57
Bugungi kunda banklarda omonatlarning ko‗payishiga, ularning bank tizimiga
jalb etilishiga nimalar to‗sqinlik qilayotganini har tomonlama chuqur tahlil qilish va
bu borada qo‗shimcha chora-tadbirlar ko‗rish kerak. Bu o‗rinda gap aholi va xo‗jalik
yurituvchi sub‘yektlarning bo‗sh mablag‗larini bank sektoriga jalb qilishda ta‘sirchan
va uzoq muddatli rag‗batlantirish omillarini tashkil etish, iqtisodiyotning real
sektoriga kredit ajratishni ko‗paytirish uchun banklarning imkoniyatini kengaytirish
haqida bormoqda.
Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani
sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Birinchi navbatda, bu borada
investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‗tkazish va moliyalashni tashkil etish
bo‗yicha tijorat banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash zarur.
Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‗zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan
amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va
xatarlariga munosib
qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta‘sirining oldini olish imkonini beradi.
Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan
tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.
Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o‘zlari tanlagan bir
yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog‘liq operatsiyalari amalga
oshiradi.
6
Shu bilan birga ishlab chiqarish faoliyati kengaytirish maqsadida bankning
kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit
munosabatlari yuzasidan
kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin.
Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‗lamda tarqalib borayotgan jahon
moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya‘ni to‗lov
qobiliyatining zaifligi bilan bog‗liq muammoning keskinlashuvi, kredit bozoridagi
tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‗larining yetishmasligi bilan izohlanadi.
Mamlakatimizda
esa
birgina
tijorat
banklarining
aktivlari
miqdori,
"Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‗g‗risida"gi
qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni
hisobga olgan holda, 13 trillion 360
milliard so‗mdan oshadi. Bu aholi va xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning jalb
qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‗p demakdir.
Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi
kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat tomonidan
yuz foiz kafolatlash ta‘minlanmoqda.
Shu borada 2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati xususida
alohida to‗xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va 270 dan ziyod
minibanki faoliyat ko‗rsatayotgan mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
tarmog‗ini kreditlar bilan ta‘minlashga xizmat qilmoqda.
2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar,
kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu
maqsadlarga 150 milliard so‗mdan ortiq mablag‗ yo‗naltirildi.
7
6
Ўзбекистон Республикаси банкларида очиладиган банк ҳисобварақлари тўғрисида йўриқнома. ЎзР АВ
29.09.2003 й. 1080-1-сон билан рўйхатга олинган
7
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва
чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009.
58
Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‗armasini 72 milliard
so‗mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‗mga yetkazish haqida qaror qabul
qilindi.
Korxonalar banklarda hisob–kitob va valuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy
schyotlari (limitlashtirilgan chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.)
dan ham foydalanishlari mumkin.
Хo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul mablag‘lar hisobi buxgalteriya hisobi
schyotlar rejasining beshinchi bo‘limi, majburiyatlari bo‘yicha hisob–kitoblar esa
oltinchi va yettinchi bo‘limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi.
Хo‘jaliklarda mavjud pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularni
samarali
boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag‘lar va majburiyatlarni o‘z
vaqtida so‘ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. Shu boisdan, ushbu
nazoratni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda uning oldiga bir qator vazifalarni
bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:
pul mablag‘lari va hisob–kitob operatsiyalarini o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda
to‘g‘ri rasmiylashtirib borish;
kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag‘larni to‘g‘ri
rasmiylashtirish
hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish;
kassadagi naqd pul mablag‘lari va unga ekvivalent bo‘lgan pul hujjatlari,
qimmatli qog‘ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish;
pul mablag‘laridan to‘gri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini doimiy
nazorat qilish;
budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar, banklar, xodimlar va boshqa tashkilotlar,
xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to‘lov shakllariga amal
qilib borishni nazorat qilish;
qarzlarni qaytarish muddatidan o‘tkazib yubormaslik maqsadida debitor va
kreditorlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – kitoblarni o‘z
vaqtida taqqoslama
dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so‘ndirish bo‘yicha chora-tadbirlar
ko‘rish;
xo‘jalikning pul mablag‘lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini
me‘yorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishda iboratdir.
Dostları ilə paylaş: