245
Davlat yordami turli shaklda va turli shartlar bilan berilishi mumkin.
Davlat
subsidiyalarini hisobi milliy standartiga asosan yuritiladi.
46
Ushbu standart bo‘yicha
hisob yuritish qoidalari quyidagi hollarda amal qilmaydi: narxlarni o‘zgarishiga
tegishli hukumat subsidiyalarini hisobga olish; hukumat tomonidan korxonaga
foydadan ajratma solig‘i bo‘yicha berilgan yengilliklar yoki foydadan ajratma
solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish; korxonani tasarruf etishda davlatning qatnashishi
va boshqalar.
Davlat subsidiyalari - bu kompaniya tomonidan o‘tgan davrda yoki kelajakda
uning operatsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma‘lum shartlarni bajargani yoki
bajarishi evaziga resurslarni o‘tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli
ravishda baholab bo‘lmaydigan, shuningdek kompaniyaning odatdagi savdo
muomalalaridan ajratib bo‘lmaydigan hukumat bilan olib
boriladigan operatsiyalar
davlat subsidiyalariga kiritilmaydi.
Aktivga o‘tkaziladigan subsidiyalarning asosiy sharti shuki, kompaniya
tomonidan uzoq muddatli aktivlar sotib olinishi yoki qurilishi lozim. Bu shartda
qanday aktivlar sotib olinishi, ularning joylashadigan joyi yoki ularning sotib olish
yoki tasarruf etish muddati ko‘rsatiladi. Daromadga o‘tkaziladigan subsidiyalar -
bular aktivlarga o‘tkazilmaydigan davlat subsidiyalaridir. Shartli qaytarilmaydigan
qarzlar - bular
shunday qarzlarki, oldindan ko‘rsatilgan ma‘lum shartlar bajarilgandan
so‘ng kreditor o‘z qarzini qaytarib olmaydi.
Davlat subsidiyalari, jumladan, narxdagi pulsiz subsidiyalar, kompaniyaga
qo‘yilgan shartlarga mos kelmaguncha va subsidiyalar olinmaguncha, tan olinmaydi.
Subsidiyalarni olish tartibi ularni hisobga olish tartibiga ta‘sir qilmaydi. Demak,
sub‘sidiyalar pul shaklida olinadimi yoki davlat oldidagi majburiyatni kamaytirish
shaklida olinadimi, bir xilda hisobga olinadi.
Subsidiyalar hisobidan qilingan xarajatlar qaysi davrga to‘g‘ri kelsa davlat
subsidiyalari o‘sha davrning daromadi deb tan olinadi.
Ular bevosita kapital
schyotiga kreditlanmaydi.
Amortizatsiyalanuvchi
aktivlarga
tegishli
subsidiyalar
odatda
mazkur
obyektlarga amortizatsiya hisoblash davri ichida hisoblangan amortizatsiya
miqdorida daromad deb tan olinadi.
Amortizatsiyalanmaydigan
aktivlarga
tegishli
subsidiyalar
ma‘lum
majburiyatlarni bajarishni talab qilishi mumkin va shu majburiyatlarni bajarish
bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lgan davr ichida daromadga o‘tkaziladi. Masalan, yer
uchastkasini ajratib berish tarzidagi subsidiya unda bino qurish sharti bilan
cheklangan bo‘lishi mumkin. Bunday holda subsidiya binoning xizmat muddati
ichida daromad sifatida tan olinishi mumkin.
Sodir bo‘lgan xarajatlar yoki zararlarni qoplash, yoki kelajakda hech qanday
xarajatlar qilmaslik sharti bilan kompaniyaga zudlik bilan ko‘rsatiladigan moliyaviy
yordam tarzida berilgan davlat subsidiyasi olingan davrda daromad deb tan olinadi.
46
ЎзР Адлия Вазирлиги томонидан 562-рақам билан рўйхатга олинган 10-сонли «Давлат субсидияларини
ҳисобга олиш ва давлат ѐрдамини ѐритилиши» БҲМС га 1998 йил 3 декабр
246
Aktivlarga
tegishli subsidiyalar, jumladan adolatli qiymati bo‘yicha pulsiz
subsidiyalar ham, balansda yoki kelgusi davr daromadi tarzida yoki aktivning balans
qiymatini topish uchun uni ayirib tashlab ko‘rsatiladi.
Subsidiyalar ajratilgan hollarda xabarnomaga asosan ajratilgan subsidiyalar
summasiga
korxonada
quyidagicha
rasmiylashtiriladi:
Dt
4890-«Boshqa
debitorlarning qarzlari», Kt 8820-«Subsidiyalar» schyoti.
Subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar o‘tkazib berilganda pul mablag‘larini hisobga
oladigan (5110-5530) va boshqa schyotlar debetlanib, 4890-«Boshqa debitorlarning
qarzlari» schyoti kreditlanadi.
Тegishli tarkibiy tuzilmalar qaroriga binoan ajratilgan grant va subsidiyalar
zaxira kapitaliga o‘tkazilganda grant va subsidiyalar zaxira kapitaliga o‘tkazilganda
quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8810 «Grantlar», 8820 «Subsidiyalar», Kt 8520
«Zaxira kapitali» schyoti.
8830 «A‘zolik badallari» schyotida ta‘sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat
a‘zolarining a‘zolik badallari summasi aks ettiriladi. A‘zolik badallarining tushumi
quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Dt Pul mablag‘larini
hisobga oladigan
schyotlar, Kt 8830 «A‘zolik badallari» schyoti.
8840 «Maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari» schyotida
maqsadli vazifalarni bajarish bo‘yicha soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan
summalar aks ettiriladi.
8890 «Boshqa maqsadli tushumlar» schyotida, xususan, farzandlari
maktabgacha yoshdagi bolalar muassasanarida tarbiyalangani uchun ota-onalardan
tushadigan pul mablag‘lari, boshqa shaxs va tashkilotlarning bolalar muassasalarini
asrash uchun o‘tkazib bergan mablag‘lari. Shuningdek konservatsiya qilingan
obyektlarni asrash xarajatlarini qoplash bo‘yicha maxsus moliyalashdir.
Maqsadli tushumlar schyotlari (8800) bo‘yicha analitik hisob maqsadli
mablag‘larning yo‘nalishi va moliyalash manbalari bo‘yicha yuritiladi.
Bu schyotlar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalarning
sintetik va analitik hisobi
12-jurnal-orderda olib boriladi. Bu jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib
buxgalteriyaning ma‘lumotnomasi, bankning hisob-kitob schyotidan bergan
ko‘chirmasi, kassirning hisoboti va boshqalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: