249
9010,
9020
va
9030-schyotlarining
kreditida
4010-«Хaridorlar
va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4110-«Alohida bo‘linmalardan
olinadigan schyotlar» schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan holda xo‘jalik
yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar aks ettiriladi.
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan oldingi davrda olingan daromadlar summasiga
pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6230-«Boshqa
muddati
uzaytirilgan daromadlar» yoki 6310-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan
avanslar» schyotlari kreditlanadi.
Sanoat korxonalarida mol yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan
mahsulot (bajarilgan ish va xizmatlar) bo‘yicha taqdim etilgan hisob hujjatlari
summasiga 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti
debetlanib, 9010, 9020 va 9030 - schyotlar kreditlanadi.
Kelgusida yuklab jo‘natiladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat va
bajariladigan ishlar uchun oldindan olingan bo‘naklar
summasi ushlab qolinganda
6230 va 6310-schyotlari debetlanib, 4010-schyoti kreditlanadi. Yuborilgan mahsulot,
bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag‘lari tushganda pul mablag‘larini
hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi.
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9910
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi. 9010, 9020 va 9030- schyotlarning
kredit qoldiqlari hisobot davri oxirida 9910- schyotga o‘tkaziladi: Dt 9010, 9020,
9030 – schyotlar, Kt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
9040 va 9050- schyotlari sotilgan tovarlarni qaytarilishi, shartnoma shartlariga
binoan sotishdan chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak aniqlanishi
natijasida narxidan chegirma va shu kabilarni hisobga olish uchun belgilangan. Bu
schyot kontrpassiv bo‘lib, ularning debet oborotlari sotilgan mahsulot (tovar,
ish va
xizmatlar) dan tushgan tushum summasidan hisobot davri oxirida quyidagi hisobdan
chiqariladi: Dt 9010, 9020 va 9030-schyotlar, Kt 9040 va 9050-schyotlar.
9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi»-schyotining debetida operatsiyalar
quyidagi hollarda aks ettirriladi: buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati
qaytarilganda: Dt 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi», Kt 5010, 5110, 5210-
schyotlar.
Qaytarilgan tovarlar bo‘yicha debitor qarzi bekor qilinganda, Dt 9040 «Sotilgan
tovarlarning qaytishi», Kt 4010-«Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar».
Bunda qaytarilgan tovarlar bo‘yicha oldin hisoblangan QQS va aksiz solig‘i
summasiga quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarz (turlari bo‘yicha)», Kt 5110-«Hisob - kitob schyoti» yoki 4010 «Хaridor va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Qaytarilgan mahsulot va tovarlarning tannarxi hisobdan chiqariladi: Dt 2810
«Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2910 «Ombordagi tovarlar», Kt 9119-9130-
schyotlar.
Shartnoma shartlariga binoan sotishdan chegirma, shuningdek sotilgan
mahsulotdan
brak
aniqlanishi
natijasida
chegirma
berilsa,
quyidagicha
250
rasmiylashtiriladi, Dt 9050-«Хaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar»,
Kt 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti.
Sotilgan tayyor mahsulot (ovarlar (ishr va xizmat)lar tannarxi to‘g‘risidagi
axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning
tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» va 9130-«Bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotlari. Bu schyotlar tranzit hisoblanib aktiv
schyotlarga mansub. Ularning debeti ko‘payishini, krediti esa kamayishini ko‘rsatadi.
Bu schyotlarda hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi.
Korxonalarda mol xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat)
lar uchun
hisoblashish hujjatlarini taqdim etilishiga qarab jo‘natilgan mahsulot (ish va
xizmat)larning haqiqiy tannarxiga 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2810-
«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanib, 9110 yoki 9130-schyoti
debetlanadi.
Ayrim korxonalarda sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning haqiqiy tannarxi
faqat kalendar yilining oxirida bir marta aniqlanganligi uchun 9110 va 9130-
schyotlarning debetida yil davomida sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning reja
tannarxi aks ettiriladi. Yil oxirida mahsulot (ish va xizmatlar)ning haqiqiy tannarxi
bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha
rasmiylashtiriladi:
Dt 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor
mahsulotlar» - ombordagi yoki ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotga tegishli farq
summasiga, Dt 9110-«Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9130 «Bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi»
- sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarga tegishli
farq summasiga, Kt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2310-«Yordamchi ishlab
chiqarish».
Agar bu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yuqoridagi
buxgalteriya o‘tkazmalar oddiy siyohda, aksincha, tejalgan summani ko‘rsatsa - qizil
siyohda storno qilib reja tannarxi haqiqiy tannarxga yetkazib qo‘yiladi.
Hisobot davri oxirida 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 «Sotilgan
tovarlar tannarxi» va 9130 «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarining
debet oborotlari yakuniy moliyaviy natija schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan hisobdan
chiqariladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy
natija», Kt 9110, 9120 va 9130-schyotlari.
Shunday qilib, 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining
debetida hisobot
davrida sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa
mahsulot, ishlar va xizmatlarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Ushbu
muomalalar bo‘yicha 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debet va kredit
oborotlarini taqqoslash natijasida hisobot davridagi mahsulot,
ishlar va xizmatlar
sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: