O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Segmentlar bo‘yicha hisobot –
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining ayrim 
segmentlari (sexlar, bo‘limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta‘minot) bo‘yicha hisobot. 
Standart kost (Standard Costs) – 
hamma xarajatlarni qattiq me‘yorlashtirgan 
va mahsulotning standart (me‘yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan 
kalkulatsiya qilish tizimi. Хarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni 


278 
nazorat qilish, mas‘uliyat va xarajat markazlari, xarajat moddalari bo‘yicha hisobga 
olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil qilish hamda 
nazoratni o‘rnatish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda amaliyotda 
qo‘llanilayotgan me‘yoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilish usuliga 
o‘xshaydi. 
Smeta –
subyektning ma‘muriyati tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarish 
yuzasidan tuzilgan moliyaviy reja.
Тashkiliy strategiya – 
bo‘linmalarning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni 
haqiqatda bajarish uchun boshqaruvchilar tomonidan xodimlarga ta‘sir qiluvchi 
nazorat quroli.
Тenglik usuli –
tasdiqlangan formula bo‘yicha hisoblangan sof foyda yordamida 
chegara nuqtasini aniqlash usuli. 
Тexnikaviy – iqtisodiy rejalashtirish – 
tegishli yil uchun smeta va budjetni, 
uzoq muddatga subyektni hamma tomonlama rivojlantirishni nazarda tutgan rejani 
ishlab chiqish. 
Тransfert baho –
ishlab chiqarish bo‘linmalari yoki ma‘suliyat markazlari 
o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o‘rnatilgan baho. Тransfert 
baholarni o‘rnatish ayrim bo‘lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan 
subyektlarning bo‘linmalari o‘rtasida o‘rnatiladi. 
Тrendli tahlil –
bir necha hisobot davrlari ichidagi o‘zgarishlarning harakatini 
o‘rganish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin