O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
11.3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish 
Qaytarilmaydigan ma‘lum bir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 
tayinlangan maqsadli tushumlar, mablag‘lar holati va harakati, shuningdek a‘zolik 
badallari hamda boshqa mablag‘larning kirimi ularning sarflanishi to‘g‘risidagi 
axborot quyidagi: 8810-«Grantlar», 8820-«Subsidiyalar», 8830-«A‘zolik badallari», 
8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari», 8890-«Boshqa maqsadli 
tushumlar» schyotlarda umumlashtiriladi 
Yuqorida ko‘rsatilgan tushumlarni xususiy kapital sifatida aks ettirishning 
quyidagi shartlari mavjud: a) maqsadli tayinlanishi bo‘yicha foydalanish; b)
mablag‘larni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarning sodir bo‘lmasigi; v) ma‘lum 
shartlar bajarilganda qaytarilmasligi lozim.
Grant bu iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqtirish, ilmiy-texnika va innovatsiya 
dasturlarini bajarish uchun ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar bo‘yicha korxonaga 
qaytarib olmaslik sharti bilan davlat, shuningdek, nodavlat, xorijiy, xalqaro 
tashkilotlar va fondlar tomonidan ko‘rsatiladigan gumanitar pul yoki moddiy-texnika 
yordamidir. Grant mablag‘lari qat‘iy maqsadli tayinlanishi bo‘yicha foydalaniladi. 
Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va fondlar tomonidan 
korxonaga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnomada ko‘rsatilgan summaga 
korxona quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa debitorlarning qarzlari», 
Kt 8810-«Grantlar» schyoti. 
Grant bo‘yicha moliyalanadigan maqsadli loyiha budjetida nazarda tutilgan pul 
mablag‘lari yoki mulklar olinganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt Pul 
mablag‘larini hisobga oladigan (5110-5530), kapital qo‘yilmalar (0800), 
O‘rnatiladigan uskunalar (0700), ТMZ va boshqa schyotlar, Kt 4890 «Boshqa 
debitorlarning qarzlari» schyoti. 
Chet el valutalarida olingan grantlar summasi O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan xo‘jalik muomalalarini sodir bo‘lish kuniga belgilangan 
kurs bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasiga aylantiriladi. 
8820-«Subsidiyalar» schyoti mavjud ajratilgan subsidiyalar, ya‘ni iqtisodiyotni 
rivojlantirishga qiziqtirish maqsadida ma‘lum shartlar bilan davlat tomonidan 
ko‘rsatiladigan pul yoki natura yordami harakati to‘g‘risidagi axborotni 
umumlashtirish uchun tayinlangan. 


245 
Davlat yordami turli shaklda va turli shartlar bilan berilishi mumkin. Davlat 
subsidiyalarini hisobi milliy standartiga asosan yuritiladi.
46
Ushbu standart bo‘yicha 
hisob yuritish qoidalari quyidagi hollarda amal qilmaydi: narxlarni o‘zgarishiga 
tegishli hukumat subsidiyalarini hisobga olish; hukumat tomonidan korxonaga 
foydadan ajratma solig‘i bo‘yicha berilgan yengilliklar yoki foydadan ajratma 
solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish; korxonani tasarruf etishda davlatning qatnashishi 
va boshqalar. 
Davlat subsidiyalari - bu kompaniya tomonidan o‘tgan davrda yoki kelajakda 
uning operatsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma‘lum shartlarni bajargani yoki 
bajarishi evaziga resurslarni o‘tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli 
ravishda baholab bo‘lmaydigan, shuningdek kompaniyaning odatdagi savdo 
muomalalaridan ajratib bo‘lmaydigan hukumat bilan olib boriladigan operatsiyalar 
davlat subsidiyalariga kiritilmaydi. 
Aktivga o‘tkaziladigan subsidiyalarning asosiy sharti shuki, kompaniya 
tomonidan uzoq muddatli aktivlar sotib olinishi yoki qurilishi lozim. Bu shartda 
qanday aktivlar sotib olinishi, ularning joylashadigan joyi yoki ularning sotib olish 
yoki tasarruf etish muddati ko‘rsatiladi. Daromadga o‘tkaziladigan subsidiyalar - 
bular aktivlarga o‘tkazilmaydigan davlat subsidiyalaridir. Shartli qaytarilmaydigan 
qarzlar - bular shunday qarzlarki, oldindan ko‘rsatilgan ma‘lum shartlar bajarilgandan 
so‘ng kreditor o‘z qarzini qaytarib olmaydi. 
Davlat subsidiyalari, jumladan, narxdagi pulsiz subsidiyalar, kompaniyaga 
qo‘yilgan shartlarga mos kelmaguncha va subsidiyalar olinmaguncha, tan olinmaydi. 
Subsidiyalarni olish tartibi ularni hisobga olish tartibiga ta‘sir qilmaydi. Demak, 
sub‘sidiyalar pul shaklida olinadimi yoki davlat oldidagi majburiyatni kamaytirish 
shaklida olinadimi, bir xilda hisobga olinadi. 
Subsidiyalar hisobidan qilingan xarajatlar qaysi davrga to‘g‘ri kelsa davlat 
subsidiyalari o‘sha davrning daromadi deb tan olinadi. Ular bevosita kapital 
schyotiga kreditlanmaydi. 
Amortizatsiyalanuvchi 
aktivlarga 
tegishli 
subsidiyalar 
odatda 
mazkur 
obyektlarga amortizatsiya hisoblash davri ichida hisoblangan amortizatsiya 
miqdorida daromad deb tan olinadi. 
Amortizatsiyalanmaydigan 
aktivlarga 
tegishli 
subsidiyalar 
ma‘lum 
majburiyatlarni bajarishni talab qilishi mumkin va shu majburiyatlarni bajarish 
bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lgan davr ichida daromadga o‘tkaziladi. Masalan, yer 
uchastkasini ajratib berish tarzidagi subsidiya unda bino qurish sharti bilan 
cheklangan bo‘lishi mumkin. Bunday holda subsidiya binoning xizmat muddati 
ichida daromad sifatida tan olinishi mumkin. 
Sodir bo‘lgan xarajatlar yoki zararlarni qoplash, yoki kelajakda hech qanday 
xarajatlar qilmaslik sharti bilan kompaniyaga zudlik bilan ko‘rsatiladigan moliyaviy 
yordam tarzida berilgan davlat subsidiyasi olingan davrda daromad deb tan olinadi. 
46
ЎзР Адлия Вазирлиги томонидан 562-рақам билан рўйхатга олинган 10-сонли «Давлат субсидияларини 
ҳисобга олиш ва давлат ѐрдамини ѐритилиши» БҲМС га 1998 йил 3 декабр


246 
Aktivlarga tegishli subsidiyalar, jumladan adolatli qiymati bo‘yicha pulsiz 
subsidiyalar ham, balansda yoki kelgusi davr daromadi tarzida yoki aktivning balans 
qiymatini topish uchun uni ayirib tashlab ko‘rsatiladi. 
Subsidiyalar ajratilgan hollarda xabarnomaga asosan ajratilgan subsidiyalar 
summasiga 
korxonada 
quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: 
Dt 
4890-«Boshqa 
debitorlarning qarzlari», Kt 8820-«Subsidiyalar» schyoti. 
Subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar o‘tkazib berilganda pul mablag‘larini hisobga 
oladigan (5110-5530) va boshqa schyotlar debetlanib, 4890-«Boshqa debitorlarning 
qarzlari» schyoti kreditlanadi. 
Тegishli tarkibiy tuzilmalar qaroriga binoan ajratilgan grant va subsidiyalar 
zaxira kapitaliga o‘tkazilganda grant va subsidiyalar zaxira kapitaliga o‘tkazilganda 
quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8810 «Grantlar», 8820 «Subsidiyalar», Kt 8520 
«Zaxira kapitali» schyoti. 
8830 «A‘zolik badallari» schyotida ta‘sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat 
a‘zolarining a‘zolik badallari summasi aks ettiriladi. A‘zolik badallarining tushumi 
quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Dt Pul mablag‘larini hisobga oladigan 
schyotlar, Kt 8830 «A‘zolik badallari» schyoti. 
8840 «Maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari» schyotida 
maqsadli vazifalarni bajarish bo‘yicha soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan 
summalar aks ettiriladi.
8890 «Boshqa maqsadli tushumlar» schyotida, xususan, farzandlari 
maktabgacha yoshdagi bolalar muassasanarida tarbiyalangani uchun ota-onalardan 
tushadigan pul mablag‘lari, boshqa shaxs va tashkilotlarning bolalar muassasalarini 
asrash uchun o‘tkazib bergan mablag‘lari. Shuningdek konservatsiya qilingan 
obyektlarni asrash xarajatlarini qoplash bo‘yicha maxsus moliyalashdir.
Maqsadli tushumlar schyotlari (8800) bo‘yicha analitik hisob maqsadli 
mablag‘larning yo‘nalishi va moliyalash manbalari bo‘yicha yuritiladi. 
Bu schyotlar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalarning sintetik va analitik hisobi 
12-jurnal-orderda olib boriladi. Bu jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib 
buxgalteriyaning ma‘lumotnomasi, bankning hisob-kitob schyotidan bergan 
ko‘chirmasi, kassirning hisoboti va boshqalar hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin