275
Gorizontal tahlil – o‘
tgan davrdagi yoki hisobot
davrida tasdiqlangan smeta
xarajatlarining o‘rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.
Grafik (chizma) usuli –
zararsizlikning iqtisodiy
va buxgalteriya modulini
tuzish uchun asos bo‘ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab chiqarish
hajmiga bog‘liq bo‘lishi.
Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) –
mahsulot (ish, xizmat)
larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar.
Ushbu xarajatlar
asosan tijorat (sotish) va ma‘muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq
xarajatlaridan tashkil topgan.
Degressiv xarajatlar –
o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya‘ni xarajatlarning
o‘sish darajasi subyektning ishbilarmonlik faolligining o‘sishidan ortda qoladi.
Direkt - kosting (Direct–Costing-System) –
bevosita
xarajatlarni ishlab
chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo‘yicha
umumlashtiradigan boshqaruv
hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to‘liq bo‘lmagan
tannarxini kalkulatsiya
qilish usuli bo‘lib ushbu usulni qo‘llaganda mahsulotning
tannarxiga faqat
o‘zgaruvchan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot davrining
moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi.
Diskontlangan qiymat –
joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyentini qo‘llash
orqali aniqlangan pul mablag‘larining kelgusidagi tushu-mining miqdorini hisoblash.
Diskontlangan xarajatlar –
joriy vaqtdagi diskontlash
koeffitsiyenti orqali
aniqlangan kapital quyilmalar bo‘yicha taxmin qilinadigan xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: