O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Baholovchi va nazorat ma‘lumotlarni shakllantirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Baholovchi va nazorat ma‘lumotlarni shakllantirish 
– boshlang‘ich 
ma‘lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish uchun ishlov berish, bo‘linmalarning faoliyatini 
nazorat qilish va ularni baholash uchun ushbu axborotlardan foydalanish 
tadbirlarining majmuasi. 
Bashorat qilinadigan sarflar 
– zaxiralarga investitsiya qilish. 
Bilvosita xarajatlar 
– xarajat markazlariga to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib borishning 
iqtisodiy imkoniyati bo‘lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar (i.u.x) tegishli xarajat 
markazlariga subyektning hisob siyosatida qabul qilingan usuliga asosan taqsim 
qilinadi. Bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar. 
Bilvosita xarajatlarni taqsimlash asosi – 
bilvosita xarajatlarni yig‘uvchi 
obyektlarga taqsimlash uchun asos qilib olingan ko‘rsatkich. Misol: bevosita mehnat 
haqi, asosiy vositalarning eskirishi va hokazo. 
 
Bilvosita (egri) xarajatlarni taqsimlash darajasi – 
kalkulyatsiya obyektlari 
o‘rtasida bilvosita xarajatlarni oldindan taqsimlash imkoniyatini yaratadigan va 
subyektning hisob siyosatida ko‘rsatilgan oldindan hisoblangan me‘yoriy daraja. 
Buyurtma nuqtasi 
– ТMZ keyingi guruhiga buyurtma berishni aniqlashga 
yordam beradigan ombordagi mavjud va buyurtma berilgan ТMZ summasining past 
nuqtasi. 
Bosh (general) budjet – 
subyektning hamma faoliyatini qamrab olgan 
moliyaviy xujjat. 
Budjet 
– rejaning miqdorda aks ettirilishi, uning bajarilishi ustidan nazorat 
qilish vositasi va tartibga solish usuli. 
Boshqaruv bosqichi–
tegishli vaqt oralig‘ida boshqaruv faoliyatini amalga 
oshirish uchun bajarilayotgan tadbirlarning majmuasi. 
Budjet (smeta)–
amaliyotda tegishli davr ichida olinadigan daromad va 
sarflanadigan xarajatlarning rejalashtiriladigan miqdorini ko‘rsatadigan va ushbu 
maqsadlarga erishish uchun jalb qilinadigan kapitalning miqdorini belgilaydigan, 
ma‘lum davr uchun tayyorlangan va qabul qilingan pul ko‘rinishidagi miqdor rejadir. 
Javobgarlik markazlarining ushbu rejalarni bajarishini baholashda asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin