Qisqa xulosa Moliyaviy hisobot -xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulotlarini
sotish, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar natijalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar
majmui bo‘lib, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining holatini ma‘lum davr (chorak, yillik)
ga qiymat ko‘rinishida aks etirishdir.
Shuningdek, ushbu hisobotni tuzish tamoyillarini, uni taqdim etish tartibi
to‘g‘risida nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar
berilgan.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1.
Moliyaviy hisobotning yangi mazmuni qachon tasdiqlandi va o‘zgarishlar
nimadan iborat?
2.
Hisobot tuzishdan oldin qanday hisob ishlari bajariladi?
3.
Jurnal-order ma‘lumotlarini Bosh daftarga yozish tartibi qanday?
4.
Balans axborotlarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishdagi roli.
5.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotning 4 va 5-ustunlarida nimalar aks
ettiriladi?
6.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotning 11 va 12-ustunlarining
summalari qanday aniqlanadi?
7.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibiga nimalar kiradi?
8.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanish qanday imkoniyatlarni beradi?
9.
Chet el valutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida qanday ma‘lumotlar
keltirilgan?
10.
Хususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga asosan quyidagilar qanday topiladi: bir
aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda; bir aksiyaning balans qiymati; aksiyaning
daromadliligi.
272
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 1.
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни.
1996 йил 30 август.
2.
Сотволдиев А. Замонавий бухгалтерия ҳисоби. 3-том. -Т., 2004.