257
-
o‘z xarakteri bo‘yicha odatdagidek bulmasli (korxonaning odatdagi xo‘jalik
faoliyatiga tegishli emas);
-
bir necha yillar davomida takrorlanmaydigan;
-
korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarga
bog‘liq bo‘lmagan holatlardan tashkil topadi.
Shunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o‘zida odatdagidek emaslik, oldindan
ko‘rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatida shunday voqealar sodir bo‘lishi mumkinki,
ular faqat odatdagidek emas yoki faqat oldindan ko‘rabilmaydigan voqea. Masalan,
xorijiy valuta muomalalaridan olingan foyda yoki zararlarni oldindan ko‘rib
bo‘lmaydi, lekin bu favqulodda emas, chunki valuta
kursining barqaror emaslik
sharoitida bu odatdagi foyda va zarar hisoblanadi.
Demak, quyidagi moddalar favqulodda foyda va zararlarga kiritilmaydi:
darg‘umon debitor qarzlarni hisobdan chiqarilishi yoki shu maqsad uchun tashkil
qilinigan zaxira; valuta muomalalaridan yoki kurslar farqidan olingan daromad yoki
yo‘qotishlar; narxlardagi
tuzatishlar; aktivlar qiymatini qaytadan baholashdan olingan
natija, soliq summalari bo‘yicha tuzatishlar; oldingi yillar foydasi yoki zarari.
Хorijiy amaliyotda favqulodda zararlarga quyidagilar kiritiladi: tabiiy ofatlardan
ko‘rilgan yirik yo‘qotishlar; siyosiy voqealar, masalan, urush,
inqiloblar natijasida
yo‘qotishlar; mazkur davlatning qonuniyatchiligidagi o‘zgarishlar, natsionalizatsiya
qilish, ma‘lum bir faoliyatni taqiqlash va boshqalar natijasidagi yo‘qotishlar.
Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to‘g‘ri kelishi va
kelmasligiga korxona faoliyat ko‘rsatayotgan tashqi muhit ham ta‘sir qiladi. Foyda va
zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o‘tkazish va o‘tkazmaslik uchun
sabab bo‘lolmaydi.
Favqulodda foyda va zararlarni alohida ajratib hisobga olishdan maqsad hisobot
davri ichida korxona faoliyati natijasini obyektiv aks ettirishdir. Favqulodda voqealar
sodir bo‘lganda bu voqealardan olingan foyda va zararlar
quyidagi schyotlarda
hisobga olinadi: 9710-«Favquloddagi foydalar» va 9720-«Favquloddagi zararlar»
schyoti. Bular tranzit schyotlar bo‘lib 9710-passiv, 9720-aktiv schyotlariga
mansubdir.
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710-«Favquloddagi
foydalar» schyoti kreditlanib turli schyotlar debetlanadi. Sodir bo‘lgan
zarar
summasiga esa 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti debetlanib turli schyotlar
kreditlanadi. Bu schyotlarning debet va kredit oborotlari
hisobot davri oxirida
yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: favqulodda voqealardan olingan foyda
summasiga- Dt 9710-«Favquloddagi foydalar», Kt 9910- «Yakuniy moliyaviy natija»
schyoti.
Favqulodda voqealardan sodir bo‘lgan zarar summasiga- Dt 9910-«Yakuniy
moliyaviy natija», Kt 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti.
Dostları ilə paylaş: