O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Ishlab chiqarilgan mahsulotning sintetik va ombordagi hisobi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

10.3. Ishlab chiqarilgan mahsulotning sintetik va ombordagi hisobi 
Mahsulotlarni bir me‘yorda ishlab chiqarish xaridorlarga mahsulot jo‘natish 
shartnoma majburiyatlarini, mahsulotni o‘z vaqtida sotish, barcha hisob – kitob va 
to‘lovlarni bajarilishini ta‘minlaydi. Shuning uchun ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotlar hisobi korxona buxgalteriyasining uzluksiz nazorati ostida turadi. Ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning hujjatlari har kuni buxgalteriyaga tushadi va bu yerda 
ularning turlari bo‘yicha miqdor natura hisobi yuritiladi. Oy tugagandan so‘ng ishlab 


229 
chiqarilgan mahsulotlarning jami reja, sotish narxi bo‘yicha va haqiqiy tannarxi 
bo‘yicha baholanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxi bilan reja 
tannarxini taqqoslab tejalganmi yoki ortiqcha xarajat qilinganmi, shunga qarab 
korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi ish natijasiga baho beriladi. Shu yerning 
o‘zida mahsulotlar jo‘natish (sotish, shartnoma) narxida ham baholanadi, bu esa 
mahsulotlar sotilgandan so‘ng olinishi mumkin bo‘lgan tushum va foydani aniqlash 
imkonini beradi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 10/1 jurnal – orderining 2810 -
«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotini debeti va 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» 
schyotini krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar» 
schyoti aktiv inventar schyoti bo‘lib, uning saldosi korxonaning ombordagi 
mahsulotlar qoldig‘ining haqiqiy tannarxini ko‘rsatadi; debet oboroti – asosiy ishlab 
chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini, shuningdek mol 
oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar qiymatini, kredit oboroti hisobot oyida 
yuklab jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ko‘rsatadi. 
Тayyor mahsulotlar harakatini pul ko‘rsatkichdagi hisobi 16-«Тayyor buyumlar 
harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.
16- «Тayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I 
bo‘limidan 2810 schyotning to‘liq ma‘lumotlari ta‘rifini ikki bahoda – haqiqiy va 
hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo‘lgan tayyor mahsulotlarning umumiy 
hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog‘ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning 
kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga 
teng bo‘lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam 
bo‘lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni 
sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo‘lsa, 
korxona kalkulatsiya moddalari bo‘yicha me‘yorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga 
yo‘l qo‘yganligini va bu o‘z navbatida, foydani kamaytirganligini ko‘rsatadi. 
Shu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga 
bo‘lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo‘natilgan, 
xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy 
tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi.
Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati 
shundaki, uni Bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni 
hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi. 
Тayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida 
yuritiladi ya‘ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning 
ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Тayyor mahsulotlarni kirimi va 
chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar miqdorini 
(kirim, chiqim) yozib qo‘yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig‘i chiqariladi. 
O‘tgan sutka ichida omborda yig‘ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish – topshirish 
nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni buxgalter har 
kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilishi buxgalterning ombor 
hisobi kartochkasiga qo‘yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda tayyor 
mahsulotlar nomenklaturalari, o‘lchov birligi, miqdorini ko‘rsatib tayyor mahsulotlar 


230 
qoldig‘ini hisobga olish qaydnomasini to‘ldiradi va uni buxgalteriyaga topshiradi. 
Buxgalteriyada hisob bahosi bo‘yicha taksirovka qilinadi va buxgalteriya 
ma‘lumotlari (16- qaydnomaning I- bo‘limi) bilan solishtiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin