sishi va hokazo ko‘rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik 
kuzatuvlarning ma‘lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq 
xo‘jaligining ayrim tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi. 
Statistik hisob statistika fani - statistika usullaridan foydalanadi. Mustaqil 
ijtimoiy fan sifatida statistika faqat xo‘jalik hodisalarinigina o‘z ichiga olmay
jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham qamrab oladi. Jumladan, uning 
yordamida aholi soni, tarkibi va harakati, xalq xayotining moddiy va madaniy 
darajasi, uning ijtimoiy hayoti haqidagi ko‘rsatkichlar olinadi. 
Хo‘jalik xodisalari haqidagi ma‘lumotlar statistik hisob tomonidan operativ va 
buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda mustaqil ravishda tashkil 
qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Ba‘zi ma‘lumotlar statistik kuzatuvning 
alohida shakllari - qayta ro‘yxatga olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz 
kuzatib bo‘lmaydigan ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish 
usulidan keng foydalaniladi. 
Тarmoqlar, xalq xo‘jaligi miqyosidagi xo‘jalik hodisalarini tavsiflovchi 
ma‘lumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari - Makroiqtisodiyot va statistika 
vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va ishlab chiqiladi. Dastlabki 
materiallarni ilmiy ishlash va taxlil qilish olingan ko‘rsatkichlarni ular tomonidan 
yig‘ish va guruhlash, o‘rtacha sonlar usuli, nisbiy jamlash, indekslar, dinamik 
qatorlar va shu kabi maxsus usullardan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. 
Statistik hisobning ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun ham barcha mavjud 
o‘lchovlar - natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan, o‘rganilayotgan hodisaning 
mazmuni va qo‘yilgan vazifalariga qarab foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin