1-BOB. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA USULLARI
1.1.Хo‘jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo‘yilgan talablar
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish
yo‘li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini
xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman
shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog‘lom raqobatchilikni rivojlantirish
asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sifatli ishlab
chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo‘yilgan reja ko‘rsatkichlariga doir
vazifalarni bajarish maqsadida xo‘jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni
talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga
oshiriladi.
Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda
ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat
kuzatuvni amalga oshirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Olingan ma‘lumotlarni o‘lchash,
ya‘ni menejerlarga zarur bo‘lgan ma‘lum bir miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash
lozim bo‘ladi. Undan so‘ng bu ko‘rsatkichlar boshqarishga zarur bo‘lgan yo‘nalishda
axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning
saqlanishini ta‘minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli
registrlarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma‘lumotlardan ma‘lum bir amaliy yoki ilmiy
maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar,
dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Shuni ta‘kidlamoqchimizki, xo‘jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
davrida bir xil bo‘lmagan. Shuning uchun ham xo‘jalik hisobi uning oldiga qo‘yilgan
talablariga mos shaklda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o‘zgarib
borgan.
Ishlab chiqarish usuli va boshqarish tizimining o‘zgarishi iqtisodiy hamda
siyosiy tuzum o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, xo‘jalik faoliyati
ustidan rahbarlik qilish, uni amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o‘zgarishiga,
demak, xo‘jalik hisobining ham o‘zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning har
bir bosqichida xo‘jalik hisobi o‘z maqsadi, vazifasi, shakllari va tashkiliy
xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u har doim aniq ifodalangan
boshqaruv xarakteriga ega.
Shunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xo‘jalik hisobining mazmunini
aniqlab, uning o‘zgarishiga sharoit yaratib beradi, ya‘ni uni u xizmat qilayotgan
boshqarish mexanizmining xususiyatlariga bog‘liq holda tarixan shartli qilib qo‘yadi.
Хo‘jalik hisobi insoniyat rivojlanishining har bir bosqichidagi xo‘jalik faoliyatini
tashkil qilish xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik
hisobi, xo‘jalik operatsiyalarini miqdoriy aks ettirishidan tashqari ularga sifat
tavsifini ham beradi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, xo‘jalik hisobini quyidagicha
ta‘riflash mumkin:
Хo‘jalik hisobi deb xo‘jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni
boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks
9
ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi. Хo‘jalik hisobi to‘g‘risidagi umumiy
fikrni aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun
davlat monopoliyasi mulkchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning
mazmunini ko‘rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iqtisodiy
qonunlarning xususiyatlaridan kelib chiqish lozim, chunki hisobning o‘ziga xos
xususiyatlari mana shu qonunlar bilan belgilanadi.
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish asosiy iqtisodiy maqsad
bo‘lib hisoblanadi. Demak, tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalaridan foyda olish
bozor iqtisodiyotida xo‘jalik faoliyatining bosh rag‘batini anglatadi.
Asosiy iqtisodiy qonun xo‘jalik faoliyatining maqsadini, demak, xo‘jalik
hisobining ham maqsadini belgilaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo‘jalik hisobidan maksimal darajada
foyda undirish va o‘stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida
qo‘yilgan mablag‘lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni
amalga oshirishga harakat qilishadi.
Bozor iqtisodiyotidagi xo‘jalik hisobining maqsadi foydaning shakllanish
jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish
hajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan
mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish vositalarining katta qismiga ega
bo‘lgan tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Хo‘jalik hisobidan ham xuddi shu
yo‘nalishda foydalaniladi. Uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishning yangidan - yangi vositalarini topib, amalga
oshirilayotgan faoliyatdan eng yuqori yutuqlarga ega bo‘ladilar va ularni olish
yo‘llarini aniqlaydilar.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo‘jalik hisobidan, asosan tadbirkorlar -
mulk egalari manfaati uchun foydalaniladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, bunda xo‘jalik
hisobi tadbirkorlar uchun nafaqat hisobot tuzish uchun qurol bo‘libgina qolmay, u
eng avvalo korxona faoliyatining yuqori samaradorlikka erishishi uchun ishab
chiqarishni boshqarish quroli sifatida xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobining ko‘rsatkichlari ichki va tashqiga
bo‘linib, axborotdan ham tashqi hamda ichki qiziquvchilar-menejerlar tomonidan
foydalaniladi. Тabiiyki, xo‘jalik hisobining bu ma‘lumotlari mulkchilikning har xil
shakldagi hamda sog‘lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida obyektiv ravishda
tashqi - e‘lon qilinadigan va ichki - tijorat siri hisoblangan qismlarga bo‘linishi kerak.
Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi
kerak bo‘ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o‘z korxonalarining ishi bilan tanishish
uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan axborotni berish va tijorat siri
hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish huquqini beradi. Shu bilan birga ta‘kidlash
lozimki, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyati o‘z maqsadlariga munosib ravishda
axborotlarda buzib ko‘rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari
mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng
rivojlantirilishi kerak.
Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egalarining
mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish o‘z rivojini topishi kerak.
10
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan
o‘zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish
bilan birga boshqarishning ma‘muriy - buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan qat‘iy
tartibga solingan hisobning o‘rniga davlat tomonidan qo‘yiladigan tartibotini
minimumgacha kamaytirib boradi.
Хo‘jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning
nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo‘lmay, hattoki, hisob ko‘rsatkichlarini
olish uslubiyati ham har xil bo‘lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida
bo‘lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko‘rsatkichlar har xil yo‘l bilan ishlab
chiqilishi mumkin, lekin e‘lon qilinadigan hisobotdagi ma‘lumotlarning
solishtiruvchanligini ta‘minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish
xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati haqida izohlar keltirilishi
kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o‘zgarishi, turli tavakalchilik
va noma‘lumliklarni yuzaga kelishi, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, o‘z aksiyalarini
chiqarish va sotish, valuta va ko‘chmas mulk muomalalarini vujudga kelishi bilan
ifodalanadi.
Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o‘rganadi, o‘z faoliyati-ni
mustaqil rivojlantiradi, iste‘molchilarni qidirib topish bilar shug‘ullanadi, tovar, ish
va xizmatlarni, korxonalarning sotish narxini o‘zi belgilaydi, tijorat banki kreditlari
va boshqa investorlarning mablag‘larini jalb qiladi.
Bunday faktlarni to‘g‘ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror
rivojlanishini ta‘minlash uchun axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqishning samarali
tizimi zarur.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi - bu faoliyat ko‘rsatayotgan subyektning
mulki, majburiyatlari, xo‘jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda
uzluksiz hujjatlashtirish yo‘li bilan tartibli yig‘ish, nazorat qilish, o‘lchash, ro‘yxatga
olish, pul o‘lchovida ishlov berish tizimidir.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi - to‘liq va ishonarli axborotlarni
shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta‘minlash, shuningdek
boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish.
Demak, buxgalteriya hisobi bu -
subyektning iqtisodiyoti to‘g‘risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi
axborot tizimidir;
iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o‘lchash va uzatish jarayonidir;
cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.
Buxgalteriya hisobini korxona to‘g‘risidagi moliyaviy axborotlar bilan
ta‘minlovchi tizim, biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo‘llovchi, jahon
ishbilarmonlar tili, soliqqa tortiladigan bazani shakllantirish usuli desak, bozor
iqtisodiyoti sharoitida buxgalter - moliyaviy axborotlar menejeri, moliyaviy
axborotlar bilan ta‘minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda qarorlar qabul qilish
bo‘yicha menejerga faol yordamchi va nihoyat korxona faoliyatini tubdan
yaxshilovchi shaxsdir.
Korxonalarni boshqarishda xo‘jalik hisobidan samarali foydalanish hamda
asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma‘lum talablarga rioya qilish
11
kerak. Bu talablar buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bilan belgilangan.
Amaliyotda buxgalteriya hisobi oldiga an‘anaviy ravishda quyidagi talablar
qo‘yilgan: hisob ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi; o‘z
vaqtidaligi, aniqligi va obyektivligi; to‘laligi; ravshanligi; tejamliligi va
hammabopligi. va x.k.
Нisob ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi - hisob
ko‘rsatkichlarining markazlashtirilgan tartibda belgilangan reja ko‘rsatkichlari bilan
solishtirish mumkinligini ta‘minlashni nazarda tutadi. Korxonani rivojlantirish
rejalari korxonaning o‘zi ishlab chiqadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ishlab
chiqarishni rejalashtirish nuqtai nazaridan ko‘rilishi kerak. O‘z vaqtidaligi, aniqligi va
obyektivligi talabiga kelsak, shuni aytishimiz lozimki, xalqaro standartlarga binoan
o‘rinlilik, ahamiyatlilik va moddiyliligiga ko‘proq ahamiyat beriladi. Buxgalteriya
hisobida nazariydan ko‘ra amaliy tomonga ko‘proq e‘tibor berilishi kerak.
Тejamliligi va hammabopliligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab
chegaralangan bo‘ladi. Тejamlilikni nazarda tutganda axborotni uni hosil qilish
sarflari bilan solishtirish asosida uning muhimliligidan kelib chiqish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga
binoan maxsus talablar bilan belgilangan va ularga asoslangan holda hisob yuritilishi
hamda hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari
quyidagilardir: ikkiyoqlama yozuv; uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va
passivlarning pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; ehtiyotkorlik; mazmunning
shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning
betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va
majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyalari o‘lchov obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta‘sir qiladigan xo‘jalik hayotining hodisalaridir.
Operatsiyalar ikki tomonlama bo‘lib, mustaqil sheriklar o‘rtasida qiymatliklarni
almashtirishdan yoki bir tomonlama, stanok va asbob-uskunalarning eskirishi, foizlar
bo‘yicha summalarning doimiy jamg‘arilishi va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin.
Хo‘jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan obyektlar raqam ko‘rsatkichlari
vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo‘jalik hisobida moddiy, mehnat va
qiymat o‘lchovlari qo‘llaniladi.
Moddiy o‘lchov ma‘lumotlarni sanash, tortish, o‘lchash yo‘li bilan olish uchun
xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og‘irlik (gramm, kilogramm,
tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o‘lchamlardir. Ulardan qaysi
birini tanlash hisobga olinadigan obyektlarning xususiyatiga bog‘liq. Moddiy
o‘lchovlardan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqdorini hisobga olishda
foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning
but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Materiallarning
har xil navlarini va nomlari bo‘yicha hisobga olishda ulardan foydalanish nafaqat
miqdoriy ko‘rsatkichlarini bera qolmay, shu qiymatliklarning sifat tavsifini ham
beradi. Lekin ulardan faqat bir turdagi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanish
mumkin. Turli xil bo‘lgan predmetlarning natura ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin
emas.
Demak, moddiy o‘lchovlari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini
12
tavsiflovchi umumlashtirilgan ko‘rsatkich olinishi mumkin emas.
Mehnat o‘lchovi sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun
qo‘llaniladi va kishi-kuni, kishi-soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o‘lchovi
yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi
hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat
qilinadi. Bu o‘lchov ko‘pincha moddiy o‘lchovi bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Masalan, ishlab chi^arishning normalarini bajarilishini nazorat qilishda mahsulotning
u yoki bu miqdorini ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab
chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda - ularning vaqt birligvdagi (kun,
soat) ishlab chiqarish miqdori qancha ekanligi va hokazolar hisoblab chiqiladi.
Shunday qilib, mehnat o‘lchovi yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining
samaradorligi aniqlanadi.
Natura o‘lchovlaridan farqli o‘laroq, mehnat o‘lchovlari ayrim hollarda,
masalan, mahsulotning har xil turlarini ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari
miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan normalashtirilgan vaqt ko‘rsatkichlarini
hisoblab chiqish yo‘li bilan har xil bo‘lgan hajmlarni o‘zaro solishtirish imkonini
beradi.
Ish vaqtidan universal o‘lchov birligi sifatida mehnat sarflarini bevosita hisobga
olish uchun foydalaniladi.
Qiymat o‘lchovi hisob obyektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchovi vazifasini so‘m va uning qismi bo‘lgan tiyin
bajaradi. Qiymat o‘lchov yordamida har xil bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar va
jarayonlarning umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil
materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga
qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi hisoblab chiqiladi.
Qiymat o‘lchovidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan
belgilanadi, chunki unda xo‘jalik faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlari faqat pul
shaklida ifodalanishi mumkin.
Qiymat o‘lchovi yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish hamda korxona va
uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona
va tashkilotlarning kredit va hisob-kitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo‘lib
hisoblanadi.
Binobarin, pul o‘lchovi xo‘jalik faoliyatining eng muhim bo‘lgan miqdoriy va
sifat ko‘rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, foyda, rentabellik, likvidlik
korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun
zarurdir. Qiymat o‘lchovi hisobda ko‘pincha moddiy va mehnat o‘lchovlari bilan
birgalikda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |