O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa muddatli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa muddatli 
majburiyatlar

Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o‘z qarzini 
to‘lagandan so‘ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta‘riflaydi. Sof aylanma 
mablag‘lari yoki kapitalining koeffitsiyenti quyidagicha topiladi: 
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital 
Bu koeffitsiyent bir so‘mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab 
chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to‘g‘ri kelishini ta‘riflaydi. Bunday 
ma‘lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish bo‘yicha 
tegishli qarorlarni qabul qilishadi. 
Balans ma‘lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona 
kapitalining tuzilishi ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. 
54
Ўз.Р. АВ томонидан 2003 йил 24 январда рўйхатга олинган Ўзбекистон Республикаси молия вазирининг 2002 
йил 27 декабрдаги 140-сонли буйруғи 


265 
Kapitalning tuzilishi ko‘rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo‘yilmalar 
qo‘ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini 
ta‘riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to‘lash qobiliyatini aks ettiradi. 
Mulk koeffitsiyenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsiyenti) 
quyidagicha topiladi: 
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati 
Bu koeffitsiyent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. U korxona 
egalarining korxonaga qo‘yilgan mablag‘lari umumiy summasidagi ulushini 
ko‘rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik korxona 
moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo‘ladi va tashqi kreditorlarga qaram 
bo‘lmaydi. 
Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: 
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital 
 
Ushbu koeffitsiyent 0,5 dan kam bo‘lishi, lekin ko‘p bo‘lsa, 1 dan oshmasligi 
kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta‘riflaydi va 
uning o‘sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan mablag‘lar 
ulushini ko‘payib borayotganini ko‘rsatadi. 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin