O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

11.6. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish 
Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan 
tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo‘lishi mumkin. 
Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy 


251 
vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib ketishdan 
foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O‘tgan yillar 
foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va deponent 
qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Хizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar 
daromadlari», 9380-«Тekin moliyaviy yordam», 9390-«Boshqa operatsion 
daromadlar» schyotlarda hisobga olinadi. Bular tranzit schyotlar bo‘lib, passiv 
schyotlarga mansub.
Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda 
(daromad) ning ko‘payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini 
ko‘rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig‘i qolmaydi. 
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy 
standat bilan tartibga keltiriladi.
49
9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida asosiy 
vositalarni sotish va boshqa ko‘rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda 
hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210-«Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» 
schyoti. 
9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida nomoddiy 
aktivlar, qimmatli qog‘ozlar va shunga o‘xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan 
foyda summasi quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib 
ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti. 
9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schyotida shartnoma shartlarini 
buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e‘tirof etilgan jarimalar, 
boqimandalar, vaqtida to‘lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, shuningdek 
yetkazilgan zararlarni undirish bo‘yicha daromadlar aks ettiriladi. 
Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag‘larini 
hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 schyoti kreditlanadi. Lekin 
bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o‘tkazib 
berilmagan bo‘lsa, 4860-«Da‘volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 
9330- schyot kreditlanadi. 
9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi 
yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab 
yuborilgan materiallar bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan 
olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo‘natilgan mahsulot, ko‘rsatilgan 
xizmatlar bo‘yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan summa va 
shunga o‘xshaganlar kiradi. 
Bunday foyda o‘tkazib berilsa, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar 
debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda 
hali o‘tkazib berilmagan bo‘lsa, 4010-«Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O‘tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. 
9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida 4820-«Qisqa 
muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» schyoti bilan korrespondentlangan 
49
ЎзР АВ томонидан рўйхага олинган 2-сонли «Асосий хўжалик фаолиятидан олинадаган даромадлар» 
БХМС.


252 
holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan daromadlar aks ettiriladi. 
Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar 
debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» schyoti 
kreditlanadi. 
9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» 
schyotida da‘vo qilib olish muddati o‘tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan 
chiqarishdan olingan daromadlara ks ettiriladi. Bunday hollarda quyidagi 
rasmiylashtiriladi: 
Dt-6720-«Deponentlangan 
mehnat haqi», 6990-«Boshqa 
majburiyatlar», Kt 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan 
daromadlar» schyotlari. 
9370-«Хizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari» schyotida korxonaning 
asosiy faoliyati bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona 
balansida turadigan sog‘liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari 
obyektlari, turar-joy-kommunal xo‘jaligi, madaniyat, sport obyektlari kiradi. 
Yuqorida keltirilgan obyektlarning daromadlari xarajatlaridan ko‘p bo‘lsa, farqi 
quyidagicha daromadga o‘tkaziladi: Dt 2710-«Хizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» 
schyotining tegishli analitik schyoti, Kt 9370-«Хizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar 
daromadlari» schyoti. 
9380-«Тekin moliyaviy yordam» schyotining kreditida pul mablag‘lari va 
ularning ekvivalentlarini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda 
qaytib olmaslik sharti bilan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari ko‘rinishida 
olingan daromadlar aks ettiriladi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 5110-
5530-schyotlar, Kt 9380«Тekin moliyaviy yordam» schyoti. 
9390-«Boshqa 
operatsion daromadlar» schyotida boshqa operatsion 
faoliyatidan daromadlar hisobga olinadi. Bu schyotining kreditida, xususan, 
quyidagilar hisobga olinadi:
-asosiy, yordamchi, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarda ortiqcha chiqqan 
tugallanmagan ishlab chiqarishlar, umumxo‘jalik omborlarida ortiqcha chiqqan 
materiallarning kirimga olinishi, Dt 2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar, Kt 9390 
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti». 
- oldin hisobdan chiqarilgan debitor qarzlarni undirib olishdan olingan 
daromadlar, Dt 4010- «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», Kt 
9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti». 
Shu bilan birga balansdan tashqari 007- «Тo‘lashga qobiliyatsiz debitorlarning 
zararga o‘tkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi» schyotidan chiqim qilinadi; 
- mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta organlaridan tushgan to‘lovlarga, Dt 4510- 
«Sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» 
schyoti; 
- zaxira tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha dargumon qarzlar 
zaxiraidan foydalanilmagan qismini daromadga o‘tkazilishiga, Dt 4910-«Dargumon 
qarzlar bo‘yicha zaxira», Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
- ortiqcha chiqqan mahsulot va tovarlarning kirimga olinishi, Dt 2810-2890, 
2910-2990-schyotlari, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 


253 
- tugallanmagan qurilishda aniqlangan ortiqcha chiqishlarni daromadga 
olinishiga, Dt 0810-0890-schyotlar, Kt 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» 
schyoti. 
-xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘nak summalarni talab qilib 
olinmaganligi uchun hisobdan chiqarilishiga, Dt 6310-6390-schyotlar, Kt 9390-
«Boshqa operatsion daromadlar» schyoti. 
Bu xil daromadlar hisobot davri oxirida yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi: 
Dt-9310, 9320, 9330, 9340,9350, 9360 ,9370 ,9380, 9390-schyotlari, Kt 9910-
«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin