247
ikkinchi tomondan soliq qonunlariga binoan soliq organlariga
hisobotlarni tuzib
topshirish imkoniyatini yaratadi. Bunda davlat o‘z vakolatli organlari orqali soliq
hisobotini to‘g‘riligini tekshirish huquqiga ega.
Agar soliq qonunchiligi korxona foydasi va rentabelligini aniqlashda
tadbirkorlik – barcha daromadlardan barcha xarajatlarni chiqarib tashlash – qonuniga
amal qilganda oson bo‘lar edi. Lekin davlatning soliq siyosati faqat soliq hisoblash va
uni budjetga o‘tkazib olishnigina inobatga olmaydi, balki soliq siyosati
rag‘batlantiruvchi
xarakterga ega, xo‘jalik yuritishning ratsional usulini
rag‘batlantiradi va resurslardan qonunsiz foydalanishni jazolaydi. Soliq siyosati
ma‘lum ijtimoiy maqsadni ham ko‘zlaydi, yangi xududlarni o‘zlashtirishga undaydi
va h. k.
Demak, korxona o‘z xo‘jalik faoliyatini samaradorligini aniqlash va kelgusi
davrga boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun hisobot davrida daromad va
xarajatlarni hisoblab chiqish imkoniyatini beradigan axborotlarni yig‘ish
va ishlab
chiqish tizimiga ega bo‘lishi kerak. Korxona – bu hisoblarni soliq omilini inobatga
olmasdan bajaradi.
Korxonaning balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan olib
tashlanadigan xarajatlar ro‘yxati xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomning asosiy
matnida keltirilgan. Bundan keyin korxona buxgalteriya hisobi schyotlarida
ko‘rsatilgan foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatib soliqqa tortiladigan bazani
aniqlaydi. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi foydani
soliq qonunchiligiga binoan
tuzatishga misol sifatida normadan ortiq sarflangan safar xarajatlari, yoki normadan
ortiq reklama xarajatlari va boshqalarni keltirish mumkin.
Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlar (1 va 2-
ilovalarga binoan) ni soliqqa tortiladigan foydaga qaytadan qo‘shish kerak. Buning
natajasida korxona quyidagi ma‘lumotlarga ega bo‘ladi:
-
qancha va korxonaning qaysi bo‘linmalaridan ishlab chiqarish,
moliyaviy va
boshqaruv faoliyati natijasida foyda olindi;
-
korxonaning yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati qanchalik ta‘sir
qilganligi;
-
pirovard natijada korxona budjetga qancha pul o‘tkazib berishi.
Shunday qilib, korxona axborotlarni yig‘ish bosqichida xo‘jalik faoliyati
natijalariga ta‘sir etuvchi tashqi (soliq) va ichki omillarga bo‘lish imkoniyatini
beruvchi buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo‘ladi. Demak, bu omillarga javoban
asoslangan siyosat ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Хarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi
Nizomda aytilganidek, ishlab chiqarish-xo‘jalik
faoliyati natijasida korxona tomonidan daromad quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha
aks ettiriladi: sotishdan olingan sof tushum; asosiy faoliyatidan olinadigan boshqa
daromadlar; moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar; favqulodda foydalar.
Bunday bo‘limlarning kiritilishi korxonaning turli faoliyatidan olinadigan
daromadlarini ajratib ko‘rsatish bilan izohlanadi: mahsulot ishlab chiqarish va sotish
bo‘yicha asosiy faoliyatidan, moliyaviy faoliyatidan va favqulodda operatsiyalardan.
Daromadlarning bunday bo‘linishi barcha qiziquvchi tomonlarga korxona faoliyatiga
obyektiv baho berish imkoniyatini beradi.
248
Moliyaviy natijalarning shakllanishi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining 9-
bo‘limida hisobga olinadi.
48
Sotishdan olingan sof tushum yangi schyotlar rejasi bo‘yicha 9000 «Asosiy
(operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining kreditidan olinadi. Unga
tovarlarni qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan
chegirmalar va boshqalar
kiritilmaydi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum tovar (bajarilgan ish va
xizmatlar) ni yuklab jo‘natilishiga va xaridorlarga hisoblashish hujjatlari taqdim
etilishiga qarab aniqlanadi. Тaqdim etilgan hisoblashish hujjatlariga qarab moliyaviy
natijalarni aniqlash uslubi bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga xos. Buxgalteriya
hisobining xalqaro andazalari moliyaviy natijalarni aynan shunday tartibda
shakllantirishni talab qiladi.
Тaqdim etilgan schyotlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlash qo‘shilgan
qiymat solig‘i, budjetga foydadan ajratma solig‘ini to‘lashda korxonalarni murakkab
sharoitda qoldirishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalar jo‘natiladigan
mahsuloti, bajariladigan ish va xizmatlari uchun oldindan haq to‘lash
usulidan
foydalanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: