Moliyaviy budjet – kapital quyilmalar budjetini, pul mablag‘lari budjetini va
bashorat qilinadigan balansni o‘zida mujassamlashtirgan bosh budjetning bir qismi.
Muqobillashtirish (optimallashtirish) – topshirilgan chegaraga to‘g‘ri
keladigan muqobillikni topish jarayoni.
Muqobil standartlar – iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi o‘rtacha
bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
Mutanosib xarajatlar – o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha
mahsulot yoki ishlarning turlariga ta‘lluqli va subyektning ishbilarmonlik faolligi
o‘zgarsa o‘zgarib turadigan xarajatlar.
Muhofaza muddatini uzaytirish – birlik mahsulot uchun zarur bo‘lgan ТMZ
o‘zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo‘lgan muddat.
Nazorat - hisob nuqtasi – o‘ zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning nazoratini
amalga oshirish va hisob yuritish bo‘yicha tugallanmagan mahsulotning joyini
aniqlash.
Progressiv xarajatlar – subyektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan tezroq
o‘sadigan xarajatlar.
Relevant xarajatlar – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda
e‘tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan
bog‘liq kelgusidagi xarajatlar.
Samarali xarajatlar – tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan
xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) keltiradigan
xarajatlar.
Samarasiz xarajatlar – ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan ya‘ni
ularning ta‘sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.
SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – xo‘jalik yurituvchi
subyektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat yaratadigan
konsepsiya. Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab chiqishni taqozo
qiladi.