O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

12.3. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi 
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yillik hisobot 
tarkibida unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga 
yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv 
moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish 


264 
imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining 
moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank 
kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar zarur. 
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, 
xarajatlar va yo‘qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan 
to‘lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo‘llaniladi. 
Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyatning yo‘nalishi 
to‘g‘risidagi ma‘ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan 
biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha reja bajarilishiga ta‘sir etuvchi 
quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot 
sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish
samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarini natijalari va istiqbollari va shu kabilar. 
Тushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda moliyaviy hisobotlarning yangi 
shakllari tasdiqlangan.
54
Balansga asosan korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat 
ko‘rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin. 
Balans ma‘lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to‘lov qobiliyati quyidagicha 
aniqlanadi: 
Korxona mutlaq to’lov qobiliyati = Pul mablag’lari / Korxonaning qisqa 
muddatli majburiyatlari 
Bu ko‘rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo‘lmasligi kerak. Shu yo‘l bilan 
hisoblab chiqilgan koeffitsiyent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini 
qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko‘rsatadi. 
Balans ma‘lumotlari bo‘yicha korxonaning sof aylanma mablag‘lari yoki 
kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta‘riflaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin