10.5. Sotish bilan bog‘liq xarajatlar hisobi Mahsulotlarni sotish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi va mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan farqli o‘laroq mahsulotlarni sotish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar sotish xarajatlari deyiladi. Sotish xarajatlari tarkibiga
quyidagilar kiradi:
mol yuboruvchi korxona hisobidan preyskurantlarga yoki shartnoma shartiga
binoan qilingan idish va joylash (qadoqlash va o‘rash), (o‘rash qog‘ozlari,
taxtachalar, kanoplar) xarajatlari;
ulgurji baho franko – yuklab jo‘natish bekati usulida (yuklash, yetkazib berish,
tushirish) belgilangan hollarda mol yuboruvchi hisobidan mahsulot sotish bo‘yicha
qilinadigan transport xarajatlari;
korxonaning moliyaviy rejasida nazarda tutilgan mahsulot sotish bo‘yicha
boshqa xarajatlar.
Тayyor mahsulotlar omborga qabul qilingandan keyin qadoqlangan va o‘ralgan
hollarda, idish xarajatlari sotish xarajatlariga kiritiladi.
Agar qadoqlash sexlarda mahsulotlarni omborga topshirishga qadar bajarilgan
bo‘lsa, idishlar qiymati mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Nizom
binoan bu xarajatlar 9410 «Sotish xarajatlari» schyotida hisobga olinadi
42
. Bu schyot
tranzit bo‘lib aktiv schyotlarga mansub, oy boshiga unda qoldiq bo‘lmaydi; debet
aylanmasi mahsulotni jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ko‘rsatadi, kredit
aylanmasi esa hisobot oyida foydani kamaytirishga o‘tkazilgan summalarni
ko‘rsatadi. 9410- schyoti bo‘yicha ochilgan schyotlarning analitik hisobi debet va
kredit oborotlari bo‘yicha hisobot oyi va yil boshidan jamlanib keluvchi xarajat
summalarini moddalari bo‘yicha ko‘rsatgan holda 15- qaydnomada yuritiladi Bu, o‘z
navbatida, mahsulot sotish xarajatlarini tahlil qilish va hisobot tuzishni osonlashtiradi.
Bu schyotlarning debet oborot summalari 1, 2, 7, 10/1- jurnal – orderlarda aks
ettiriladi, kredit oborot summalari esa – 11- jurnal – orderda. Noishlab chiqarish
xarajatlar har oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga
o‘tkaziladi: Dt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9410- «Sotish xarajatlari»
schyoti.
Quyida sotish xarajatlarini schyotlarda aks ettirish chizmasini keltiramiz.
9410 «Sotish xarajatlari» schyoti
D-t
K-t
Korrespondentlanuvchi schyotlar
Schyotlarning krediti
Schyotlarning debeti
1010 –
4200 –
6010 –
6710 –
Yuklab jo‘natilgan mahsulotni qadoqlash va o‘rash
uchun sarflangan materiallar qiymati
Mahsulotni yuklab jo‘natish bo‘yicha hisobdor
shaxslar tomonidan to‘langan summa
Yuklab jo‘natilgan mahsulotni tashish qiymati
Yuklash va tushirish bo‘yicha ishchilarga
hisoblangan ish haqi
Oy
oxirida
sotish
xarajat-larini hisobdan
chiqarish
-9910
42
ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг 54- сонли қарори билан тасдиқланган «Маҳсулот (иш, хизмат) ларни ишлаб
чиқариш ва сотиш харажатлари таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида»ги
Низом. 1999 йил 5 феврал. (2003 йил 15 октябрдаги киритилган ўзгаришлар)
236
8910 –
6520 -
Yuklovchilarning ish haqlariga hisoblangan ta‘til
haqi zaxirai
Yuklovchilarning ish haqlaridan ijtimoiy sug‘urta
organlariga hisoblash