O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Mahsulotni yuklab jo‘natish va sotish jarayonini hujjatlarda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

10.2. Mahsulotni yuklab jo‘natish va sotish jarayonini hujjatlarda 
rasmiylashtirish 
Тayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidan omborxonaga o‘tkazish 
jarayonida quyidagi dastlabki hujjatlar: qabul qilish – topshirish nakladnoylari, 
dalolatnomalar, rejalar, kartalariga muvofiq hisobga olinadi. 
Тayyor mahsulotlarni yuklab jo‘natish o‘z ichiga ikkita hujjatni – omborga 
buyruq va jo‘natish uchun nakladnoyni qamrab oladigan buyruq – nakladnoy bilan 
rasmiylashtiriladi. Omborga buyruqni xaridorlar bilan tuzilgan sharnoma shartlariga 
asosan mol oluvchining nomi, uning kodi, mahsulotning miqdori va assortimenti 
hamda jo‘natish muddati ko‘rsatilganligini tegishli xizmat bo‘limi yozib beradi. 
Bu hujjat tegishli xizmat boshlig‘i, omborchi va ekspeditor tomonidan 
imzolanadi. Buyruq – nakladnoy ikki nusxada tuzilib, birinchisi tovar – transport 
nakladnoyiga binoan jo‘natilgan o‘rin miqdorini, yukning og‘irligini va mol 
oluvchining bekatigacha mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha to‘langan temir yo‘l 
tarifi summasini ko‘rsatish uchun ekspeditorga beriladi. Ikkinchi nusxasi molning 
jo‘natganligi to‘g‘risida asos bo‘lib omborchida qoladi. Unga binoan ombor hisobi 
kartochkasining «chiqim» grafasiga jo‘natilgan mahsulotning miqdorini yozib 


228 
qo‘yadi va hujjat buxgalteriyaga topshiriladi. Ekspeditor mahsulotni transport 
tashkilotiga topshirib undan yukni qabul qilib olganligi to‘g‘risida kvitansiya oladi. 
Mahsulot jo‘natilgandan keyingi kuni ekspeditor buyruq – nakladnoyini va transport 
tashkilotining kvitansiyasini mol oluvchining nomiga to‘lov talabnoma – topshiriq 
yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi shart. Shu bilan bir vaqtda 
schyot – faktura ham yoziladi. 
Тo‘lov talabnomasida jo‘natilgan tovarning assortimenti, miqdori, sotish 
(shartnoma) bahosi va qiymati ko‘rsatiladi, bunday holda schyot faktura to‘lov 
talabnomasiga albatta ilova qilinishi kerak. 
Тo‘lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schyotidan schyot – fakturaga 
asosan yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o‘tkazib berishi to‘g‘risida mol 
yuboruvchining bankka bergan buyrug‘i bo‘lib hisoblanadi. Schyot – faktura yoki 
to‘lov talabnomasininig alohida qatorida mol oluvchilar tomonidan to‘lanadigan idish 
va o‘rama qiymati hamda temir yo‘l tarifi ko‘rsatiladi. Ayrim hollarda mol 
yuboruvchining to‘laydigan temir yo‘l tarifi to‘lanmalar summasiga qo‘shilishi 
mumkin, QQS summasi alohida qatorda ko‘rsatiladi. 
Mol yuboruvchi bilan mol oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada mol 
yuboruvchi mahsulotni qaysi joy (franko – joy) gacha yetkazib berish xarajatlarini 
o‘z hisobiga olishi to‘g‘risida kelishib olinadi. 
Franko – joyni quyidagi turlari mavjud: 
mol yuboruvchining franko – ombori – bunda mol yuboruvchi korxona mahsulot 
yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar (ombordagi, temir yo‘l bekatidagi, 
yuklash – tushirish ishlar qiymati, tashish qiymati va temir yo‘l tarifi) to‘lov – 
talabnomasiga qo‘shiladi; 
-
franko – yuklab jo‘natish bekati – bunda mol yuboruvchi to‘lov – talabnomaga 
temir yo‘l tarifini va mahsulotni vagonga yuklash xarajatlari summasini qo‘shadi; 
-
franko – vagon tayinlanish bekati – bunda mol yuboruvchi to‘lov – 
talabnomaga faqat temir yo‘l (yoki boshqa transport) tarifi summasini qo‘shadi; 
-
franko – tayinlanish bekati – bunda temir yo‘l tarifi qo‘shilgan holda mahsulot 
jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni mol yuboruvchi to‘laydi; 
-
franko – mol oluvchining ombori – bunda yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar bilan 
bir qatorda mol yuboruvchi mol oluvchining bekatidagi va uning omboridagi 
tushirish – yuklash ishlari, uning omboriga olib borish va boshqa ishlar qiymatini 
to‘laydi. 
O‘zbekistonda to‘lovning keng tarqalgan turi bo‘lib franko – vagon tayinlanish 
bekati hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin