190
tegishli moddalarini o‘z ichiga oladi. Ularning tarkibi kapital qo‘ylmalar bo‘yicha
asosan o‘zlashtirilgan sarflarni ayrim olgan holda chiqishga xizmat qiladi.
Differensiyalangan sarflar har doim kelajakdagi sarflarga olib boriladi va
aniqlangan modulning ishlatilishida ushbu sarflarning qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik hajmda ushbu sarflar ehtimoli bo‘lgan sarflarga kiradi.
Differensiyalangan sarflar va daromadlarning aniqlangan shakllarida ularni
solishtirish uchun har xil variantlari mavjud emas. Binobarin, umumiy holda ikki
turdagi miqdorlar chiqim bilan daromadni taqqoslashga imkon yaratadi.
Birinchidan, qachonki boshda taqdim etilgan loyihani amalga oshirish uchun u
yoki bu variantga mo‘ljallangan mablag‘ bo‘lishi zarur. Pul mablag‘larini qo‘yish har
xil muddatlarda amalga oshiriladi, lekin analitik hisoblarda bu muddat vaqtning
nolinchi daqiqasiga olib kelinadi.
Ikkinchidan,
har
xil
variantlarda
bir
necha
yil
davomida
ushbu
investitsiyalarning natijasi sifatida pul oqimining kelib tushishi kutiladi.
Pul mablag‘larining bu ikki miqdori- investitsiya va kirim bir va o‘sha vaqtning
o‘zida hisoblangan tartibga keltirilgan va taqqoslangan ekvivalent miqdorlariga olib
keladi. Odatda, kelgusidagi daromadlarning oqimi kapital qo‘yilmalarni vaqtning
nolinchi daqiqasiga olib keladi.
Odatda, investitsiyaning smetasi axborotlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Ular investitsiyalanadigan loyihalarning ro‘yhatini qabul qilingan qarorlar bo‘yicha
taqdim qiladi. Investitsiyalash o‘lchami va yo‘nalishi, toza joriy qiymati, kelitirlgan
sof samarasi, rentabelligi, o‘zini qoplash muddati, investitsiyaning sifati, kapitalning
qiymati, hisob stavkalari, diskontlangan qiymati va hokazolarga tegishli axborotlarni
analitik va rejali xususiyatga ega bo‘lgan ko‘pdan ko‘p hisoblar beradi.
Dostları ilə paylaş: