O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

11.9. Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan 
foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olish 


258 
Foyda korxonalar tomonidan yil davomida budjet oldidagi foyda (daromad) dan 
ajratma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Yil davomida budjetga 
daromad (foyda) dan ajratma bo‘yicha bo‘nak to‘lanmalar va haqiqiy foydadan 
qaytadan hisoblash bo‘yicha to‘lanmalar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9810-
«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820-«Foydadan hisoblangan 
boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar 
bo‘lib kontrpassiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning debet oborotlari yil 
davomida daromad (foyda) dan budjetga ajratma bo‘yicha to‘lanmalar summasini 
ko‘rsatadi. Hisobot davri oxirida yillik hisobotini tuzishda bu schyotlar yopiladi va 
ularda yil boshiga qoldiq qolmaydi. 
Foyda (daromad) dan ajratiladigan soliqlarni hisoblash va to‘lash qonunchilik va 
boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Yil davomida budjetga foydadan ajratma, yig‘im va boshqa ajratmalar 
hisoblanganda 9810 va 9820 schyotlari debetlanib 6410 -«Budjetga to‘lovlar 
bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi. Ushbu foydadan ajratma, yig‘im va boshqa 
ajratmalar budjetga o‘tkazib berilganda 6410- schyot debetlanib, pul mablag‘larini 
hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. 
Hisobot yili oxirida bu schyot quyidagi yopiladi: Dt 9910- «Yakuniy moliyaviy 
natija», Kt 9810, 9820 - schyotlar. 
Foydadan ajratma, yig‘im va boshqa ajratmalarni hisobga oladigan 9810 va 
9820 - schyotlarning sintetik va analitik hisoblari bankning hisob - kitob schyotidan 
berilgan ko‘chirmasiga va boshqa hujjatlarga asosan 15 - jurnal - orderda yuritiladi. 
Odatda korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi yil oxirida aniqlanadi. 
Buning uchun korxona buxgalteriyasida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti 
ochiladi. Bu schyot hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasini 
shakllanishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) quyidagicha aniqlanadi: asosiy 
faoliyatdan olingan moliyaviy natija (foyda) ga moliyaviy faoliyatdan olingan 
daromad va favquloddagi foyda summasi qo‘shiladi va shu faoliyatlardan sodir 
bo‘lgan zarar (xarajat) lar olib tashlanadi. 
9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti tranzit bo‘lib aktiv - passiv 
schyotlarga mansubdir. Debeti bo‘yicha xarajatlar, krediti bo‘yicha - korxonaning 
foydasi aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti bilan kredit oborotini solishtirish 
yo‘li bilan hisobot davridagi yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi. 
Bir hisobot davrining oxirida 9910- «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining 
debet va kredit tomonlari ko‘rsatkichlari jamlanib bu schyotning umumiy saldosi 
hisoblab chiqariladi. Ҳisoblab topilgan saldo hisobot davrida soliqqa tortilgunga 
qadar bo‘lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari) ni ko‘rsatadi. 
Hisobot yilining oxirida 9810- «Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar», 
9820 «Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarida foyda 
(daromad) dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Yillik hisobotni tuzishda 
oxirgi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi, ilgari 
aytilganidek, quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 
9810-«Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha xarajatlar» yoki Kt9820-«Foydadan 
hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari. 


259 
9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan sof foyda (yoki zarar) 
summasi quyidagi yozuv bilan taqsimlanmagan foydaga o‘tkaziladi: 
Sof foyda summasiga - Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 8710- «Hisobot 
davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)». Zarar summasiga esa, Dt 
8710, Kt 9910 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. 
Korxona faoliyatining boshidan yig‘ib kelingan va hisobot davrida sodir bo‘lgan 
mavjud taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining harakati 
to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 8710-«Hisobot 
davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» va 8720-«Jamg‘arilgan 
foyda (qoplanmagan zarar)» schyotlari. Bu schyotlar nazariy jihatdan passivdir, lekin 
amaliyotda 8710-schyot debet saldoga ham ega bo‘lishi mumkin, ya‘ni korxona 
hisobot davrini zarar bilan yakunlashi ham mumkin. 
Jamg‘arilgan foyda - bu har qanday zararlar, dividendlar va mulkdorlar qarori 
bo‘yicha hususiy kapitalga reinvestitsiya qilingan summalar chiqarilib tashlangandan 
qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshidan boshlab olgan sof 
foydasidir. 
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» 
schyotida korxonaning hisobot yili bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari) hisobga olinadi. 
Dividendlar va mulkdorlar qaroriga binoan boshqa ajratmalar qilingandan so‘ng 
hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan 
foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotidan 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan 
zarar)» schyotiga o‘tkaziladi. 
Ilgari aytganimizdek, 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)» schyoti, agar xo‘jalik faoliyatidan olingan foydasidan zararlari 
va to‘langan dividendlari ko‘p bo‘lsa, debet saldoga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Bunday hollarda zarar summasi quyidagi yozuv bilan jamg‘arilgan foydani 
kamaytirishga o‘tkaziladi: Dt 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)», Kt 
8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» 
schyoti. 
Тaqsimlanmagan foydadan zaxira kapitalini shakllantirish uchun ajratiladi. 
Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan 
foydasi (qoplanmagan zarari)», Kt 8520- «Zaxira kapitali» schyoti. 
Тaqsimlangan foydadan dividendlar hisoblansa, 8710- schyot debetlanib, 6610- 
«Тo‘lanadigan dividendlar» schyoti kreditlanadi. Dividendlar to‘langanda, 6610 
«Тo‘lanadigan dividendlar» schyoti debetlanib quyidagi schyotlar kreditlanadi: 5010, 
5110, 5210- schyotlar. Pul mablag‘lari bilan yoki 9010- «Mahsulot sotishdan olingan 
daromadlar» schyoti - sotish bahosida ishlab chiqarilgan mahsulot bilan to‘lansa, shu 
bilan birga natura shaklida to‘langan mahsulotning haqiqiy tannarxiga 9110- 
«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyoti debetlanib, 2810-«Ombordagi tayyor 
mahsulotlar» schyoti kreditlanadi. 
4610-«Ustav kapitaliga ta‘sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti - 
dividendlar aksiyalar bilan to‘lansa, 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining 
sintetik va analitik hisobi 15-jurnal - orderida yuritiladi. Bu jurnal - orderga yozish 
uchun asos bo‘lib buxgalteriyaning ma‘lumotnomasi, bankning hisob - kitob schyoti 


260 
va boshqa schyotlardan bergan ko‘chirmasi va boshqa hujjatlar hisoblanadi. Chorak 
va hisobot yili oxirida jurnal - order ko‘rsatkichlari chorak va yillik hisobot 
shakllarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin