262
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto»
nomli balans
bo‘lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to‘g‘risida axborot
beradi, chunki mulkning qiymati jami ko‘rsatkichga quyidagi moddalar bo‘yicha
eskirishini chiqarib tashlab ko‘rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va
boshqalar,
foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda
hajmiga qo‘shiladi. Lekin xo‘jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda
quyidagi ko‘rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi,
olingan foyda.
Shu‘ba
korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo‘lgan korxonalar
konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu‘ba korxonalarga qo‘yilgan
qo‘yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari
sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o‘zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy
bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa
hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan
hisobotiga albatta
qo‘shiladi.
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.
53
Lekin
vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo‘yicha tuziladigan yig‘ma moliyaviy
hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to‘g‘risida hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl);
debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risida ma‘lumot (2-a-shakli).
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo‘lgan
yillik moliyaviy hisobot topshiradi:
a) buxgalteriya balansi (1-shakl);
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);
ye) debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risida ma‘lumot (2-a-shakli).
Хo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar,
birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug‘urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar
birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan
ma‘lumotlar to‘g‘riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, yillik
moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning
birinchi mayigacha albatta
matbuotda e‘lon qilinishi kerak.
Хo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo‘yicha moliyaviy hisobot
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo‘yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, tugatish
balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga
yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo‘shilmaydi.
53
Консолидаллашган ҳисобот 8 –сонли миллий стандартга
263
Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar
bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat moddalari
sinchiklab o‘tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: