O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Qo‘shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

 
11.2. Qo‘shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish 
Aksioner jamiyatlarida qo‘shilgan kapitalning buxgalteriya hisobi 8400- 
«Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar» ning quyidagi: 8410-«Emissiya 
daromadi» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotlarida 
hisobga olinadi. 
Ushbu schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal qiymatidan ortiq 
olingan, shuningdek, ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlarning mavjud 
summalarini va ularning harakatini umumlashtirish uchun tayinlangan. 
8410-«Emissiya daromadi» schyotida aksiyalarni ta‘sischilarga birlamchi 
sotishda nominal qiymatidan ortiqcha tushgan summa hisobga olinadi. Bu vaqtda 
5010, 5110, 5210–schyotlar debetlanib, 8410-«Emissiya daromadi» schyoti 
kreditlanadi. Bu schyotning debetida o‘z aksiyalarini sotib olishi va bekor qilishda 
tashkil bo‘lgan salbiy farq summalarini qoplanishi aks ettiriladi. Bu vaqtda 8410 
«Emissiya daromadi» schyoti debetlanib, 8610-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – 
oddiy» va 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» schyotlari kreditlanadi. 
8410-«Emissiya daromadi» schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli 
aksiyalar bo‘yicha alohida yuritiladi. 
8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyoti ustav kapitalini 
shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun 
tayinlangan. 
Ustav kapitalini shakllanishida valuta va valuta qimmatliklari ustav kapitaliga 
badal qo‘yilgan vaqtdagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 


242 
belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi. Valuta va valuta qiymatliklari va boshqa 
mulklarning bahosi ta‘sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytidagi bahosidan 
farqlanishi mumkin. Bu vaqtda vujudga keladigan kursdagi farqi 8420-«Ustav 
kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi. 
Baholar orasidagi ijobiy farq summasiga mulk, valuta va valuta qiymatliklarini 
hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs 
farqi» schyoti kreditlanadi, salbiy farqi esa aksincha provodkalar bilan 
rasmiylashtiriladi. Baholardagi farqlarni shu tartibda hisobdan chiqarish ta‘sis 
hujjatlarida kelishilgan ta‘sischilarning ustav kapitalidagi ulushini o‘zgartirmaslik 
imkoniyatini beradi. 
Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining analitik 
hisobi, ochiq turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan hisob –
kitoblar hisobidan tashqari, har bir ta‘sischilar bo‘yicha yuritiladi. 
Qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400) 
№ 
Хo‘jalik muomalalarining 
mazmuni 
Schyotlar korrespon-
densiyasi 
Yozuvni tasdiqlovchi
hujjatlar 
Debet 
Kredit 
1 Aksiyalarning nominal qiymati 
bilan emission qiymati orasidagi 
farq summani qabul qilish 
5110, 
5010, 
5020, 
5210 
8410 Kirim kassa orderi, 
bankning ko‘chirmasi 
2 Sotib olingan o‘z aksiyalarini 
ikkilamchi sotishdan pul tushdi 
5110, 
5010, 
5020, 
5210 
8610, 
8620 
Kirim kassa orderi, 
bankning ko‘chirmasi 
3 Sotib olingan aksiyalarini qayta 
sotishda sotib olgan narxdan kam 
sotilganligi uchun farqi emission 
daromad hisobidan qoplandi 
8410 
8610, 
8620 
Тa‘sischilar qarori, 
bankning ko‘chirmasi 
4 Sotib olingan aksiyalarni bekor 
qilishda aksiyalarni nominal 
qiymati bilan sotib olish bahosi 
orasidagi salbiy farqi emission 
daromad hisobidan qoplandi 
8410 
8610, 
8620 
Тa‘sischilar qarori
5 Ustav kapitalini shakllanishida 
kapitalni to‘lash paytida vujudga 
kelgan ijobiy kurs farqi 
4610, 
4890 
8420 Тa‘sischilar qarori, 
bankning ko‘chirmasi 
6 Ustav kapitalini shakllanishida 
kapitalni to‘lash paytida vujudga 
kelgan salbiy kurs farqi
8420 
4610, 
4890 
Тa‘sis xujatlari, 
buxgalteriya raschyoti 
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo‘yicha aksiyalarni 
nominal qiymatini ko‘paytirish yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav 


243 
kapitalini ko‘paytirishlari mumkin. Sodir bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ustav 
kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksionerlarning umumiy majlisi ustav 
kapitalini kamaytirish to‘g‘risida ham qaror qabul qilishi mumkin. Ustav kapitalini 
kamaytirish aksiyalarni nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan yoki aksiyalarni 
umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo‘li bilan 
bo‘lishi mumkin. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish 
jamiyatning barcha kreditorlarini ogohlantirgandan so‘ng amalga oshiriladi. 
Хo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlarining sof foydasidan ta‘sis hujjatlarida 
belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har yili 
ustavda belgilangan miqdorgacha ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va ta‘sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa tijorat tashkilotlari ham zaxira kapitalini 
tashkil etishlari mumkin. 
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo‘ladigan korxonaning balans zarari va 
boshqa to‘lovlarini qoplashdir. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarida zaxira 
kapitalidan, foyda yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun ham foydalaniladi. Zaxira kapitalini to‘ldirish 
uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo‘naltiriladi. 
Zaxira fondi harakatining hisobi 8500-«Zaxira kapitalini hisobga oluvchi 
schyotlar» ning quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 8520-
«Zaxira kapitali» va 8530-«Тekinga olingan mulk» schyotlarda hisobga olinadi 
8510–schyotida mulklarni qaytadan baholash natijasida ularning qiymatini 
ortishi hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo‘lib mulklarni qayta baholash natijasida 
zaxira kapitalini tashkil etilishi va to‘ldirilishi 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar» schyotining kreditida aks ettirilib, tegishli qiymati ko‘paytirilgan 
mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi. 
Basharti qaytadan baholash natijasida mulklarning qiymati kamaytirilsa, xuddi 
shu mulk turi bo‘yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati tugaguncha 8510 
«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni 
hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. Undan ortiYoiga 9430-«Boshqa operatsion 
xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar 
kreditlanadi. 8510-schyotning qoldig‘i balansda «Zaxira kapitali» moddasi bo‘yicha 
ko‘rsatiladi. 
8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetiga 
quyidagi hollarda yoziladi:
qaytadan baholash natijasida mulklar qiymatini 
kamayishi; Qaytadan baholash natijasida uzoq muddatli investitsiya qiymatini 
kamayishini qoplash; korxonaning tugatilishida ta‘sischilar orasida taqsimlanadigan 
summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushi 
bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi. 
8520-«Zaxira kapitali» schyotida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlarining 
ta‘sis xujjatlarida belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etilganda yoki 
to‘ldirilganda aks ettiriladi. Bu vaqtda 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan 
foydasischyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti kreditlanadi. 
Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining debetida 
aks ettiriladi. Masalan, aksioner jamiyatining dividend to‘lash uchun foydasi yo‘q 
bo‘lsa, yoki yetmasa zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblash bo‘yicha 


244 
quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali», Kt 6610-«Тo‘lanadigan 
dividendlar» schyoti. 
8530-«Тekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik sharti bilan olingan 
mol-mulklarni hisobga olish uchun tayinlangan.
Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar 
debetlanib, 8530 «Тeking olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-
mulklar qiymati foyda (daromad)dan ajratma solig‘iga tortiladi. Bepul olingan mol-
mulkni soliqqa tortish tartibi O‘zR Soliq Kodeksi bilan belgilanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin