O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


tannarxini kalkulatsiya qilish usuli –



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

tannarxini kalkulatsiya qilish usuli –
ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning 
birligini tannarxini aniqlashni ta‘minlaydigan sarflangan xarajatlarni hujjatlashtirish 
va aks ettirish usullarining yig‘indisi. Хarajat obyektlari bo‘yicha – jarayonlar, ishlov 
berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to‘liqligi bo‘yicha – 
to‘liq va to‘liq bo‘lmagan tannarxni kalkulatsiya qilish va tezkorligi bo‘yicha – 
haqiqiy. 
Kapitallashtirish darajasi – 
aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan 
hajmining aktivlar qiymatiga bog‘liqlik da-rajasini o‘rnatadigan koeffitsiyent. 
Kassaning umumlashtirilgan smetasi –
budjetlashtirish tizimidagi ishlab 
chiqarish muomalalariga to‘g‘ri keladigan ma‘lum vaqtda kassadagi naqd pullarni 
hisoblash. 
Keltirilgan (diskontlangan) sof qiymat –
boshlang‘ich investisiya xarajatlari 
summasiga kamaytirilgan, diskontlangan qiymat.
Qayishqoq budjet –
xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatining bir necha 
darajasini ko‘zlab tuzilgan budjet. 
Qaytarilmaydigan sarflar –
ilgari qabul qilingan qarorlarning natijasida sodir 
bo‘lgan oldingi davr xarajatlari. 
Qayta tiklanadigan zaxiralar –
to‘liq ishlov berish natijasida tiklanadigan 
xomashyo va materiallar. 
Qaytarilmaydigan xarajatlar –
boshqaruv qarorlari orqali ta‘sir qilish mumkin 
bo‘lmagan xarajatlar. 
Kiritiladigan xarajatlar –
kelgusida daromad olib keladigan sotib olingan va 
mavjud bo‘lgan resurslar. 
Qoplashning ichki koeffitsiyenti – 
kapital quyilmaning sof keltirgan qiymati 
nolga teng bo‘lgan holatidagi foiz darajasi (diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish va 
xatolar usulida aniqlanadi, uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko‘rinishida 
keltirilishi mumkin. 
Marjinal xarajatlar va daromadlar –
ishlab chiqarilgan bir-lik mahsulotga 
tegishli qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin