O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/142
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187707
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142
Moliyaviyva boshqaruv hisobi

Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 
1.
Бобожонов О., Жуманиѐзов К. Бошқарув ҳисоби. -Т. Адабиѐт жамғармаси. 
2005. 
2.
Друри К. Введение в управленческий и производственный учет. -М.: 
ЮНИТИ. 2004. 
3.
Хорнгрен Т., Фостер Дж. Бухгалтерский учет: управленческий аспект. Под 
ред. Я.В.Соколова. -М. Финансы и статистика. 2003 
4.
http:// www. accounting. rut gars. edu 
5.
http:// www. accounting. megareferats. ru 
Internet saytlari 
http:// www. gaap. ru 
http:// www. glavbukh. ru 


225 
10 -BOB. MAHSULOT (ISH VA XIZMAT) LARNI SOTISH HISOBI 
10.1. Mahsulot (ish va xizmat) lar hisobining mazmuni, baholanishi va 
uning vazifalari 
Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo‘lib tayyor mahsulotlar 
hisoblanadi. Тayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab 
qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to‘liq javob beradigan, texnik nazorat 
bo‘limi (ТNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona 
omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va 
mahsulotlardir. 
Tashqi bozorda kon‘yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2008 yilda 
tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 
28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi sezilarli darajada 
o‗sdi. Bu esa ishonchli to‗lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim 
ko‗rsatkichi bo‗lib xizmat qilmoqda. 
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‗zgarishlar ro‗y bermoqda. Keyingi yillar 
mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‗ining barqaror 
o‗sish tendensiyasi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari 
ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‗zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy 
eksport hajmida xom ashyo bo‗lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil 
etdi. Ayni vaqtda O‗zbekiston uchun an‘anaviy eksport xom ashyosi bo‗lgan paxta 
tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga tushdi.
38
Ta‘kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, 
rivojlanib borayotgan Osiyo qit‘asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‗sishi 
hisobiga sifat jihatidan o‗zgarmoqda. 
Bu ko‗rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‗shimcha 
qiymatga ega bo‗lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi 
navbatda, iqtisodiyotimizning o‗sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat 
beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-
tez o‗zgarib turadigan jahon bozori ta‘siriga bog‗liqligini kamaytirishda muhim 
yo‗nalish bo‗lib xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o‘rgangan holda tuzilgan 
shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, doimo ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmini ko‘paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va 
sifatini oshirishga e‘tibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar. 
2009 yilning birinchi yarmida mamlakatimizda yalpi ichi maxsulotning o‗sishi
8,2 foizni tashkil etgani e‘tiborga molikdir. Davlat byudgeti yalpi ichi maxsulotga 
nisbatan 0,3 foiz miqdoridagi profisit bilan igro etildi, inflyasiya daragasi prognoz 
ko‗rsatkichlaridan oshmadi.
39
Bozor munosabatlari sharoitida asosiy e‘tibor mol yuborish – shartnomalari 
bo‘yicha mol sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga 
38
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва 
чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009.
39
И.Каримов. Буюк мамлакатнинг қутлуғ шодиѐнаси. Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 18 
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги табрик сўзи. Халқ сўзи газетаси. № 172 (4835) 1.09.2009. 


226 
muvofiqligini, uning samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Korxonaning hisob – kitob schyotiga pul tushgan va 
tushmaganligidan qat‘i nazar barcha yuklangan va jo‘natilgan mahsulotlar sotish 
hajmiga qo‘shilishi mumkin. 
Shunday qilib, sotish jarayoni korxona xo‘jalik mablag‘larining doiraviy 
aylanishini yakunlaydi. Bu o‘z navbatida korxonaga davlat budjeti, ssudalar bo‘yicha 
banklar, ishchi va xizmatchilar, mol yuboruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish, 
ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. Sotish rejasini bajarmaslik 
aylanma mablag‘lar aylanishini sekinlashiga, xaridorlar oldida shartnoma vazifalarini 
bajarmaganligi uchun jarima to‘lashga, to‘lovlarni kechikishiga, korxonaning 
moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi. 
Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda summasini ham rejalashtiradi. 
Chunki, mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga ma‘lum 
summada yoki foizda foyda (daromad) summasi ham kiritiladi. Agar shartnoma (reja) 
bo‘yicha sotishga tegishli mahsulotlar miqdorini shartnoma bahosiga ko‘paytirsa reja 
bo‘yicha ularni sotish qiymati kelib chiqadi, foyda foiziga qarab esa reja foyda 
summasi hisoblab chiqiladi. Bu budjetga foydadan bo‘nak ajratmasini to‘lash uchun 
baza bo‘lib hisoblanadi. 
Korxona aylanma mablag‘ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor mahsulotlar 
eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotish qiymatida
40

Тayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisobot davri tugagandan so‘ng 
aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo‘ladi, uning uchun 
joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Тayyor mahsulotlar 
harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning 
shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb nomlanadigan chakana jo‘natish 
baholarida yuritiladi. 
Chunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxonada ishlab chiqiladi. U oy 
oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo‘yicha farq summasini yoki foizini 
hisoblash yo‘li bilan haqiqiy tannarxga yetkazib qo‘yiladi. Farq summasi va foizi 
mahsulotning oy boshiga qoldig‘i hamda uning oy davomidagi kirimiga qarab 
hisoblab chiqiladi. Farqi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga 
yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi uning 
ish natijalarini ta‘riflaydi. Тayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga olingan 
bo‘lsa, farqlar ham shu schyotlarda tejalgan bo‘lsa qizil siyohda storno (qayta yozuv) 
qilib, ortiqcha xarajat bo‘lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Farq foizi va jo‘natilgan 
mahsulotning reja tannarxi sotilgan hamda ombordagi oy oxiriga qolgan 
mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. 
Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo‘llanilsa ham farq summasi va 
foizi shu tartibda hisoblanadi. 
Тayyor mahsulotlar harakati hisobini to‘g‘ri tashkil etishda ularning 
nomenklaturalarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi 
– ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining 
ro‘yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni ikkinchisidan ajratib 
40
УзР 4- сонли «Товар моддий захиралар» БҲМС нинг 7- бандига биноан 


227 
olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni ma‘lum belgilariga qarab qilingan 
tasnif asos bo‘ladi. Nomenklatura raqami turli miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi 
mumkin. Korxona nomenklaturalaridan quyidagi xizmatlarda: 
-
dispecherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qilish 
uchun; 
-
sexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish uchun 
va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun; 
-
marketing bo‘limi – mahsulot jo‘natish shartnomasining bajarish imkoniyati 
ustidan nazorat qilish uchun; 
-
buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun foydalanishi 
mumkin. 
Shuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida 
tayyor mahsulotlar ularni yuklash va sotish hisobi alohida o‘rin tutib, uning vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda omborda 
saqlanishi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz nazorat qilish; 
-
yuklangan va jo‘natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil etish; 
-
sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti bo‘yicha mol jo‘natish 
shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish; 
-
sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag‘lar summasini, mahsulot ishlab 
chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda summasini o‘z vaqtida va aniq 
hisoblab chiqish. 
Bu vazifalarning bajarilishi korxonaning bir tekisda ishlashi, sotish hamda 
ombor xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish, xo‘jalik operatsiyalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
hujjatlashtirishga bog‘liq. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin