O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotni tuzish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

12.4. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotni tuzish 
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning 
asosiy vositalari tarkibi, ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga 
ega. Bu ma‘lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan «Asosiy 
vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot» da aks ettiriladi.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot asosiy vositalar va ularning 
eskirishi belgilangan tasnif asosida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aks ettiriladi: yil 
boshiga qoldig‘i; hisobot davrida asosiy vositalarning kirimi; hisobot davrida 
hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig‘i. 
Hisobotning 3 va 6- ustunlarida yil boshi va oxiriga korxona balansida hisobga 
olingan barcha asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi. 
4-ustunda hisobot davrida, qo‘shimcha baholash qiymati ham qo‘shilgan holda 
quyidagi manbalardan korxona tasarrufiga o‘tgan asosiy vositalar aks ettiriladi: pulga 
sotib olish yoki yangidan qurish; aylanma mablag‘lardan asosiy vositaga o‘tkazilishi; 
boshqa korxona va tashkilotlardan bepul olinishi; inventarizatsiya natijasida ortiqcha 
chiqqan asosiy vositalar kirimi; lizing muomalalari bo‘yicha uzoq muddatli ijaraga 
olingan asosiy vositalar. 
5-ustunida qaytadan baholash natijasida narxini pasaytirish ham qo‘shilgan 
holda quyidagi sabablarga ko‘ra xo‘jalik tasarrufidagi asosiy vositalar tarkibidan 
chiqarilgan obyektlar qiymati aks ettiriladi: pulga sotilgan keraksiz va ortiqcha asosiy 
vositalar; asosiy vositalar tarkibidan aylanma mablag‘larga o‘tkazilgan obyektlar; 
boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilgan obyektlar; eskirishi natijasida 


266 
obyektlarning hisobdan chiqarilishi; tabiiy ofatlar, avariya natijasida va boshqa 
sabablarga ko‘ra obyektlarni hisobdan chiqarilishi. 
7 va 10- ustunlarda asosiy vositalarning turlari bo‘yicha hisobot davri boshiga va 
oxiriga jamg‘arilgan eskirish summasi aks ettiriladi. 
8-ustunda asosiy vositalarni qo‘shimcha baholash natijasida qo‘shimcha 
hisoblangan amortizatsiya summasi ham qo‘shilgan holda hisobot davrida barcha 
asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi. 
9-ustunda tugatilgan, sotilgan va boshqa yo‘llar bilan xo‘jalik tasarrufidan chiqib 
ketgan asosiy vositalar eskirishi ko‘rsatiladi. 
11-ustunda asosiy vositalarning yil boshiga qolgan sof qoldiq qiymati aks 
ettirladi. Bu summa 3- va 7- ustun summalari farqidan iborat. 
12-ustunda asosiy vositalarning hisobot davri oxiriga qolgan sof qoldiq qiymati 
aks ettiriladi. Bu summa 6- va 10-ustun summalari farqidan iborat. 
Asosiy vositalarning jami summasidan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
yo‘nalishidagilarning harakati alohida ajratib ko‘rsatiladi. 
Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga sanoat, qurilish, qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini tayyorlash va boshqa moddiy ishlab chiqarish faoliyati sohasiga 
tegishli obyektlar kiradi. 
Noishlab chiqarish yo‘nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga kommunal xo‘jalik, 
sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, maorif, madaniyat va shunga o‘xshaganlarda 
foydalaniladigan obyektlar kiradi. 
«Ma‘lumot uchun» degan bo‘limning 180 – 183 qatorlarida asosiy vositalar 
qaysi manbalar hisobidan sotib olinganligi (kirimi) aks ettiriladi. 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin