O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Internet saytlari 
http:// www. gaap. ru 
http:// www. glavbukh. ru 


45 
2-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI VA UNING TUZILISHI 
2.1. Buxgalteriya balansi to‘g‘risida tushuncha 
Хo‘jalik subyektlarini boshqarish uchun, eng avvalo, ulardagi mablag‘lar 
haqidagi ma‘lumotlarga ega bo‘lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag‘larning 
qanday turlariga ega va bu mablag‘lar qanday manbalardan tashkil topganligini bilish 
kerak bo‘ladi. Bunday ma‘lumotlar umumlashtirilgan hodda pul ko‘rsatkichlarida 
ma‘lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag‘lar tarkibi va qanday maqsadlarga 
mo‘ljallanganligini o‘rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana 
shu ma‘lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi. 
Buxgalteriya balansi xo‘jalik mablag‘larini ularning turlari va tashkil topish 
manbalari bo‘yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish 
va iqtisodiy guruhlash usulidir. 
Mablag‘lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko‘rsatish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug‘i 
bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo‘lgan jadval shaklida tuzilgan. 
Uning chap tomonida mablag‘lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv 
qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o‘ng tomonida mablag‘lar 
manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko‘rsatiladi. 
«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo‘lish degan 
so‘zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag‘lar qanday amal 
qilayotganligini, ishlayotganligini ko‘rsatuvchi mablag‘lar guruhlanishini tushunish 
kerak. 
Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo‘lgan 
voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan 
iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo‘lishi kerak: 
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o‘zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul 
mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarini ko‘paytirish imkoniyati; 
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash; 
v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo‘lishi.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi 
so‘zlarning ildizidan olingan. Тarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan 
mablag‘larga nisbatan, ya‘ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan 
qo‘llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag‘larga bo‘lgan munosabatda 
o‘zboshimchalikdan o‘zini tutishi kerakligi ta‘kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» 
atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo‘lib, faqat korxona 
majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag‘lar turlarini qanday maqsadlarga 
mo‘ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo‘ldi. 
Manbalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning 
majburiyatlari bu oldingi amalga oshirilgan operatsiyalarning natijasi yoki kelajakda 
o‘zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni 
vujudga kelishi bilan yakunlanadi. Majburiyatlarni uch xil xususiyatga ega bo‘lishi 
kerak:
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan to‘lashni vujudga 
keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o‘zida majassamlashtirishi; 


46 
b) subyekt uchun majburiyatning bajarilishi shartligi va qariyb muqarrarligi
v) oldingi bitim yoki voqealar natijasi bo‘lishi. 
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo‘lib ko‘rsatiladi. 
Aktivda: I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo‘lim. Joriy aktivlar.
Passivda: I bo‘lim. O‘z mablag‘larining manbalari va II bo‘lim. Majburiyatlarga 
bo‘linadi. 
Balans ko‘rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlab olish 
mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig‘indisiga teng. Хo‘jalik 
yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng. 
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag‘lar turi yoki ularning manbai 
balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy 
vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot», «Hisob-kitob 
schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining 
taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan qarzlar» 
va boshqa moddalar. 
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining 
tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab 
aktivda ham, passivda ham mablag‘larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda 
ko‘rsatiladi, ya‘ni aktivda - turlari bo‘yicha, passivda - manbalari bo‘yicha. 
Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so‘zi tenglik, barobarlikni 
anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so‘zi bilan 
belgilanadi. 
Balans korxonaning xo‘jalik mablag‘larini ma‘lum bir sanaga tavsiflab, uning 
o‘tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, balans korxona mablag‘larining turlari va ularning manbalari haqidagi 
muhim axborotga ega bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari 
to‘g‘risidagi hisobotdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin