242
belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi. Valuta va valuta qiymatliklari va boshqa
mulklarning bahosi ta‘sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytidagi bahosidan
farqlanishi mumkin. Bu vaqtda vujudga keladigan kursdagi farqi 8420-«Ustav
kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi» schyotida hisobga olinadi.
Baholar orasidagi ijobiy farq summasiga mulk, valuta va valuta qiymatliklarini
hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs
farqi» schyoti kreditlanadi, salbiy farqi esa aksincha provodkalar bilan
rasmiylashtiriladi. Baholardagi farqlarni shu tartibda hisobdan chiqarish ta‘sis
hujjatlarida kelishilgan ta‘sischilarning ustav kapitalidagi ulushini o‘zgartirmaslik
imkoniyatini beradi.
Ustav kapitalini shakllantirishda vujudga keladigan
kurs farqlarining analitik
hisobi, ochiq turdagi aksioner jamiyatining aksionerlari bilan olib boriladigan hisob –
kitoblar hisobidan tashqari, har bir ta‘sischilar bo‘yicha yuritiladi.
Qo‘shilgan kapital hisobi bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi (8400)
№
Хo‘jalik muomalalarining
mazmuni
Schyotlar korrespon-
densiyasi
Yozuvni tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet
Kredit
1 Aksiyalarning nominal qiymati
bilan emission qiymati orasidagi
farq summani qabul qilish
5110,
5010,
5020,
5210
8410 Kirim kassa orderi,
bankning ko‘chirmasi
2 Sotib olingan o‘z aksiyalarini
ikkilamchi sotishdan pul tushdi
5110,
5010,
5020,
5210
8610,
8620
Kirim kassa orderi,
bankning ko‘chirmasi
3 Sotib olingan aksiyalarini qayta
sotishda sotib olgan narxdan kam
sotilganligi uchun farqi emission
daromad hisobidan qoplandi
8410
8610,
8620
Тa‘sischilar qarori,
bankning ko‘chirmasi
4 Sotib olingan aksiyalarni bekor
qilishda aksiyalarni nominal
qiymati bilan sotib olish bahosi
orasidagi salbiy farqi emission
daromad hisobidan qoplandi
8410
8610,
8620
Тa‘sischilar qarori
5 Ustav kapitalini shakllanishida
kapitalni to‘lash paytida
vujudga
kelgan ijobiy kurs farqi
4610,
4890
8420 Тa‘sischilar qarori,
bankning ko‘chirmasi
6 Ustav kapitalini shakllanishida
kapitalni to‘lash paytida vujudga
kelgan salbiy kurs farqi
8420
4610,
4890
Тa‘sis xujatlari,
buxgalteriya raschyoti
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlari umumiy majlis qarori bo‘yicha aksiyalarni
nominal qiymatini ko‘paytirish yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav
243
kapitalini ko‘paytirishlari mumkin. Sodir bo‘lgan zararlarni qoplash uchun ustav
kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksionerlarning umumiy majlisi ustav
kapitalini kamaytirish to‘g‘risida ham qaror qabul qilishi mumkin.
Ustav kapitalini
kamaytirish aksiyalarni nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan yoki aksiyalarni
umumiy sonini kamaytirish maqsadida ularning bir qismini sotib olish yo‘li bilan
bo‘lishi mumkin. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish
jamiyatning barcha kreditorlarini ogohlantirgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Хo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlarining sof foydasidan ta‘sis hujjatlarida
belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etishi mumkin. Zaxira kapitaliga har yili
ustavda belgilangan miqdorgacha ajratiladi. Basharti amaldagi qonunchilik va ta‘sis
hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa tijorat tashkilotlari ham zaxira kapitalini
tashkil etishlari mumkin.
Zaxira kapitalining tayinlanishi – sodir bo‘ladigan korxonaning balans zarari va
boshqa to‘lovlarini qoplashdir. Ochiq tipdagi aksioner
jamiyatlarida zaxira
kapitalidan, foyda yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan hollarda, imtiyozli aksiyalar
bo‘yicha dividendlar to‘lash uchun ham foydalaniladi. Zaxira kapitalini to‘ldirish
uchun asosiy vositalarning indeksatsiya fondi summasi ham yo‘naltiriladi.
Zaxira fondi harakatining hisobi 8500-«Zaxira kapitalini hisobga oluvchi
schyotlar» ning quyidagi: 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 8520-
«Zaxira kapitali» va 8530-«Тekinga olingan mulk» schyotlarda hisobga olinadi
8510–schyotida mulklarni qaytadan baholash natijasida ularning qiymatini
ortishi hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo‘lib mulklarni qayta baholash natijasida
zaxira kapitalini tashkil etilishi va to‘ldirilishi 8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar» schyotining kreditida aks ettirilib, tegishli qiymati ko‘paytirilgan
mulklarni hisobga oladigan schyotlar debetlanadi.
Basharti qaytadan baholash natijasida mulklarning
qiymati kamaytirilsa, xuddi
shu mulk turi bo‘yicha qaytadan baholash natijasida ortgan qiymati tugaguncha 8510
«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni
hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi. Undan ortiYoiga 9430-«Boshqa operatsion
xarajatlar» schyoti debetlanib tegishli aktivlarni hisobga oladigan schyotlar
kreditlanadi. 8510-schyotning qoldig‘i balansda «Zaxira kapitali» moddasi bo‘yicha
ko‘rsatiladi.
8510-«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining debetiga
quyidagi hollarda yoziladi:
qaytadan baholash natijasida
mulklar qiymatini
kamayishi; Qaytadan baholash natijasida uzoq muddatli investitsiya qiymatini
kamayishini qoplash; korxonaning tugatilishida ta‘sischilar orasida taqsimlanadigan
summa. Bunda 8510-schyot debetlanib 6620-«Chiqib ketayotgan ta‘sischilarga ulushi
bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
8520-«Zaxira kapitali» schyotida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlarining
ta‘sis xujjatlarida belgilangan miqdorda zaxira kapitali tashkil etilganda yoki
to‘ldirilganda aks ettiriladi. Bu vaqtda 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan
foydasischyoti debetlanib, 8520-«Zaxira kapitali» schyoti kreditlanadi.
Zaxira kapitalidan foydalanilishi 8520-«Zaxira kapitali» schyotining debetida
aks ettiriladi. Masalan, aksioner jamiyatining dividend to‘lash uchun foydasi yo‘q
bo‘lsa, yoki yetmasa zaxira kapitali hisobidan dividendlar hisoblash bo‘yicha
244
quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8520-«Zaxira kapitali», Kt 6610-«Тo‘lanadigan
dividendlar» schyoti.
8530-«Тekinga olingan mulk» schyoti qaytarib bermaslik
sharti bilan olingan
mol-mulklarni hisobga olish uchun tayinlangan.
Mol-mulk bepul olinganda, olingan mol-mulklarni hisobga oladigan schyotlar
debetlanib, 8530 «Тeking olingan mulk» schyoti kreditlanadi. Bepul olingan mol-
mulklar qiymati foyda (daromad)dan ajratma solig‘iga tortiladi. Bepul olingan mol-
mulkni soliqqa tortish tartibi O‘zR Soliq Kodeksi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: