O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Kritik nuqta 

Umumiy summadagi doimiy sarflar 
Birlikdan kutilayotgan marjinal daromad 
Bizning misolda bu quyidagicha bo‘ladi: 
30000000 : 516700 = 58061 dona = 58062 dona, 
62 mln. so‘m : 120000 dona = 516700 so‘m. 
Marjinal yondashishda menedjer doimiy sarflar haqida ma‘lumot oladi; ular 
umumiy marja bilan qoplanadimi yoki yo‘qmi?


193 
Mahsulotning har bir turidan marjinal daromadning hajmi haqida, har bir 
mahsluotning marjinalligi haqida ma‘lumotlarni yig‘adi va chuqur o‘rganadi. Bizning 
misolda: 
A mahsuloti = 400
/
2000 x 100 = 20 %, 
V mahsuloti = 1100
/
3000 x 100 = 36,7 %. 
Mahsulotning marjinalligi - bu daromadga (bahoga) foizli nisbatda bo‘lgan 
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan marjinal daromaddir. 
Marjinal daromad narxni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
assortimentini o‘zgartirish, mahsulotni sotishni rag‘batlantiruvchi mukofotlarning 
miqdorini o‘rnatish, reklama kampaniyasini o‘tkazish va boshqa marketing 
muomalalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv qarorlari asosida yotadi. 
Grafik usul zararsizlik bo‘yicha iqtisodiy va buxgalterlik modullarining 
grafiklarini tuzish asosida yalpi daromadning sotishga, xarajatlar va foydaning ishlab 
chiqarish hajmiga nazariy bog‘liqligini aniqlaydi. 
Ishlab chiqarish hajmining xarajatlari va foyda hulqining iqtisodiy moduli 
subyekt qancha va qanday sharoitlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
o‘sayotgan miqdorini sotishi mumkinligini ko‘rsatadi. Uning asosida narxlarning 
pasayishini sotish hajmining o‘sishiga, demak, ishlab chiqarish hajmiga bo‘lgan 
ijobiy va salbiy ta‘sirini aniqlash mumkin (9.2-chizmaga qarang). 
Daromad 
va sarflar, 
m.s.



D


Ishlab chiqarishning hajmi 
9.2-chizma.
Хarajatlar va mahsulot hajmining grafigi
AD chizig‘i- yalpi xarajatlar- AV bo‘lagi ishlab chiqarishning katta bo‘lmagan 
hajmida ularning o‘sishini ko‘rsatadi, VS bo‘lagida yalpi xarajatlar chizig‘i tenglasha 
boshlaydi. Bu demak, subyekt ishlab chiqarish quvvatlarini, ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksiz grafigini va mahsulotni seriyali chiqarishni to‘laroq ishlatishi 
mumkin. S nuqtasidan yuqoriroqdagi bo‘lakda yalpi xarajatlar chizig‘i o‘sa 
boshlaydi. Bu ishlab chiqarish imkoniyatining loyiha darajasidan yuqoriroq 
ishlatilishini ko‘rsatadi: xom-ashyo yetishmasligi, ishlab chiqarish jarayoni 
grafigining doimiy buzilishi, vaqtdan tashqari ishlarning mavjudligi va mahsulot 
birligiga bo‘lgan xarajatlarning tezda oshishini keltirib chiqaruvchi boshqa 
hodisalardan iborat. 
AK chizig‘i ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan doimiy xarajatlarning 
hajmini ko‘rsatadi. Subyektning yalpi daromadi mahsulotga bo‘lgan narxlarni 
ko‘rsatuvchi OS chizig‘ida ko‘rsatilgan. 


194 
Iqtisodiy modul asosan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi va pasayishi 
holatlarida o‘zgaruvchan xarajatlarning hulqini yoritadi. Iqtisodchilar ikki turdagi 
ta‘sirni ajratadilar: masshtabning o‘suvchi va salbiy ta‘siri. 
Masshtabning o‘suvchi ta‘siri- mahsulot birligiga bo‘lgan o‘zgaruvchan 
xarajatlar ishlab chiqarishning past darajalarida yuqori va ishlab chiqarishning 
ko‘proq unumliroq darajasida tenglashadi. 
Masshtabning salbiy ta‘siri- mahsulot birligiga bo‘lgan o‘zgaruvchan sarflar 
zaxiralarning taqchilligi va tanqis sharoitlar natijasida ishlab chiqarishning samarali 
darajasidan tashqarida tezda o‘sib ketadi. 
Zararsizlikning buxgalteriya moduli- bu yalpi daromad bilan yalpi xarajatlarning 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga bog‘liqligining chiziqli grafigidir. Тahlil 
uchun asos bo‘lib zararsizlik (kritik) nuqtani hisoblash xizmat qiladi. Foyda maydoni 
bilan zararlar maydoni kritik nuqtadan o‘nga va chapga tarqaladi (9.3-chizmaga 
qarang).
Yalpi daromad 
va sarflar, m.s.
Daromad 





doimiy 

Mahsulot biriligi va sotish hajmi 
Zarar Kritik nuqtadagi hajmi Foyda
9.3-chizma. Zararsizlikning buxgalteriya moduli 
Grafikda zararsizlikning bitta V nuqtasi va ishlab chiqarish hajmining loyiq 
maydoni (diapazoni) ko‘rsatilgan. shunda AK chizig‘i doimiy xarajatlarni, AD-yalpi 
xarajatlarni ko‘rsatadi, KD bo‘lagi o‘zgaruvchan xarajatlarning hajmini, OS- 
mahsulotni sotishdan tushgan daromadni tavsiflaydi. Buxgalteriya moduli kelajakka 
rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida yalpi xarajatlar va daromadlarning 
o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Real sharoitlarda xarajatlarning hulqi nafaqat ishlab chiqarishning jismoniy 
hajmiga bog‘liq. 
Ular bilan birga xomashyo va materiallar, sotib olinadigan YaТMlar, ishlab 
chiqarish unumdorligi, texnologiya va rejani tuzishdagi o‘zgarishlar, iqtisodiy 
taqchillik va boshqalarga bo‘lgan narxlar ham ta‘sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun 


195 
foyda, xarajatlar va hajm hulqini tahlil qilishda hisoblarning aniqligi va 
ishonchliligini chegaralovchi kamchiliklar ishlatiladi va ular quyidagilardan iborat: 

yalpi xarajatlar va mahsulotni sotishdan tushgan daromad qat‘iy belgilangan 
va chiziqli hisoblanadi; 

hamma xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchanlarga bo‘linadi; 

doimiy sarflar ishlab chiqarishning o‘rganilayotgan maydoni darajasida 
mustaqil bo‘lib qoladi; 

o‘zgaruvchan sarflar ishlab chiqarishning o‘rganilayotgan maydonida hajmga 
nisbatan to‘g‘ri mutanosib; mahsulot sotish narxi o‘zgarmaydi; 

ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va xizmatlarga bo‘lgan narxlar 
o‘zgarmaydi; 

tizimli siljishlar yo‘q; 

ishlab chiqarish hajmi sotish hajmiga teng, yoki sotilmagan mahsulotning 
boshlang‘ich va yakuniy zaxiralarining o‘zgarishlari orasidagi farq uncha ko‘p emas. 
Shunday qilib, xatolar doimo qayta ko‘rib chiqiladi, chunki biznes dinamikali 
emas. Boshqaruv hisobi xarajatlarning xulqi haqida doimo ma‘lumot tayyorlaydi va 
vaqti-vaqti bilan sinish nuqtasini ya‘ni kritik nuqtani aniqlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin