O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

12.2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish 
Moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta‘minlash uchun buxgalteriyaning 
barcha bo‘limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko‘rsatib yig‘ma ish grafigi tuziladi. 
Buxgalteriya hisobi qo‘lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - 
orderlarning jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga 
o‘tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida 
hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o‘tkazish va hisob registrlarini 
yakunlash bo‘yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha: 
-
ma‘lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va 
qaydnomalarga o‘tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda 
tegishli belgilar qo‘yiladi; 
-
5010- schyotining debeti bo‘yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti 
bo‘yicha 2- qaydnomalarning yig‘indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o‘tkaziladi; 
-
7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig‘indisi 
hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma‘lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks 
ettiriladi; 
-
jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi. 
Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo‘yicha analitik ma‘lumotlar aks ettirilgan 
bo‘lsa, ma‘lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, 
bog‘lanuvchi schyotlar bo‘yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami 
taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2- qaydnomadagi 
5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarni taqqoslab tekshirish 
barcha jurnal - orderlar bo‘yicha bajariladi. 
Bundan keyin ma‘lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o‘tkaziladi. Undan 
keyin har bir sintetik schyot bo‘yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1- 
kuniga qoldig‘i chiqariladi. Bosh daftarga ma‘lumotlar faqat jurnal - orderlardan olib 
yoziladi. 
Jurnal - orderlar ma‘lumotlari Bosh daftarga o‘tkazilgandan so‘ng jurnal - 
orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi» 
va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo‘yiladi. 
Bosh daftarda schyotlarning qoldig‘i chiqarilgandan so‘ng ular analitik 
ma‘lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma‘lumotlari 
bo‘yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi. 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin