O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Internet saytlari 
http:// www. accounting. rut gars. edu 


237 
http:// www. buhgalteria. com. ua 
http:// www. 1c. ru 


238 
11-BOB. KAPITAL, FONDALAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI 
11.1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘z moliyaviy resurslarini mustaqil 
shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarinining asosiy manbalari 
bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan 
mablag‘lar, aksionerlar yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari, 
shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar hisoblanadi. 
Korxonaning o‘z mablag‘larini shakllantirish asosiy manbai bo‘lib, uning 
mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‘yilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav 
kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta‘sis 
hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi 
korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun 
davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larni aks ettiradi. 
Aksioner jamiyati deb maxsus nom bilan ta‘sis etiladigan, ma‘lum miqdorda 
teng qismlarga bo‘lingan (aksiyalar) asosiy (ustav) kapitaliga ega bo‘lgan, va 
majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zining mulki bilan javob beradigan yuridik shaxslar 
tushuniladi. Bu ta‘sischilarning tenglik prinsipiga asoslangan ixtiyoriy birlashmadir. 
Asosiy sharti – faoliyatiga o‘z kapitalini qo‘yish, ya‘ni aksioner jamiyati – bu 
kapitalning birlashishi demakdir. Aksioner jamiyatining faoliyati ustav bilan 
belgilanadi. Aksioner jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha aksionerlar mulklari bilan 
to‘la mas‘uliyatli emas, ularning mas‘uliyatlari faqat ustav kapitaliga qo‘yilma bilan 
cheklanadi. 
Aksioner jamiyatining ustav kapitalini hajmi uning ustavida ko‘rsatiladi va 
uning o‘zgarishi ustavini o‘zgarishi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Ustav kapitali miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror, agar korxonaning ustav 
kapitalini yangi miqdori ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, umumiy majlis qabul qilgan 
kundan boshlab kuchga kiradi. 
Jamiyat ta‘sis etilgan paytdagi ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega 
bo‘lgan oldindan belgilangan miqdordagi bir qancha oddiy aksiyalardan iborat 
bo‘lishi kerak. Aksioner jamiyatlari faqat nomi ko‘rsatilgan aksiyalar chiqaradi va 
ular albatta tegishli reestrlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Aksiyalarni to‘lash 
mulklar, inshootlar, nomoddiy aktivlar va boshqa moddiy qimmatliklarni, so‘mdagi 
va xorijiy valutadagi pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan bo‘lishi mumkin. 
Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi 
schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib quyidagi: 8310 «Oddiy 
aksiyalar»; 8320 «Imtiyozli aksiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga 
bo‘linadi. 
Yuqorida 
keltirilgan 
schyotlar 
davlat 
korxonalari, 
birlashmalari 
va 
tashkilotlarining ustav fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav 
kapitalini hisobga olish uchun tayinlagan. Bu schyotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
miqdor doirasidagi haqiqiy ustav kapitali yoki to‘langan aksiyalarni nominal qiymati 
aks ettiriladi. Ustav kapitalining miqdori ustavda ro‘yxatdan o‘tkazilgan summadan 
ortiq bo‘lishi mumkin emas. Тa‘sischilarga qaytarilgan ulushi ustav kapitalni 
kamaytirmaydi, balki aksioner jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olingandek 


239 
rasmiylashtirilib 8610 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy» va 8620 «Sotib 
olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» schyotlarning debetida aks ettiriladi. 
Bu schyotlarning debet aylanmasi ustav kapitalini kamayishini, kredit oboroti 
esa qonunchilikka binoan turli sabablarga ko‘ra ustav kapitalini ko‘payishini 
ko‘rsatadi. 8310, 8320 va 8330 – schyotlarda aks ettiriladigan muomalalarning hisobi 
12 – jurnal – orderda yuritiladi. 
Aksioner jamiyat ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav 
kapitali summasiga jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi. Тa‘sischilar 
bilan olib boriladigan hisob – kitoblarning hisobi 4610 «Ustav kapitaliga 
ta‘sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyotida olib boriladi. 
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610 schyoti debetlanib, 8310 
«Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» va 8330 «Pay va ulushlar» schyotlari 
kreditlanadi. 
4610- schyoti aktiv bo‘lib, debet saldosi oy boshiga qolgan ta‘sischilarning 
qarzlarini ko‘rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta‘sischilarning 
qarzlarini aks ettirsa, kredit obroti debitor qarzlarni kamayishini, ya‘ni ta‘sischilar 
tomonidan o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar va mulklar 
qiymatini ko‘rsatadi. 
Jamiyatning aksionerlari maxsus reestrda ro‘yxatga olinadi. Qo‘yilmalar 
bo‘yicha aksionerlar bilan olib boriladigan hisob – kitobning analitik hisobi 
aksionerlarning har biri bo‘yicha kartochkalarda yoki qaydnomalarda ustav kapitaliga 
qo‘yilmalar bo‘yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish muddati, qarzni qaytarish hisobiga 
topshirilgan aktivlar summasi ko‘rsatilgan holda yuritiladi. Sotib olingan aksiyalar 
summasini ta‘sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, so‘mda va xorijiy valuta 
pul mablag‘lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan to‘lashlari mumkin. 
Analitik hisob yuritish uchun asos bo‘lib ta‘sis hujjatlari, asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari 
va boshqalar hisoblanadi. 
Aksioner jamiyatlarining xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik asosida olib 
borilsa, ularning ishlab chiqarish xarajatlari va moliya – xo‘jalik faoliyatining hisobi 
Nizomga asosan yuritiladi.
43
Chunonchi, jamiyat tomonidan olingan balans foydaga 
hisobot davrida sotilgan mahsulot tannarxiga yoki davr xarajatlariga yoki foydani 
kamaytirishga kiritilgan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada soliqqa tortiladigan baza 
aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig‘i summasi hisoblanadi. 
Foydaning qolgan summasi sof foyda hisoblanib, u aksionerlar majlisining 
qaroriga binoan taqsimlanadi. Mehnat jamoasining tasarrufida, qolgan sof foyda
odatda, ikki maqsadga foydalaniladi: dividend to‘lashga va ishlab chiqarishni 
kengaytirish ham ijtimoiy ehtiyojlar uchun. Dividend har chorakda yoki bir yilda bir 
marta to‘lanishi mumkin. Oraliq dividend direktorlar kengashi tomonidan e‘lon 
qilinib qat‘iy belgilangan miqdorda bo‘ladi. Yillik dividendlar miqdori 
aksionerlarning umumiy majlisi tomonidan yillik ish natijasi bo‘yicha belgilanadi. 
43
ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг 54-сонли қарори билан «Маҳсулот (ишлар, хизматлар) ни ишлаб чиқариш ва 
сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида Низом» 1999 
йил 5 феврал. (2003 йил 15 октябрдаги янги қайтадан ишлаб чиқилган нашри)


240 
Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan dividendlar qo‘shilmaydi. Dividendlar 
hisoblash va to‘lash amaldagi Nizomga asosan rasmiylashtiriladi.
44
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga 
chiqargan paytda ko‘rsatiladi. Bunday aksiyalar bo‘yicha dividendlar olingan foyda 
miqdoridan qat‘iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to‘lanadi. Basharti imtiyozli 
aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni to‘lash uchun olingan foyda yetarli 
bo‘lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa manbalardan 
foydalaniladi. Muomalaga chiqarilmagan aksiyalar bo‘yicha dividend hisoblanmaydi. 
Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, dividendlar aksiyalar
obligatsiyalar, tovarlar bilan to‘lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga olmagan 
holda dividend e‘lon qiladi. Dividend faqat qo‘shilgan ulushga yoki sotib olingan 
aksiyalar uchun to‘langan summaga mutanosib ravishda beriladi. Dividend tarzida 
olingan daromaddan soliq dividendlarni to‘lash manbaida, ya‘ni aksioner jamiyatida 
ushlab qolinadi. 
Aksionerlar bilan daromadlar bo‘yicha olib boriladigan hisob 6610 
«Тo‘lanadigan dividendlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib, uning kredit 
qoldig‘i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti ushlangan soliq 
va to‘langan dividendlar summasini aks ettiradi. Aksioner jamiyatida ishlayotgan 
xodimlarga dividendlar hisoblansa, 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan 
xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi. 
Dividendlar aksionerlarning umumiy majlisi protokoli va qaroriga binoan ham 
ushlangan soliqlar to‘g‘risidagi buxgalteriyaning ma‘lumoti bo‘yicha hisoblanadi. 
Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz to‘lanishi kassa chiqim orderi va to‘lov 
topshiriYoi bilan rasmiylashtiriladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividend va foizlar O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalarda to‘lash 
manbaida soliqqa tortiladi.
45
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta‘sischilar bilan olib boriladigan hisob 
– kitoblar hisobi 6620-«Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» 
schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib kreditida chiqib ketayotgan 
ta‘sischilarga to‘lanadigan summa aks ettirilsa, debetida ularga to‘langan summa 
ko‘rsatiladi. 
Chiqib ketayotgan ta‘sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib olingan 
xususiy aksiyalar – oddiy» yoki 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar – imtiyozli» 
schyotlari debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» 
schyoti kreditlanadi. 
Sotib olingan aksiyalar bo‘yicha puli to‘langanda 6620-schyot debetlanib 5010, 
5110-schyotlari kreditlanadi. 6610 «Тo‘lanadigan dividendlar» va 6620 «Chiqib 
ketayotgan ta‘sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» schyotlari bo‘yicha analitik hisob 
har bir aksioner bo‘yicha 7-qaydnomada yuritiladi. Sintetik hisob esa 8-jurnal – 
orderda aks ettiriladi. 
44
ЎзР Молия Вазирлиги ва Давлат мулк қўмитаси томонидан қабул қилинган «Акционерлар жамиятлари 
томонидан дивидендлар ҳисоблаш, тўлаш ва фойдаланиш тартиби тўғрисида»ги Низом. 1999 йил 26 ноябр 
45
Ўзбекистон Республикаси Солиқ Кодексининг 29 ва 56 бандлари


241 
11.1- jadval 
«Тa‘sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga (6600) oluvchi schyotlar» bo‘yicha 
schyotlar korrespondensiyasi 
№ Хo‘jalik 
muomalalarining 
mazmuni 
Schyotlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvni tasdiqlovchi 
hujjatlar 
Debet 
Kredit 

Aksionerlarga 
dividendlar hisoblandi 
8710 
6610 
Majlis bayonnomasidan 
ko‘chirma, dividendlar 
hisobi 

Hisoblangan 
dividendlarni to‘lash 
6610 
5010, 5110 Kassa hisoboti bankning 
ko‘chirmasi 

Chiqib ketayotgan 
ta‘sischilarga ularning 
ulushlari bo‘yicha qarzlar 
hisoblandi 
8610, 
8620 
6620 
Majlisning 
bayonnomasidan 
ko‘chirma, rahbarning 
bo‘yruYoi 

Chiqib ketayotgan 
ta‘sischilarga ularning 
ulushlari bo‘yicha 
qarzlarni to‘lanishi 
6620 
5010, 5110 Kassa hisoboti, 
bankning ko‘chirmasi 

Aksionerlardan daromad 
solig‘i ushlandi 
6610, 
6620 
6410 
Buxgalteriya hisob-
kitodi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin